Reja: T. Maltusning iqtisodiy qarashlari



Yüklə 23,83 Kb.
səhifə4/6
tarix17.09.2023
ölçüsü23,83 Kb.
#144467
1   2   3   4   5   6
Reja T. Maltusning iqtisodiy qarashlari J. S. Millning iqtisodi-fayllar.org

Birinchisi ingliz iqtisodiyoti borasida to’plangan amaliy ma’lumotlar va Rikardo iqtisodiy ta’limotlari o’rtasidagi farqlarning o’sib borayotganligi. Jumladan, Rikardo g’oyasining asosini tashkil qilgan Maltusning “Nufus qonuni”ga zid ravishda aholi sonining oshib borishi bilan kishi boshiga daromadning o’sib borayotganligi, “Nufus qonuni”ga ko’ra kamayishi kerak edi lekin texnologiyalarninng tez rivojlanishi natijasida qishloq xo’jaligining o’sib borayotganligi aksincha kamaymayotganligi.
Ikkinchidan, iqtisodiyot fani borgan sari kasbga aylanib bormoqda va mos ravishda qabul qilingan ta’limotlarga ko’proq tanqidiy fikrlar bildiriladi. Iqtisodchilar Rikardoning nazariy g’oyalari, ya’ni qiymatning mehnat nazariyasi va narxlarning belgilashda foydaning rolini hamda uning talabga bo’lgan ta’sirini aniqlash asosida ishlashni boshlashdi.
Uchinchidan iqtisodiy g’oyalarning texnik tarkibiga e’tibor bermasdan kelyotgan bir qator gumanitar va jamiyatshunos yozuvchilar, Rikardoning iqtisodiy ta’limotlarini o’zida aks ettirgan va rivojlanayotgan kapitalistik iqtisodiyot ta’limotlarni tanqid qilishdi.
3. J.B.Seyning iqtisodiy ta’limoti
Evropadagi ko’pchilik rivojlangan mamlakatlar va AQShda butun XIX asr davomida, ya’ni klassik siyosiy iqtisodning marjinalizm bilan o’rin almashish davriga qadar, klassik maktab g’oyalarining va kontseptsiyalarining keyingi rivojlanishida A.Smit ta’limoti asos bo’lib keldi. Shu ma’noda Frantsiyada A.Smit g’oyalarini ancha izchil va ijodiy davom ettirgan Jan Batist Sey (1767–1832) hisoblanadi.
U 1767 yil, 5 yanvarda Lionda savdogar oilasida tug’ildi. Oilaviy tadbirkorlik an’analarni davom ettirish uchun zarur bo’lgan bilimni olish bilan birga, J.B.Sey o’z bilimini mustaqil oshirish, ayniqsa, siyosiy iqtisodni o’rganish bilan shug’ullandi. Keyinchalik ma’lum bo’lishicha, u A.Smitning “Odamlar boyligi” asariga asosiy e’tibor qaratgan. Undagi g’oyalarni ommaviylashtirish, uning fikricha, Frantsiya manfaatlariga ham, shuningdek, barcha insoniyat manfaatlariga ham xizmat qiladi.
J.B.Sey hayotda har xil mashg’ulot turlari bilan shug’ullandi. U savdo kontorasida nazoratchi bo’lib ishladi, Frantsiya armiyasida xizmat qildi, nufuzli jurnal muharriri bo’ldi, davlat muassasalarida ishladi. Ammo uning hayotidagi asosiy ishi – iqtisodiy bilim sohasidagi tadqiqotidir. U o’zining «Siyosiy iqtisod traktati» (1803) asarida A.Smit kontseptsiyasini tizimlashtirishga, uni keng xalq ommasi uchun tushunarli qilib berishga harakat qildi. Unda J.B.Sey sanoatning yuksalishiga va xalq boyligini ko’paytirishga to’sqinlik qiluvchi “man etuvchi tizim”ga qarshi chiqdi. «Traktatdagi» iqtisodiy liberalizm to’g’risidagi g’oya, xususan, davlatning iqtisodiyotga va xo’jalik hayotini qayta qurishga aralashmasligi to’g’risida g’oyaning amalga oshirilishi harbiy-sanoat boshqaruvini o’sha davrdagi Frantsiya hukumatidagi real hukmronlikdan mahrum qilgan bo’lar edi.
Napoleon “Traktat” bilan tanishib chiqqach, uning muallifini suhbatga chaqirgan va unga o’z asarini tubdan qayta ishlashni taklif qilgan. J.B.Sey bu taklifni rad etdi va siyosiy “sahnadan” ketishga majbur bo’ldi.
Ammo tinib–tinchimas J.B.Sey o’zining xususiy ip yigirish fabrikasini ochdi. Keyinchalik, 1813 yili uni sotib, topgan puliga «Traktat»ni ikkinchi nashrdan chiqarish uchun Parijga qaytib keldi. Asar 1814 yili chop etiladi, so’ngra qisqa vaqt ichida yana uch marta 1817, 1819 va 1826 yillarda qayta nashr etildi. Bu asar tez orada juda ko’p tillarga tarjima qilindi.
Frantsiyada Napoleon tuzumining emirilishi bilan vujudga kelgan o’zgarishlar J.B.Seyning iqtisodchi-olim va jamiyat arbobi sifatidagi nomini oqladi. U ruhlanib, siyosiy iqtisod bo’yicha o’z asarlari ustida ishlashni davom ettirdi, ko’p lektsiyalar o’qidi va ularda iqtisodiy nazariya qoidalarini tizimlashtirish va ommaviylashtirish mahoratini namoyish etdi. J.B.Sey asarlarida iqtisodiy fan sof nazariy va tavsifiy fanga aylandi. U iqtisodiy nazariyadan siyosatning, ideologiyaning va statistikaning ajralib chiqishini ma’qulladi.

Yüklə 23,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin