Reja: Tarixiy sharoit va urushning sabablari


Urushning boshlanishi va borishi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə4/6
tarix18.02.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#52792
1   2   3   4   5   6
4.Qrim urushi. Urushning boshlanishi borishi yakuni.

Urushning boshlanishi va borishi

Fransiya bilan Bayt Lahmdagi Iso Masih tug‘ilgan cherkovni nazorat qilish masalasida yuzaga kelgan diplomatik ziddiyat paytida Turkiyaga bosim o‘tkazish maqsadida Rossiya Adrianopol tinchlik shartnomasi shartlariga binoan himoyasida bo‘lgan Moldaviya va Valaxiyani egallab oldi. Rossiya imperatori Nikolay I ning qo‘shinlarni olib chiqishdan bosh tortishi 1853-yilning oktabrida Turkiyaning harbiy harakatlarini boshlashiga olib keldi, shundan so‘ng 1854-yilning mart oyida Buyuk Britaniya va Fransiya Rossiyaga qarshi urush e’lon qildi. Shu tariqa tarixga “Qrim urushi” nomi bilan kirgan janglar boshlanib ketdi.

Navbatdagi jang harakatlarida ittifoqchilar rus armiyasining texnikalari eskirgani va qo‘mondonlarning sobit qadam emasligidan foydalanib, o‘z armiyalarining son jihatdan ustunligi va texnik sifatini Qora dengizga qaratdi. Qrim sohillariga tushirilgan desant korpuslari u yerda joylashgan rus armiyasiga zarba berdi hamda rus Qora dengiz flotining asosiy bazasini qo‘lga kiritdi. 1855-yil fevralda Nikolay I ning o‘limidan keyin uning janubiy qismi ham egallandi. Keyin ittifoqchilar Sevastopoldan evakuatsiya qilingan Qora dengiz floti bo‘linmalari to‘plangan Nikolayevni egallab olishga harakat qildi.


Angliya-Fransiya floti Dnepr-Bug qo‘ltig‘idagi Rossiyaning minalashtirilgan artilleriya mudofaa to‘siqlaridan o‘tishga jur’at eta olmasdi. Harbiy harakatlar davomida ittifoqchilar tomonidan egallangan Kinburn rus qal’asi bir necha oydan so‘ng jangsiz taslim bo‘ldi. Shundan so‘ng Qora dengiz hududida amalga oshirilgan keng ko‘lamli harbiy harakatlar to‘xtatildi. Kavkaz frontida turk qo‘shinlariga bir qator jiddiy zarbalar bergan rus qo‘shinlari Kars qal’asini egallab olishga muvaffaq bo‘ldi.

1855-yil oxiriga kelib Sevastopol (Sevastopol qamali paytida ingliz harbiylari maxsus kimyoviy modda – odorantlardan foydalangan) taslim bo‘lgach, Qrim urushi frontlarida harbiy harakatlar deyarli to‘xtadi. Rossiya diplomatik jihatdan yakkalab qo‘yildi. Urush tugaganidan keyin tomonlar tinchlik muzokaralarini tayyorlashga kirishdi. Yil oxirida Avstriya hukumati besh punktdan iborat ultimatumni yangi rus imperatori Aleksandr II ga topshirdi. Rossiyaning harbiy va iqtisodiy jihatdan raqiblaridan qoloqligi uning mag‘lubiyatiga sabab bo‘ldi.


Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin