Chervyakli tishli g’ildiraklarni kesish
Chervyakli uzatmali juftlikning elementlari bo’lib chervyak va chervyakli g’ildirak hisoblanadi. Ularning o’qlari odatda 90o burchak ostida joylashgan bo’ladi (ba’zi bir og’ir dastgohlarning mexanizmlarida 45o burchak ostida ayqashgan bo’lishi mumkin).
Chervyaklarning asosiy ko’rinishlari silindrik va glaboidli bo’lishi mumkin (5–rasm.).
5.–rasm. Chervyaklarning ko’rinishlari: a –silindrik; b –glaboidli
Chervyakli tishli g’ildiraklarni kesish tishfrezalovchi dastgohlarda chervyakli frezalarda radial yoki tangentsial surish uslublarida bajariladi. Ko’proq yoyilgan uslub bo’lib, radial surish bilan kesish hisoblanadi. U, birkirimli va, ikkikirimli g’ildiraklar uchun qo’llaniladi (5.25–rasm). 8...9 daraja aniqlik va Rz= 15...30 mkm g’adir-budirlik ta’minlanadi.
Tangentsial surish uslubi bilan ko’pkirimli chervyakli g’ildiraklar o’yiladi (5.26–rasm). Mazkur uslub 9...10 daraja aniqlik va Rz= 20...40 mkm g’adir-budirlik olish imkonini beradi.
6–rasm. Chervyakli g’ildirakni radial 7–rasm. Chervyakli g’ildirakni tangentsial surish bilan kesish;1 –kesiluvchi surish bilan kesish: 1 –kesiluvchi g’ildirak; 2 –chervyakli freza g’ildirak; 2 –chervyakli freza
Chervyakli globoidli g’ildirakning tishlarini kesish odatga ko’ra ikki amal bilan bajariladi: radial surishda dastlabki kesish va doiraviy surishda toza kesish. Yakka va mayda seriyali ishlab chiqarishlarda keskichlar qo’llaniladi (5.27–rasm), seriyali, yirikseriyali va ommaviy ishlab chiqarishlarda –globoidli taroqlar va globoidli frezalar.
8–rasm. Kombinatsiyalangan uslubda keskichlar
bilan chervyakli g’ildiraklarni kesish
Chervyaklarni kesish
Yakka, mayda seriyali va seriyali ishlab chiqarilarda chervyaklarni tokarlik dastgohlarida kesiladdi. Yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarishlada disksimon frezalar bilan frezalanadi (5.28–rasm) yoki uyurmali kallaklar yordamida ishlanadi. Bular 9 daraja aniqlik va Rz= 10...30 mkm g’adir-budirlikni ta’minlaydi. Chervyaklarni jilvirlashda, disksiman konusli yoki tarelkasimon doira jilvir toshlar bilan 0,1...0,2 mm li qo’shim olib tashlanadi.
Kichik modulli chervyaklar maxsus qurilmali rezbajilvirlovchi yoki tokarlik dastgohida jilvirlanadi. Yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarishlarda m≥3 mm li chervyaklarni jilvirlash diametri D≥800 mm li konusli disksimon doiraviy jilvir toshlar bilan maxsus chervyak–jilvirlovchi dastgohda amalga oshiriladi (5.29–rasm).
Jilvirlash 7...8 daraja aniqlik va Ra=1,25...2,5 mkm olish imkonini beradi.
9–rasm. Chervyakni disksimon 10–rasm. Chervyakni jilvirlash
freza bilan frezalash sxemasi sxemasi
Javobgarligi yuqori bo’lgan uzatmalar chervyaklarining o’ramlarini pardozlash uchun chervyakli g’ildirak shakliga ega bo’lgan cho’yan yoki fibroviy ishqalagichlar bilan ishqalanadi yoki toblangan rolik bilan dumalatiladi. Ular Ra=0,2...0,8 mkm tozalik olish imkonini beradi.
Evolventli chervyaklar yakka va maydaseriyali ishlab chiqarishlarda tokarlik dastgohida o’ramining har tamoniga alohida ishlov beriladi. Seriyali–ommaviy ishlab chiqarishlarda evolventli chervyaklar fasonli disksimon, barmoqli frezalash va ulitkali frezalar bilan frezalanadi. Bu 9 daraja aniqlik va Rz= 10...20 mkm g’adir-budirlik olish imkonini beradi.
Globoidli chervyaklar maxsus qurilmalar qo’llanilgan tishfrezalovchi dastgohlarda frezalanadi. Tishli g’ildiraklar tishlariga ishlov berish usullarining aniqlik va sifat parametrlari 5.6–jadvalda ko’rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: |