Reja Sotish kanallarining iqtisodiy roli; Sotishni rag‘batlanti-fayllar.org
SOTISHNI RAG‘BATLANTIRISH Sotishni tashkil qilish muammolaridan biri bo‘lib sotish xarajatlarining tahlili, savdo natsenkalarini aniqlash, tovarlarni sotish ishlari rentabelligini va firma faoliyatini oshirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish hisoblanadi. Sotish xarajatlarini tahlil qilishda quyidagi funksiyalarni bajarish muhim hisoblanadi: transport, sotish, saqlash, aloqalar, axborot, sotuvni boshqarish va boshqalar. Shuni bilib qo‘yish kerakki kichik hajmdagi sotishda uzun kanal samarali, qisqa kanal esa teskarisi. Har xil turdagi sotish kanallari zonalari samaradorligi aniq tovarlar va bozorlar bilan belgilanadi.
Tovarni sotishni rag‘batlantirish savolining yechimini quyidagi usul bo‘yicha motivaniya uchun xarajatlarni hisoblashdan boshlanadi:
— tovar ishlab chiqaruvchilar imkoniyati yoki naqd mablag‘lardan hisoblash metodi;
— sotish hajmiga nisbatan foizlarda hisoblash metodi;
— raqobatli tenglikda hisoblash metodi;
— aniq maqsadlar va vazifalar asosida hisoblash metodi.
Moddiy rag‘batlantirishdan tashqari ma’naviy rag‘batlar ham qo‘llaniladi. Rag‘batlantirish yo‘nalishlari orasida marketologlar obyektni rag‘batlantirishni oxirgi natija kabi alohida ajratadilar. Obyektni rag‘batlantirishga iste’molchilarni, savdo sohasini, firma savdo personalini rag‘batlantirish kiradi.
Iste’molchilarni rag‘batlantirish quyidagi usullarni qo‘llash orqali amalga oshiriladi:
1. Tovar nusxalarini iste’molchilarga bepul tarqatish, (ish joyida, pochta orqali, magazinda, reklama ilovasida).
2. Imtiyozli bahoda qadoqlash va uzatish.
3. Mukofotlar — boshqa tovarni sotib olish uchun rag‘batlantirish sifatida bahosi past boshqa tovarni bepul berish.
4. Sovg‘ani bepul berish sharti bilan konkurslar.
5. Talonlar — iste’molchi bir tovarni sotib olib, uni yana almashtirish huquqini beruvchi mukofot turi.
6. Ko‘rgazmalar va tovarni sotish joylarida uni namoyish etish.
Savdo sohasini rag‘batlantirish quyidagi metodlarni qo‘llash bilan amalga oshiriladi: tovarni bepul berish; tovarni nomenklaturaga kiritish uchun birgalikda reklamalar o‘tkazish;dilerlar savdo konkurslari o‘tkazish; mukofotlar berish va boshqalar. Savdo personalini rag‘batlantirish mukofotlar, konkurslar, konferensiyalar, yo‘llanma — yo‘nalishlar berish metodlarini qo‘llash orqali amalga oshiriladi.