Reja: Standartlashtirishdagi atama va ta’riflar. "Standartlashtirish to‘g‘risida"gi qonunning mazmuni



Yüklə 0,71 Mb.
tarix17.12.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#75884
2-маъруза

2-MA’RUZA. QURILIShDA STANDARTLAShTIRISh TIZIMI.
Reja:




      1. Standartlashtirishdagi atama va ta’riflar. “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi qonunning mazmuni.

      2. Standarlashtirishning asosiy maqsadlari. Standartlarning turlari va toifalari.

      3. Standartlarni ishlab chiqish bosqichlari.

      4. Standartlashtirish bo‘yicha Davlat nazorati. Standartlashtirish samaradorligi.

Tayanch so‘zlar va iboralar: Standartlashtirish, me’yoriy hujjat, texnik shart, ST(OST), KST (STP), qonun, unifikatsiya, tasniflashtirish.

Standartlashtirish hamma tomonlar ishtirokida va ularga foydali ma’lum faoliyatni tartibga keltirish maqsadida qoidalarni belgilashi va qo‘llanilishidir. Masalan, xavfsizlik talablarini va ishlatish sharoitlarini bajargan holda umumiy samaradorlikka erishishni ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasining Standartlashtirish to‘g‘risidag qonuni 1993 yil 28 dekabrdan kuchga kirgan bo‘lib, 1Y-BO‘LIM va 12 MODDA dan iboratdir.
1. Bo‘lim. Umumiy qoidalar.
2.Bo‘lim. Standartlashtirishga doir normativ xujjatlar.
3.Bo‘lim. Standartlar ustidan davlat nazorati.
4.Bo‘lim. Davlat yo‘li bilan standartlashtirish va nazorat qilishga doir ishlarning moliyaviy ta’minoti. Standartlarni qo‘llashni rag‘batlantirish.

