manzillashning kengayishi. IPv6 da manzil uzunligi 128 bitgacha kengaytirilgan (IPv4 da 32 bit). Bu esa manzillash ierarxiyasining ko‘proq pog‘onalarini ta’minlash, manzillashtiriladigan qurilmalar sonini oshirish, avto- konfiguratsiyani soddalashtirish imkonini beradi. Multikasting-marshrutlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish uchun manzil maydoniga “scope” (manzillar guruhi) kiritilgan. Manzilning yangi “anycast address” turi aniqlangan. U mijoz so‘rovlarini serverning istalgan guruhiga yuborish uchun foydalaniladi. Anycast manzillash o‘zaro xarakat qiluvchi serverlar to‘plamidan foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularning manzillari mijozga oldindan ma’lum bo‘lmaydi;
qo‘shimcha opsiyalar. IP-sarlovhalarning opsiyalari kodlashtirilishining o‘zgartirilishi paketlarni qayta manzillashtirilishini yengillashtirish imkonini beradi. Opsiyalar uzunligiga bo‘lgan cheklovlarni kamaytiradi va kelajakda qo‘shimcha opsiyalar kiritilishini yanada ochiqroq qiladi;
ma'lumot oqimlariga belgilar qo‘yish imkoniyati. Muayyan transport oqimlariga tegishli bo‘lgan, ular uchun jo‘natuvchi qayta ishlashning muayyan tartibini so‘ragan paketlarga belgi qo‘yish imkoniyati. Masalan TOS (xizmatlar turi)ning nostandart turi yoki ma’lumotlarga vaqtning real tizimida qayta ishlash joriy qilindi;
xususiy almashishlarni identifikatsiyalash va himoyalash. IPv6 da ma’lumotlarning yaxlitligini va istalganda xususiy ma’lumotni himoyalash uchun tarmoq ob’ektlarida yoki sub’ektlarida identifikatsiyalash tasnifi joriy qilingan.
IPv6 paket formati “Versiya” maydoni Internet protokoli versiyasining 4 bitlik kod raqami. Imtiyozning 4 bitlik “Imtiyoz” maydoni IPv6 sarlovhasida jo‘natuvchiga paketlarni yetkazishning nisbiy ustuvorligini identifikatsiyalash imkonini beradi. Imtiyozlarning qiymatlari ikki diapazonga bo‘linadi. 0 dan 7 gacha kodlar trafik ustuvorligini berish uchun foydalaniladi. U uchun jo‘natuvchi ortiqcha yuklanish ustidan nazoratii amalga oshiradi (misol uchun, ortiqcha yuklanish signaliga javoban TCP oqimini pasaytiradi). 8 dan 15 gacha bo‘lgan qiymatlar trafik ustuvorligini aniqlash uchun foydalaniladi. U uchun ortiqcha yuklanish signaliga javoban oqimni pasaytirish amalga oshirilmaydi. Misol uchun, doimiy (turg‘un) chastota bilan yuboriladigan “real vaqt” paketlari ko’rinishida.
“Oqim belgisi” - oqim belgisining 24 bitlik kod maydoni IPv6 sarlovhasida jo‘natuvchi tomonidan paketlarni ajratish uchun foydalanilishi mumkin. Ular uchun marshrutlashtiruvchida maxsus qayta ishlash talab etilmaydi. Misol uchun, nostandart QoS yoki “real-time” xizmati kabi.
Ma’lumotlar o'lchami - belgisiz 16 bitlik son. O‘zida ma’lumotlar maydonining oktetlardagi uzunlik kodini tashiydi va u paket sarlovhasidan so‘ng keladi. Agar kod 0 ga teng bo‘lsa, u holda ma’lumotlar maydoni uzunligi jumboq ma’lumotlar maydonida yozilgan bo‘ladi va u o‘z navbatida opsiyalar zonasida saqlanadi.
Keyingi sarlovha - 2 bitlik ajratuvchi. IPv6 sarlovhadan keyin bevosita keluvchi sarlovha turini identifikatsiyalaydi. IPv4 protokoli ishlatadigan qiymatlardan foydalanadi.
Qadamlarning chegaralangan soni (paketning maksimal yashash vaqti) - 8 bitlik belgisiz butun son. Paket o‘tuvchi har bir qurilmada bittaga kamayadi. Qadamlar nolga teng bo‘lganda paket yo‘q qilinadi.
IPv4 dan farqli o‘laroq, IPv6 qurilmalari paketlarning maksimal yashash vaqtini belgilanishini talab etmaydi. Shu sababli IPv4 “time to live” (TTL) maydoni IPv6 uchun “hop limit” - qadamlarning chegaralangan soni deb nomlangan. Amaliyotda unchalik ko‘p bo‘lmagan IPv4 ilovalar TTL bo‘yicha cheklovlardan foydalanadilar.
“Jo‘natuvchi manzili” va “Qabul qiluvchining manzili” maydonlariga manzil uzunligi IPv4 ga nisbatan uzun bo‘lganligi uchun 128 bit ajratilgan.
IPv6 versiyasida manzillash va manzillar yozuvlarini taqdim etish arxitekturasi Manzillarning uchta turi mavjud: