Reja: steam metodlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish


STEAM mashg‘ulotlari tashkil etish



Yüklə 26,03 Kb.
səhifə2/2
tarix15.12.2023
ölçüsü26,03 Kb.
#180679
1   2
Reja steam metodlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish

STEAM mashg‘ulotlari tashkil etish, o‘qituvchilarga yo‘nalishlar berish, semi narlar tashkil etish maqsadga muvofiqdir, chunki mamalakatimizning yuksalishi uchun ta’limning sifat samaradorligini yanada oshirish uchun eskicha an’anaviy me todlardan voz kechib, xalqaro metodlardan foydalanib darslar tashkil etish joizdir. Ta’limdagi yuksalish uchun, avvalo bugungi xalqaro standart talablarga javob bera oladigan dasturlardan, zamonaviy dizayn va mazmunga ega darsliklardan foydalanishimiz kerak. Texnologiya fani fan bilan ishlab chiqarish o’rtasidagi amaliy fan bo’lib, tabiiy fundamental fanlarning amaliy qismlari hisobiga tashkil topgan fan hisoblanadi. Texnologiya fanini mavzular tuplamini uslubiy tahlil qilsak, deyzrli barcha mav zularni integrataiyalashga moneligini kurishimiz mumkin. Texnologiya fanini texnologiya va dizayn, servis xizmat ko’rsatish yo’nalishlarda yog’och, metal, polimer va gazlama materiallariga ishlov berib, mahsulot yaratish texnologiyalarini, qishloq xujalik asoslari yunalishi buyicha esa tuproqqa ishlov berib, mahsulot yetishtirishni qamraydigan va keng diapozonda boshqa fanlardan amaliy bilimlar talab qiladigan mavzulardan iborat bo’ladi. Shunday qilib, deyarli barcha yo’nalishlarni barcha mavzulari xom ashyoni moslashtirish va tanlash, o’lchash-rejalash, o’lchov andaza olish, bo’laklarga bo’lish, alohida bo’laklarga ishlov berish, ishlov berilgan bo’laklarni yig’ish, oxirgi ishlov berish, ekish, parvarishlash, yig’ishtirib olish kabi mahsulot yaratishga xizmat qiladigan keng qamrovli bilim ko’nikmalarni talab qiladi. O’z-o’zidan ko’rinadiki, o’qitilishga mo’ljallangan barcha mavzularni o’qitish integratsiya talab qiladi. Istagan yo’nalishda istagan mavzuni o’qitishda qaysi fanlar asosida integratsiyalashni bilish kerak bo’lar ekan.
Sanoatda texnologik o„zgarishlarning yangi to„lqini kutilmoqda, bu esa iqtisodiyotning barcha sohalarini rivojlantirishda innovatsiyalarning rolini kuchaytiradi va ko„plab an‟anaviy o„sish omillarining ta‟sirini kamaytiradi. Eng yangi avlod texnologiyalarining rivojlanishidagi kechikish milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligini pasaytirishi, shuningdek, o„sib borayotgan geosiyosiy raqobat sharoitida uning zaifligini oshirishi mumkin. Xususan, sanoatda kutilayotgan yangi texnologik o„zgarishlar sharoitida umumiy o„rta ta‟lim maktablarida texnologiya fanini o„qitish o„quvchilarda ijodkorlik qobiliyati va mehnat ko„nikmalarini rivojlantirish, ularda maktabdan keyingi ta‟lim bosqichi yoki mustaqil hayotga qadam qo„yishda zarur bo„ladigan bazaviy kompetensiyalar va dunyoqarashlarni shakllantirishda asosiy yechim bo„lib xizmat qiladi. Texnologiya fanini o„zlashtirgan umumiy o„rta ta‟lim maktablari bitiruvchilari sanoat sohasining barcha tarmoqlarida xususiy muhandislik, ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik bazalarining yanada rivojlanishi, boshqacha qilib aytganda yuqori qiymatli raqobatbardosh sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishida “drayver” rolini bajarad. Ishlab chiqarish jarayonlari yuqori darajada sanoatlashgan Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, AQSH, Isroil, Janubiy Koreya, Xitoy Xalq Respublikasi va boshqa rivojlangan davlatlar ta‟lim tizimida ham texnologiya fani umumiy ta‟limning asosiy bo„g„ini hisoblanib, jahon mehnat bozoriga malakali mutaxassislar tayyorlashning muhim bosqichlari va tashkil etuvchilaridan biri deb qaraladi. Xalq ta‟limi vazirligi tizimida 11 yillik ta‟lim joriy qilinishi va professional ta‟lim tizimining funksional o„zgarishi hisobiga texnologiya fanini o„qitishning rivojlanishida ayrim bo„shliq va kamchiliklar yuzaga kelgan, shu jumladan: - texnologiya fanining Davlat ta‟lim standarti, malaka talablari, o„quv dasturlarida o„zaro va boshqa ta‟lim tizimlari o„rtasidagi integratsiyaning ta‟minlanmaganligi Journal - raqobatbardosh variativ dasturlarning ishlab chiqilmaganligi; - baholashning milliy formati va mezonlari, texnologiyalari, metodikasining yaratilmaganligi; - texnologiya fanining ilmiy metodik ta‟minoti (darslik, o„qituvchi kitobi, ish daftari, multimedia ilovalar, didaktik materiallar va boshqa) yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi; - umumiy o„rta ta‟lim maktablarida o„qitiladigan amaldagi texnologiya fani mazmuni, mustaqil hayotda qo„llash imkoniyati bo„lgan texnologik savodxonlikni, tanqidiy fikrlash va ijodkorlik kompetensiyalarini shakllantirish uchun yetarli emasligi; - texnologiya fanini o„qitishda metapredmet kompetensiyalar va fanlararo bog„liqlikning kamligi; - texnologiya fani me‟yoriy hujjatlarida baholash mezonlarining faqat bitiruvchi kompetentsiyasi uchun ishlanganligi va darslik, ishchi daftar va o„qituvchi kitoblari, multimedia ilovalari, didaktik materiallarning yetishmasligi; - texnologiya fani mazmuniga mexatronika, robototexnika, elektrotexnika, avtomatika, arduino kabi O„zbekiston iqtisodiyoti rivoji uchun zarur bo„ladigan elementlarning kiritilmaganligi; - o„quvchilarda ta‟lim olishga kuchli motivatsiyani shakllantirish uchun o„quvchilarda zamonaviy texnika, mexatronika, robototexnika, elektrotexnika, avtomatika sohasidagi mavsus kompetensiyalarni rivojlantirishga yo„naltirilgan jihoz va uskunalarning yetishmasligi; - texnologiya fani moddiy-texnika bazasini eskirganligi, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlanmaganligi hamda byudjetdan mablag„ bilan ta‟minlash bo„yicha yetarli choralar ko„rish yuzasidan takliflar ishlab chiqilmaganligi; - pedagoglarning metodik ta‟minotini yaxshilash, texnologiya fani o„qituvchilari va mentorlari uchun masofadan o„qitish kurslarini joriy etilmaganligi; - mavjud oliy ta‟lim muassasalarida zamonaviy texnologiya fani yo„nalishida o„qituvchi pedagog-kadrlarni tayyorlash sifati bugungi kun talablariga mos kelmasligi texnologiya fanini o„qitishni tubdan qayta ko„rib chiqishni taqozo etmoqda. NATIJALAR Texnologiya fanining amaldagi joriy holati va to„plangan tajribalar tahlili mavjud bo„shliq va kamchiliklardan kelib chiqqan holda, avvalo, texnologiya fanini o„qitishni rivojlantirishning asosiy tendensiyalarini belgilab olish kerak. Bu tendensiyalarga: - ta‟lim sohasi rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta‟lim sohasida me‟yorlarni belgilash tajribasidan milliy xususiyatlarni va mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni hisobga olgan holda takomillashtirish; - texnologiya fani Davlat ta‟lim standarti talablarining ta‟lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo„yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta‟minlash; - texnologiya fani bo„yicha umumiy o„rta ta‟lim muassasalari bitiruvchilariga qo„yiladigan malaka talablarini integratsion yondashuvlar asosida ishlab chiqib amaliyotga tatbiq etish; - texnologiya fanining Davlat ta‟lim standarti, malaka talablari, o„quv dasturlarida o„zaro va boshqa ta‟lim tizimlari o„rtasidagi integratsiyani ta‟minlash; - raqobatbardosh variativ o„quv modullarini ishlab chiqish; - texnologiya fani mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek, o„qitish metodikasini takomillashtirish, ta‟lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish; - texnologiya fani maqomi, umumta‟lim fanlari bilan o„zaro integratsiyasi va o„quvchilarni kasb-hunarga yo„naltirish ishlarini tashkil etish; - texnologiya fani mazmuni, mustaqil hayotda qo„llash imkoniyati bo„lgan texnologik savodxonlikni, tanqidiy fikrlash va ijodkorlik kompetensiyalarini shakllantirish; - ta‟lim jarayoniga milliy, umuminsoniy va ma‟naviy qadriyatlar asosida o„quvchilarni tarbiyalashning samarali shakl, usul va vositalarini keng joriy etish; o„quvchi-yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta‟minlashda texnologiya fani bo„yicha sinfdan va maktabdan tashqari ta‟limning zamonaviy usullari va yo„nalishlarini joriy etish; - baholashning milliy formati va mezonlari, texnologiyalari, metodikasini yaratish; - texnologiya ta‟limi jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish; o„quv-tarbiya jarayoni samaradoriligini va natijaviyligini ta‟minlashda innovatsion pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish; - texnologiya fani moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va byudjetdan mablag„ bilan ta‟minlashning samaradorligini oshirish; - erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlanishi hamda tadbirkorlik, kasanachilik faoliyatini keng joriy qilishda o„quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlarini aniqlash. - Tendensiyalarni amalga oshirishda fanni rivojlantirishning strategik maqsadlari sifatida quyidagilar belgilab olinadi: - texnologiya fanini mehnat bozori talablari asosida modernizatsiya qilish, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirish; - o„quvchilarda texnik-texnologik hamda texnologik jarayon davomida bajariladigan operatsiyalar yuzasidan olgan bilim, ko„nikma va malakalarini mustaqil amaliy faoliyatida qo„llash, kasb-hunar tanlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish, mehnat bozorida zarur bo„ladigan kompetentsiyalarni shakllantirish; - o„quvchilarda texnologik savodxonlik, tanqidiy, kreativ va tizimli fikrlash, mustaqil qaror qabul qila olish, o„z intellektual qobiliyatlarini namoyon eta olish va ma‟naviy barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun zarur shart-sharoit yaratish; Belgilab olingan strategik maqsadlar quyidagi vazifalarga asosan amalga oshiriladi: - maktabgacha, umumiy o„rta, professional va oliy ta‟lim tizimlarining barcha bosqichlarida izchil texnologiya fanini o„qitish tizimini yaratish; - texnologiya fanining ilmiy metodik ta‟minotini rivojlantirish; - texnologiya fanining moddiy-texnik ta‟minotini mustahkamlash, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan ta‟minlash bo„yicha takliflar ishlab chiqish; - texnologiya ta‟limi jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish orqali innovatsion infratuzilmasini shakllantirish; - texnologiya fani maqomini uning fundamental bilimlarning inson yaratuvchilik faoliyati bilan bog„liqligini hamda atrof-muhit va umumiy ta‟lim mazmuni o„rtasidagi o„zaro ta‟sirni ta‟minlashdagi asosiy roliga munosib ravishda o„zlashtirishga erishish; - fanlarning o„zaro integratsiyasi va o„quvchilarni kasb-hunarga yo„naltirish ishlarini tashkil etish; - fan doirasida o„rgatiladigan va mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun istiqbolli deb tanlangan kasblar hamda mutaxassislarni tayyorlashning tayanch bosqichi sifatida xizmat qilishi; - kadrlarni tayyorlash, mavjud kadrlar ta‟minotini modernizatsiyalash va inson potentsialidan samarali foydalanish; - malaka talablarini, shuningdek yangilangan ta‟lim standartlarini joriy etish uchun egallanadigan ko„nikmalarni aniqlashning yangi usullarini joriy etish - fanning mazmuni, o„ziga xos xususiyatlari, malaka talablari va shakllantiriladigan kompetentsiyalardan kelib chiqqan holda baholash tizimini ishlab chiqish; - fan bo„yicha olimpiadani tashkil etish Nizomini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish; - iqtidorli o„quvchilarni aniqlash, baholash va rag„batlantirish tizimini texnologiya shu jumladan dizayn, muhandislik, robototexnika, elektronika, bolalar uchun ixtiro masalalarini yechish algoritmi kabi tanlov va ko„rgazmalarini tashkil etish; - intellektual salohiyatning mehnat bozoridagi o„rni haqidagi madaniyatni shakllantirish; - “Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti” xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari perspektiv texnologik, zamonaviy standartlarga mos keluvchi, yo„nalishlarni tadqiq qilish va joriy etish; - o„quvchilarda loyihalash va tadqiqot ishlari madaniyatini shakllantirish; ta‟limning ilg„or amaliyotini ommalashtirish va texnologiya fanini o„qitishning shakllari xilma-xilligini rag„batlantirish; - amaliy jihatdan texnologiya sohasidagi bilim – texnologiyalar transferi bilan bog„liq, keng ma‟noda kelajak avlodni yuz berishi mumkin bo„lgan texnologik o„zgarishlar bilan ishlashga tayyorlash. MUHOKAMA Belgilangan tendensiyalar, strategik maqsad va uni amalga oshirish natijasida kutilayotgan natijalar quyidagilardan iborat: - davlat ta‟lim dasturlari tarkibiga kiruvchi texnologiya darslari o„quvchilarda metafan, XXI asr va hayotiy ko„nikmalarini, bitiruvchilarda nostandart sharoitlarda yuzaga keladigan muammolarni hal etish, ta‟limning barcha bosqichlarida injenerlik qobiliyati va ijodkorlikni rivojlantirish hamda mustaqil hayotda zarur bo„ladigan mehnat ko„nikmalarini o„zlashtirish, maktabdan keyingi ta‟lim bosqichiga yoki mustaqil hayotga qadam qo„yishda zarur bo„ladigan bazaviy kompetensiyalar va dunyoqarashlarni shakllantiradi; - texnologiya fanining Davlat ta‟lim standarti, malaka talablari, o„quv dasturlari, raqobatbardosh variativ dasturlar, ilmiy metodik ta‟minoti (darslik, o„qituvchi kitobi, ish daftari, multimedia ilovalar, didaktik materiallar va boshqa), baholashning milliy formati va mezonlari, texnologiyalari, metodikasi yaratiladi; maktabgacha ta‟lim tashkiloti, umumiy o„rta ta‟lim, professional ta‟lim va oliy ta‟lim tizimlarida o„qitilayotgan texnologiya fanining o„zaro integratsiyasiga erishiladi; - STEAM (Science – tabiiy fanlar, Technology – texnologiyalar, Engineering – muhandislik, Art – san‟at, Mathematics – matematika) ta‟limini joriy etish orqali maktab o„quvchilarining fanlar integratsiyasiga qurilgan savodxonlik darajasini oshiradi; - texnologiya fanini o„qitish – maktab bitiruvchilaradining ilmiy-texnik savodxonligini, ilk muhandislik ko„nikmalarini va kompetensiyalarini shakllantirish, shu bilan birga, zamonaviy texnik tizimlar va texnologiyalardan professional darajada foydalanish, loyihalashtirish va texnik tizimlarni boshqarishni o„zlashtirish imkonini beradi; - texnologiya fani umumiy o„rta ta‟lim tizimida asosiy integratsion mexanizm vazifasini bajaradi, tabiiy, ilmiy-texnik, texnologik, tadbirkorlik va gumanitar fanlar doirasida olgan bilimlarini meta-fan darajasida qo„llashni o„rgatadi va umumiy o„rta ta‟limning amaliy jihatlarini kuchaytirishga yordam beradi.
Yüklə 26,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin