Pul va banklar Tijorat banki aktivlarini riskka tortish tartibi.
2. Tijorat banklari tomonidan resurslarni jalb qilish va u bilan bog‘liq risklar. Jalb qilingan mablag‘lar aktiv operatsiyalarni, avvalo kredit operatsiyalarini amalga oshirish uchun pul resurslariga bo‘lgan ehtiyojni qoplaydi. Ularning roli juda katta bo‘lib, bank resurslarining 70%dan ortig‘ini tashkil qiladi. YUridik va jismoniy shaxslarning vaqtinchalik bo‘sh mablag‘laridan foydalanish orqali, tijorat banklari ular yordamida xalq xo‘jaligining va aholining qo‘shimcha aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi, pullarni kapitalga aylanishiga yordam beradi.
Banklar mablag‘larni jalb qilish imkoniyatlari chegaralangan bo‘lib, barcha mamlakatlarda bu jarayon Markaziy bank tomonidan tartibga solinib turadi. Jalb qilingan mablag‘lar tijorat banklari kredit resurslarining asosiy qismini tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank kapitali bilan jalb qilingan mablag‘lar orasidagi nisbatni bir qator zaruriy me’yorlar yordamida tartibga soladi. Bu quyidagi normativlar: kapital etarliligi, bir kredit oluvchiga to‘g‘ri keladigan maksimal risk miqdori, aholidan jalb qilingan depozitlarning maksimal miqdori va boshqalar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yo‘riqnomasiga muvofiq, aholidan pul omonatlarini jalb qilish miqdori bankning o‘z kapitali miqdori bilan chegaralanadi.
Rejali iqtisodiyot davrida banklarda bo‘sh turgan mablag‘larini jalb qilishdan manfaatdorlik yo‘q edi, chunki banklarning aktiv operatsiyalari miqdori jalb qilingan mablag‘lar miqdoriga qarab emas, balki kredit qo‘yilmalar bo‘yicha o‘rnatilgan limitga qarab aniqlanar, jalb qilingan mablag‘lar bo‘yicha rag‘batlantirish bilan banklar shug‘ullanmas edilar. Aksariyat hollarda yirik loyihalarni amalga oshirish uchun bank ssudalari o‘rniga ko‘proq byudjet mablag‘lari jalb qilinar edi. SHu bois muddatli omonatlarni o‘rta va uzoq muddatli kredit manbalari sifatida jamg‘arishga ehtiyoj bo‘lmagan.
Ikki pog‘onali bank tizimiga o‘tilishi, iqtisodiy mustaqil tijorat banklarining tashkil topishi, banklarning o‘z - o‘zini moliyalashtirish tamoyiliga o‘tishi, passivlar va aktivlar muvofiqligiga erishish muammosi bank faoliyatida dolzarb masalalarga aylandi. Bozor munosabatlarining rivojlantirish bank resurslarining ham turli - tumanlashuviga olib keldi.
Banklar jalb qiladigan mablag‘lar tarkibi turlicha bo‘ladi. Ularning asosiy turlariga quyidagilar kiradi: bank mijozlar bilan ishlash jarayonida jalb qilgan mablag‘lar (depozitlar), o‘z qarz majburiyatlarini chiqarish yo‘li bilan mablag‘larni to‘plash (depozit va jamg‘arma sertifikatlarini, veksellar, obligatsiyalar) va banklararo kredit vositasida boshqa kredit tashkilotlaridan olinadigan va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan olinadigan ssuda mablag‘lari va boshqalar kiradi. Xalqaro bank amaliyotida jalb qilingan resurslar ularni yig‘ish usuliga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
depozitlar; nodepozit resurslar.
Jalb qilingan mablag‘larni asosiy qismini depozitlar tashkil qiladi.
Banklarda maqsadlarni amalga oshirish uchun pul mablag‘larini qo‘yilmalarga jalb qilish operatsiyalari depozit operatsiyalari deyiladi.
Depozitlar faqatgina omonatchiga emas, shu bilan birga bankka ham manfaatlidir. Ko‘pgina depozitlar orqali bankning ssuda kapitali shakllanadi, keyinchalik esa bank turli xo‘jalik sohalarini qulay shartlar asosida kreditlaydi. Depozit va kredit foizlari orasidagi farq bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish va ssuda kapitalini joylashtirish borasidagi bank marjasi (mukofoti) bo‘lib hisoblanadi.
Bankning "Oltin qoidasi"ga ko‘ra, bank moliyaviy talablarining hajmi va muddati bank majburiyatlari miqdori va muddatiga mos kelishi kerak. Bu qoidaga rioya qilib, banklar joriy schetlar bo‘yicha qoldiqlarni kredit resursi sifatida ishlata olmaydilar, chunki mijozlar ularni xohlagan vaqtda talab qilib olishlari mumkin. Vaholanki, mijozlar, odatda, o‘z mablag‘larining hammasini birdaniga olishmaydi, shuning uchun, bankning naqd pul rezervi omonatlarga nisbatan shakllanadi.
Bundan tashqari, aksariyat bank operatsiyalari naqd pulsiz ko‘rinishda amalga oshiriladi. Kassa zahiralari ko‘rinishida bo‘lmagan naqd pullar bank likvidligini oshiradi va u boshqa mijozlarga yoki bankka kredit sifatida yo‘naltirilishi mumkin. Kassa zahiralaridan tashqari tijorat banklari tomonidan depozitlardan kredit resursi sifatida foydalanishda boshqa cheklovlar bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o‘rnatiladigan majburiy zaxiralar shaklida ifodalanadi.
Depozit hisobvaraqalari turlicha bo‘lishi mumkin va ularning tasniflanishi asosida qo‘yilmalar manbai, ularning maqsadli yo‘naltirilganligi, daromadlilik darajasi va boshqa shu kabi mezonlar etadi, ammo aksariyat hollarda mezon sifatida pul qo‘yuvchi toifasi va qo‘yilmani olish shakllari inobatga olinadi.
Pul qo‘yuvchilar toifasidan kelib chiqqan holda, depozitlar quyidagilarga bo‘linadi: yuridik shaxslar (korxonalar, tashkilotlar); jismoniy shaxslar;
Mablag‘larni olish shakliga ko‘ra depozitlar quyidagilarga bo‘linadi:
muddatli depozit mablag‘lar;
talab qilib olingunga qadar depozit mablag‘lar; * aholining jamg‘arma qo‘yilmalari.
O‘z navbatida bu guruhlarning har biri turli belgilariga qarab tasniflanadi.
Muddatli depozit mablag‘lar ularning muddatidan kelib chiqib tasniflanadi:
3 oy muddatgacha depozitlar;
3 oydan 6 oygacha depozitlar;
6 oydan 9 oygacha depozitlar;
9 oydan 12 oygacha depozitlar;
12 oydan yuqori bo‘lgan depozit mablag‘lar.
Bank tomonidan jalb qilingan mablag‘larning yuqori likvidlik darajasini ushlab turish va ma’lum yuqori daromad olish ehtiyojini belgilab beruvchi mavjud qonun va tartibga soluvchi aktlardan kelib chiqib turli aktivlarga joylashtiriladi.
Talab qilib olinguncha qadar depozitlar - bu bankni oldindan ogohlantirmay mijoz tomonidan xohlagan vaqtda talab qilib olinadigan mablag‘lardir.
Ularga joriy, hisob - kitob, byudjet va hisob - kitoblarni amalga oshirishi yoki mablag‘lardan maqsadli foydalanish bilan bog‘liq hisob - varaqalardagi mablag‘larni, boshqa banklarning vakillik hisobvarag‘idagi qoldiqlarni kiritish mumkin. Talab qilinguncha depozitlar joriy hisob - kitoblar uchun mo‘jallangan. Bu hisobvaraqdagi mablag‘lar harakati naqd pul, pul o‘tkazish, boshqa hisob - kitob hujjatlari bilan rasmiylashtirilishi mumkin. Bank likvidligini boshqarish nuqtai nazaridan qaraganda joriy va byudjet hisobvaraqlari, kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish bo‘yicha hisobvaraqlar, maxsus hisobvaraqlar banklar uchun foydaliroq hisoblanadi. CHunki bu mablag‘lar yuqori likvidlilikka ega. Bu depozit turining asosiy kamchiligi - ular bo‘yicha juda kam miqdorda foizlarning to‘lanishi yoki umuman to‘lanmasligidir. Bundan tashqari joriy va byudjet hisobvaraqa egalari o‘zlarining statuslaridan kelib chiqib kredit olmaydilar, bu esa banklarga mablag‘larni o‘z rejalari asosida ishlatishga imkon beradi. Talab qilib olguncha bo‘lgan depozitlarga banklarning korrespondent banklarda ochilgan vakillik hisobvaraqalaridagi mablag‘larini ham kiritish mumkin. Bu hisobvaraqalar ular hisob kitoblarni va to‘lovlarni bir tomonlama tartibda yoki bir birlarining topshiriqlari bo‘yicha amalga oshirish maqsadida ochilgan. Mazkur bankning boshqa bankda ochilgan vakillik hisobvarag‘i "Nostro" scheti, mazkur bank boshqa bank uchun ochgan vakillik hisobvarag‘i "Loro" scheti deb yuritiladi va bunday hisobvaraqalarini ochish banklararo imzolangan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi. Bu hisobvaraqalardan to‘lovlar, qoidaga ko‘ra, ulardagi mablag‘lar hajmi chegarasida amalga oshirilishi kerak. Ular bo‘yicha mavjud mablag‘lardan ko‘proq operatsiyalar o‘tkazish zaruriyati tug‘ilganda, vakilga alohida balans hisobvarag‘idan overdraft krediti berilishi mumkin.
Talab qilib olinguncha bo‘lgan depozitlarga kontokorrent hisobvarag‘i mablag‘larini ham kiritish mumkin mumkin.
Xalqaro bank amaliyotida talab qilib olinguncha yuqoridagi depozitlardan tashqari nau - hisobvaraqalar (uchinchi shaxs foydasiga hisob hujjatlarini yozib berish), bank tomonidan belgilanadigan hisob cheklari ham kiritiladi.
Talab qilib olingungacha bo‘lgan depozitlar quyidagi xususiyatlarga ega:
depozitning bu turida xohlagan vaqtda, xohlagan summada mablag‘ni qo‘yish yoki olishi mumkin;
depozit muddati chegaralanmagan; kam miqdorda foiz to‘lanadi;
bu turdagi depozitlar bo‘yicha Markaziy bankka o‘tkaziladigan majburiy rezervlar salmog‘i yuqori va h.k.
Tijorat banklarida jalb qilingan mablag‘lar tarkibida talab qilib olinguncha depozitlar turlicha hajmga ega. Bu odatda, bank resurslarini shakllantirishning eng arzon manbaidir. Mablag‘larning yuqori harakatchanligi tufayli talab qiluvchi hisobvaraqalardagi qoldiq doimiy emas, ba’zida juda o‘zgaruvchan. Hisobvarag‘i egasi istagan paytda mablag‘larni olish ehtimoli bank oborotida yuqori likvid aktivlarning hissasi ko‘proq bo‘lishini talab qiladi. Bu esa kamroq likvidlika ega bo‘lgan, biroq yuqori daromad keltiruvchi aktivlarning hissasining qisqarishi evaziga yuz beradi. SHu sababli banklar talab qilgungacha hisobvarag‘i egalariga past foiz to‘laydilar yoki umuman to‘lamaydilar. Biroq, talab qilguncha hisobvaraqalardagi mablag‘larning yuqori darajadagi harakatchanligiga qaramasdan, ularning minimal, doimiy qoldig‘ini aniqlash va ulardan barqaror kredit resursi sifatida foydalanish imkoniyatiga banklar ega bo‘lmog‘i lozim.
Muddatli depozitlar - bu banklar tomonidan ma’lum muddatga jalb qilinadigan depozitlardir. Bu turdagi depozitlar qo‘yilgan muddatda o‘zgarmas bo‘lishi lozim va ular joriy to‘lovlar uchun ishlatilmaydi.
Muddatli qo‘yilmalar mablag‘larni shartnoma bo‘yicha muddat va shartlarda to‘liq bank ixtiyoriga berishni anglatadi, bu muddat tugashi bilan muddatli qo‘yilma xohlagan paytda egasi tomonidan qaytarib olinishi mumkin. Muddatli qo‘yilma bo‘yicha to‘lanadigan foiz hajmi depozit muddati, summasi va shartnomani pul qo‘yuvchi tomonidan bajarilishiga bog‘liqdir. o‘o‘yilmaning muddati va summasi qanchalik katta bo‘lsa, foizi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. YUqorida ta’kidlaganimizdek amaliyotda asosan 1, 3, 6, 9, 12 oy yoki yanada uzoqroq muddatga qo‘yilmalar rasmiylashtiriladi. Bunday aniq chegaralar pul qo‘yuvchilarni o‘zlarining mablag‘larini ratsional tashkil qilish va qo‘yilmalar qo‘yishga rag‘batlantiradi, shuningdek banklarga o‘zlarining likvidliklarini boshqarish uchun sharoit yaratadi. Pul qo‘yuvchi tomonidan qo‘yilma bo‘yicha mablag‘larni muddatidan oldin olinganda u shartnomada ko‘rsatilgan foizlardan to‘liq yoki qisman mahrum bo‘lishi mumkin. Odatda bunday hollarda foizlar talab qilgungacha qo‘yilmalarga to‘lanadigan foizlar hajmigacha pasaytiriladi.
Muddatli depozitlar depozitlarning boshqa turlariga nisbatan bankka barqaror resurs bazasini ta’minlaydi. SHu bois tijorat banklari muddatli depozitlar salmog‘ini ko‘paytirishga harakat qilishlari lozim.
Muddatli depozitlar quyidagi xususiyatlarga ega:
aniq muddatga ega va ular bo‘yicha o‘zgarmas (depozit siyosatida ko‘rsatilgan)
foiz to‘lanadi;
joriy hisob - kitoblar uchun foydalanilmaydi;
mijoz tomonidan muddatidan oldin olinmasligi lozim aks holda foiz to‘lash bo‘yicha shartnoma shartlari bekor qilinadi va talab qilib olinguncha depozit miqdorida foiz to‘lanishi mumkin;
mablag‘lar sekin aylanadi, uzoq muddatli ssudalarga yo‘naltiriladi; majburiy rezerv normasi nisbatan past bo‘lishi mumkin va h .k.