Standartlashtirishning asosiy maqsadlari. Mahsulotlar, jarayonlar, ishlar va xizmatlarning, aholining hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga, atrof muhit uchun xavfsizligi, resurslarni tejash masalalarida iste’molchilar va davlat manfaatlarini himoya qilish: Mahsulotlarni o‘zaro almashuvchanligini va bir-biriga mos kelishini ta’minlash: Fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek aholining hamda xalq xo‘jaligining ehtiyojlariga muvofiq xolda mahsulot sifatini hamda raqobot qila olish imkonini oshirish: Barcha turdagi resurslar tejalishiga ko‘maklashishdan, ishlab chiqarishning texnik – iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash: Ijtimoiy – iqtisodiy, ilmiy – texnikaviy dasturlar va loyihalarni amalga oshirish: Tabiiy va texnogen falokatlar hamda boshqa favqulotda vaziyatlar yuzaga kelishi xavf-xatarini hisobga olgan holda xalq xo‘jaligi ob’ektlarining xavfsizligini ta’minlash: Iste’molchilarni ishlab iqarayotgan mahsulot nomenklaturasi hamda sifati to‘g‘risida to‘liq va ishonchli axborot bilan ta’minlash:
Mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorligini ta’minlash
O‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir.
Standartlashtirish tizimi.
O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning umumiy tashkiliy-texnik qoidalarni tartibga solib turuvchi standartlashtirish tizimi faoliyat ko‘rsatadi.
Standartlashtirish ishlarini tashkil etish , muvofiыlashtirish va ta’minlashni:
Xalq xo‘jaligi tarmoqlarida – O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (O‘zstandart agentligi):
Qurilish, qurilish industriyasi sohasida , shu jumladan loyihalash va konstruksiyalashda – O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi:
Tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish hamda atrof muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilish sohasida – O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi:
Tibbiyot uchun mo‘ljallangan mahsulotlar, shu jumladan tibbiyot uchun mo‘ljallangan buyumlar, tibbiy texnik buyumlari, dori vositalari sohasida , shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan, shu jumladan import bo‘yicha etkazib berilayotgan mahsulotlarda inson uchun zararli moddalar mavjudligini aniqlash masaklalarida – O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi:
Mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorgarligini ta’minlash, mudofaa ahamiyatiga molik mahsulotlar sohasida – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirishga doir quyidagi toifadagi normativ hujjatlar qo‘llaniladi:
Xalqaro standartlar:
O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlari:
Tashkilotlarning standartlari:
Xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari.
Davlat yagona uzliksiz ta’lim tizimida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan davlat ta’lim standartlari ishlab chiqiladi.
Standartlashtirishga doir normativ xujjatlar jumlasiga, shuningdek standartlashtirish qoidalari, normalari, texnik-iqtisodiy axborot klassifikatorlari ham kiradi. Mazkur xujjatlarni ishlab chiqish va qo‘llash tartibi “O‘zstandart” agentligi tomonidan belgilanadi.
Standartlashtirishga doir normativ xujjatlar vatanimiz hamda chet el fan va texnikasining zamonoviy yutug‘lariga asoslangan va O‘zbekiston Respublikasining qonun xujjatlariga muvofiq bo‘lishi lozim.
Normativ xujjatlarsiz mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Standartlashda 6 turdagi me’yoriy hujjatlar ishlatiladi:
Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar
O‘zRning standartlari-standartlashtirishda me’yoriy-texnik hujjat bo‘lib, standartlashtirish ob’ektiga kompleks me’yor, talab, qoidalarni belgilab beradi va tegishli organlar tomonidan tasdiqlanadi. Standartlar material tipidagi narsalarga, shuningdek, me’yorlar, talablar,qoidalarga ishlab chiqiladi.
Texnik shartlar. Standartlashtirshdagi me’yoriy-texnik xujjat bo‘lib, ma’lum buyum, material va boshqa mahsulotlarni tayyorlashda va nazoratida umumiy talablarni belgilab beradi.
sT (OST)-tarmoq standartidan shu tarmoqdagi barcha korxona va tashkilotlari foydalanadilar, shuningdek, bu buyumni tayyorlovchi, ishlab chiqaruvchi va qo‘llovchi boshqa korxona va tashkilotlar ham foydalanadilar.
KST (STP)-korxona standardi - shu standartni tasdiqlagan korxonagagina mansub bo‘ladi.
Respublika standartlashtirish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va ta’minlashni:
-xal xo‘jaligi tarmoqlarida- O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya agentligi (O‘zstandart):
-qurilish, qurilish industriyasi sohasida, shu jumladan loyihalash va konstruksiyalashda
-O‘zR Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi,hamda qolgan sohalarda Davlat tabiatni muohfaza qilish qo‘mitasi, O‘zR sog‘liqni saqlash vazirligi amalga oshiradi.
Import mahsulot, basharti u O‘zRda amal qilayotgan standartlarning majburiy talablari qismiga muvofiqligi tasdiqlanmagan bo‘lsa, etkazib berilishi va belgilangan maqsadda ishlatilishi mumkin emas. Standart va texnik shartlarga komplekt bo‘lmagan, noto‘g‘ri idish yoki g‘iloflangan, belgilashga bo‘lgan talablar bajarilmagan, konstruktiv va boshqa nuqsonlar bilan mahsulotlar etkazib berilsa, ta’minotchi (ishlab chiqaruvchi) O‘zRning fuqorolik qonunchiligiga muvofiq javob beradilar.
Import mahsulot, basharti u O‘zRda amal qilayotgan standartlarning majburiy talablar qismiga muvofiqligi tasdiqlanmagan bo‘lsa, etkazib berilishi va belgilangan maqsadda ishlatilishi mumkin emas. Standart va texnik shartlarga komplekt bo‘lmagan, noto‘g‘ri idish yoki g‘iloflangan, belgilashga bo‘lgan talablar bajarilmagan, konstruktiv va boshqa nuqsonlar bilan mahsulotlar etkazib berilsa, ta’minotchi (ishlab chiqaruvchi) O‘zRning fuqorolik qonunchiligiga muvofiq javob beradilar.

1-rasm. Standartlar darajalari, ularni tasdiqlash darajalari va O‘zbekiston standartlashtirish davlat tizimi standartlarining turlari

Unifikatsiya (lotinchadan: yagona tartibga, formaga keltirish) - bu ob’ektni itisodiy qo‘llanilishi ma’lumotlari asosida bir xil funksiyada bajaradigan ob’ektlarni belgilangan ko‘rsatkichlari bo‘yicha bir xillikka keltirishdir. Shunday qilib, unifikatsiyada eng minimal, kerakli, buyumlarni etarli sonli, xillari, turlari, o‘lchamlari, shuningdek yuqori sifat ko‘rsatkichlari va to‘la o‘zaroalmashinuvi ta’minlanishi belgilab beriladi.
Unifikatsiyaning asosi tizimlashtirish va tasniflashtirishdir.
Simplifikatsiya – bu standartlashtirish tartibi asosida mahsulotlarni har xil ko‘rinishlari va xillarini kamaytirish bilan ehtiyojlarni qondirish mumkin bo‘lgan xolatdir.
Mazmun e’tibori bilan standartlar alohida ko‘rinishda bo‘ladi.Quyida konstruksiya va inshootlarni tekshirish va sinashda aloqador bo‘lgan ayrim ko‘rsatkichlar bilan tanishamiz:
-texnik shartlar standartlari, bularda mahsulot tayyorlash, joyiga elitish va undan foydalanish talablari aks etgan bo‘ladi, sinash usullari va qabul qilish tartibi ko‘rsatiladi.
-texnik talablar standartlari, bularda mahsulotni sifati, ishonchliligi va umrboqiyligi ko‘rsatkichlari me’yorlanadi, xizmat muddati belgilanadi va h.k.
-sinash usullari standartlari, bularda sifatga baho berish uchun namunalarni ajratib olish tartibi, material va buyumlarni sinash uslublarini tanlashga doir talablar keltiriladi. Bu standartlar sinash usullari va vositalarining birligini ( bir xil bo‘lishini) ta’minlaydi. Bulardan tashqari sinash usullari standartlarida buyumlar sifatini nazorat qilishda ishlatiladigan o‘lchash asboblari ishlatiladigan o‘lchash asboblari va uskinalariga qo‘yiladigan talablar ham aks etgan bo‘ladi.
-qobil qilish qoidalari, markalash, qadoqlash, eltish va saqlashga doir standartlarda, jumladan, buyumlarni qabul qilish tartibi, qabul qilish chog‘ida o‘tkaziladigan sinov dasturlari kabilar qonunlashtiriladi.
Buyumlarni tizimlashtirish hodisa yoki tushuncha bo‘lib, aniq bir sistemani tashkil qiluvchi, ishlatish uchun qulay bo‘lish ketma-ketligi va ma’lum tartibda joylashtirish maqsadida o‘tkaziladi. Tizimlashtirishning eng oddiy usullaridan biri ob’ektlarni alfavit tizimi bo‘yicha joylashtirishdir.
Tasniflashtirish-tizimlashtirishning turi hisoblanadi. U umumiy belgilariga nisbatan buyumlarni, hodisa va tushunchalarni, siniflarga, sinfchalarga va darajalarga joylashtirish maqsadida o‘tkaziladi. Uning asosida mahsulotlarning klassifikatori yaratilgan: UDK (universalnoe desyatichnoe klassifikatsiya) texnik va gumanitar adabiyotlarni indeksda ko‘rsatish bo‘yicha xalqaro tizim sifatida qabul qilingan, masalan, UDK 62-texnika, UDK 621- umumiy mashinasozlik, UDK 6213-elektronika.
Standartlar ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi va sur’atiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Standartlashtirish ishlab chiqarish erishgan marralarni qayd etibgina qolmay, fan va texnika rivojining ham manba’laridan biri hisoblanadi

Nazorat savollari:
1.Standartlashtirishda qanday me’yoriy hujjat turlari mavjud?
O‘zRning «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi qonuni qachon qabul qilingan va qanday bo‘limlardan tashkil topgan?
2.Xalq xo‘jaligida va qurilish sohasida standartlashtirishni qaysi tashkilot tomonidan muvofiqlashtiriladi?
3.Unifikatsiya nima va u nimalarga bo‘linadi?

4.Tizimlashtirish va tasniflashtirishga ta’rif bering?
Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin