Amal qilish doirasi va vazifalariga qarab sotsial institutlarning quyidagi ko’rinishlarini ajratib ko’rsatish mumkin: Relyatsion institutlar. Bu institutlar jins va yoshdan tortib to kasb-mashg’ulot turi va qobiliyati mezonlariga asosan jamiyatning ro’lga oid tarkibini aniqlab beradi;
Regulyativ (idora etish) sotsial institutlari.
Bu institutlar shaxsiy maqsadlarning jamiyatda amal qilib turgan normalariga daxlsiz holda amalga oshish chegaralarini va bu chegaradan chiqib ketilganda qo’llaniladigan sanksiyalarni (bunda sotsial na’zoratning hamma mexanizmlari ham kirib ketadi) belgilab beradi;
Integrativ (uyg’unlashtiruvchi) sotsial institutlar. Bu institutlar bir butun tizimga jamiyat manfaatlarini qondirishga ma’sul bo’lgan sotsial ro’llarni ifodalaydi;
An’anaviy sotsial institutlar. Bu sotsial institutlar odat, marosimlar va karindosh-urugchilik tomonidan qat’iybelgilangan normalar bilan bog’liqdir;
Madaniy sotsial institutlar. Din, san’at, adabiyot bilan bog’liq muassasalar.
Institutsional sotsiologiyada sotsial institutlarning bajaradigan asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: a) jamiyat a’zolarini takror ishlab chiqarish. qaytadan tiklash;
b) sotsializatsiya (individga ijtimoiy ahamiyatli bo’lgan qadriyat va normalarni yetkazishning turli xil shakillari);
v)ishlab chiqarish va taksimot;
g) tartibga rioya qilish va ahloqni saqlab turish.
Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichi unga mos bo’lgan muayyan sotsial institutlar amal qilinishi taqozo etadi. Xozirgi zamon sivilizatsiyasi tomon qadam tashlayotgan mustaqil mamlakatimizda yangi makomga monand bo’lgan sotsial institutlar shaqllanishi jarayoni ro’y bermoqda. Bular iqtisodiy soxada - bozor iqtisodiyoti amal qilishiga xizmat qiladigan sotsial institutlar;
Siyosiy soxada - demokratik xokimiyat turli buginlari faoliyatini ta’minlovchi sotsial institutlar; hamda jamiyat barcha jabhalarida yangi jamiyat tarziga xozirlovchi turli xil sotsial institutlardir. Prezident I. Karimov izchil tadbiq qilayotgan konsepsiyaga muvofiq yangi sotsial institutlar an’anaviy sotsial institutlarga mutlaqo qarama-qarshi qo’yilmasdan, balki jamiyatimizning o’tmishi, xozirgi kuni va kelajagi vorisligini ta’minlashga xizmat qiladigan, jamiyatdan begonalashmagan, mamlakatimiz mintaqasiga mos keladigan sotsial institutlar faoliyatiga yo’l ochib berilmoqda.