Reja: Tokarlik stanogi



Yüklə 17,28 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü17,28 Kb.
#202252
shoxrux.DOC


TOKARLIK VINTQIRQISH STANOKLARI
Reja:

  1. Tokarlik stanogi



  1. Tokarlik vint qirqish stanogilarini asosiy qismlari va kinematik sxemasi



  1. Tokarlik Stanoklarida Ishlatiladigan Keskichlarning Turlari


Tokarlik-vintqirqar stanogi, uning tuzilishi va ishlash prinsipi haqida Tokarlik-vintqirqar stanogining yaratilish tarixidan. Bir necha yuz va ming yillar davomida insoniyat mehnat qurollarini faqar toshdan yasab kelgan. Milloddan avvalgi 2-1 ming yillikka kelib qalayni misga qorishtirish yo’li bilan jez (bronza) kashf etildi. Natijada mehnat qurollarining turi ko’paydi. Ana shu davrga kelib odamlar turli xil materilallar, xususan, metallga mexanik ishlov berishni o’rganib olganlar. 1350-yillarga kelganda tokarlik stanogida harakatni amalga oshirishda odam va hayvon o’rniga suv kuchidan foydalana boshlangan. 1480-yillarda tokarlik stanogi takomillashgan, stanokda keskichni tutib turuvchi ibtidoiy qurilma (hozirgi davrdagi supportga o’xshash) bilan jihozlangan. Sanoatda inqilobiy ahamiyatga ega bo’lgan takomillashgan support 1800-yillardan keyin yuzaga kelgan. 1565-yilda Angliyada metall kesish stanogi yaratilgan [13]. Metallga ishlov berish takomillashib borgani sari tokarlik stanoklari ham o’zgarib, ularning turi ko’payib bordi va metallga ishlov beruvchi yangi-yangi stanoklar (frezerlik, parmalash, jilolash, randalash) yaratila boshladi [14]. Metall kesuvchi stanoklarning tavsiflanishi. Metallga ishlov berish turi bo’yicha stanoklar quyidagi guruhlarga bo’linadi: 1-tokarlik, 2-parmalash, 3-silliqlash, 4-maxsus, 5-tish va rezba yo’nuvchi, 6-frezerlik, 7- randalash, 8-qirqib tushuruvchi, 9-turli xil. Har bir guruh quyidagi tiplarga bo’linadi: 1-vertikal parmalash, 2-bir shpindelli yarim avtomat, 3-ko’p shpindelli yarim avtomat, 4-koordinatali yo’nadigan, 5-radial-parmalash, 6- gorizontal-parmalash, 9-turli xil parmalash (Ilova. 9-jadval). Metall kesuvchi stanoklar konstruktsiyasiga ko’ra o’zaro farqlanadi. Stanoklarning tavsifi va o’ziga xos xususiyatlari uning shartli belgilanishida ifodalanadi. Masalan, “1K62” yozuvi quyidagicha sharhlanadi. 1-raqam: 1-tokarlik stanoklari guruhi; “K”-stanok takomillashtirilgan; 2-raqam: tokarlik-vintqirqar stanoklari tipi; 3- va 4-raqamlar stanokning asosiy o’lchamlari (staninadan tokarlik stanogi markazlarigacha bo’lgan masofa)ni belgilaydi. 1K62 dagi 2 raqami staninadan markazlargacha bo’lgan masofa 215 mm ekanini bildiradi. 2H135: “2”-parmalash stanoklari guruhi; “H”-modernizatsiyalashgan; “1”-vertikalparmalash stanoklari tipi; “35”-maksimal parmalash diametri [15]. Metall kesuvchi stanoklarinig eng ko’p sondagisi tokarlik stanoklari bo’lib, ular mashinasozlik va boshqa zavodlarning mexanika, asbobsozlik, ta’mirlash sexlarida va boshqa ta’mirlash ustaxonalarida ishlatiladi. Tokarlik stanogi oddiy, universal, raqamli dastur bo’yicha boshqariladigan avtomat va yarim avtomat turlarga bo’linadi. Oddiy va universal tokarlik stanoklari detallarni donalab va oz sonda ishlab chiqrishda, avtomat va yarim avtomat tokarlik stanoklari ko’plab (ko’p sonda) ishlab chiqarishda foydalaniladi. Tokarlik stanoklarida aylanma sirtlarga ishlov berish yo’li bilan ichki va tashqi silindrik, konussimon va shakldor sirtlar, ko’ndalang yuzalar, silindrik va konus sirtlarda rezbalar hosil qilish mumkin. Tokarlik stanoklarida valik, vtulka, o’q, bolt, shpilka, shayba kabi detallar hosil qilinadi. Tokarlik stanogining asosiy tavsiflarini quyidagi o’lchamlar belgilaydi: xom ashyoning eng katta diametri, staninadan markazlargacha bo’lgan masofa, markazlar orasidagi masofa. Har qanday tokarlik stanogida xom ashyo stanok patroniga o’rnatiladi va unga aylanma (asosiy), support salazkasidagi keskichtutgichga o’rnatilgan keskichga surish (qo’shimcha) harakat berish orqali tokarlik operatsiyalari bajariladi (1-rasm).

1-rasm. Tokarlik keskichi yordamida kesish jarayoni. a) ishlov beriladigan yuza; b) ishlov berilayotgan yuza; c) ishlov berilgan yuza; e) kesish tekisligi; f) asosiy tekislik; 1-xom ashyo.
Kesuvchi asboblarni qo’llagan holda materiallarga yo’nib ishlov berish quyidagi turlarga bo’linadi (2-rasm): 1. Tig’li (keskichlar, frezalar, parmalar va boshqalar). 2. Abrazivli (abraziv doiralar, bruslar, pastalar va boshqalar). 3. Fizik-kimyoviy vosuitalar (elektrolitlar, plazma, lazer nuri, elektrrazryad va boshqalar). Kesuvchi asbob harakatining xarakteriga qarab quyidagi turlarga bo’linadi: 1. Aylanma (frezalar, parmalar, doiralar). 2. Ilgarilanma (keskichlar, frezalar, zarb bilan kesuvchi). 3. Asbobning fiksatsiyalangan holatida (keskichlar, parmalar, plashkalar, lazer nuri va boshqalar).


2-rasm. metallga yo’nib ishlov berishning asosiy turlari. a) tokarlik ishlovi berish; b) randalab ishlov berish; c) zarb bilan ishlov berish; d) parmalab ishlov berish; e) freza yordamida ishlov berish; f) silliqlab ishlov berish.
Tokarlik stanoklarining umumiy tuzilishi. Eng ko’p tarqalgan universal tokarlikvintqirqar satnoklaridan biri 16K20 rusumidagi stanokdir. U turli xil tokarlik operatsiyalari, xususan, har xil qadamli metrik, dyumli, modulli va boshqa rezbalarni yo’nishga mo’ljallangan [16]. 16K20 tokarlik-vintqirqar stanogi stanina, oldingi babka, shpindel, surishlar qutisi, ketingi babka va supportdan iborat (3-rasm).

3-rasm. 16K20 tokarlik-vintqirqar stanogining umumiy ko’rinishi va boshqaruv organlarining joylashishi. 1-oldingi tumba; 2-boshqaruv dastasi; 3, 5, 6-surish va rezba qadamini o’rnatish; 7, 12-shpindelning aylanish chastotasini boshqarish; 10, 11-normal, yirik qadamli va ko’p kirimli rezba yo’nish yo’nalishini belgilash; 17-yuqori salazkani siljitish; 20-ketingi babkani fiksatsiyalash; 23-supportni tez siljitishni ulash; 24-yurgizish vinti gaykasini ulash va uzish; 25- shpindel aylanish yo’nalishini o’zgartirish boshqarish; 26-surishni uzish va ulash; 28- salazkalarni ko’ndalang siljitish; 29-bo’ylama avtomatik surishni ulash; 31-salazkalarni bo’ylama siljitish; 4-surishlar qutisi; 8-asosiy privod tasmali uzatmasining kojuxi; 9-oldingi babka; 13-elektrshkaf; 14-ekran; 15-himoya shiti; 16-yuqori salazka; 19-ketingi babka; 21- pinolni siljitish shturvali; 22-bo’ylama siljis supporti; 27-asosiy elektrodvigatelni ulash va uzish tugmasi; 30-fartuk; 32-yurgizish vinti; 33-stanina yo’naltiruvchilari. So’nggi yillarda sonli dastur bilan boshqariladigan dastgohlar keng qo’llana boshlandi. Dasturli boshqarish yordamida asboblar (ishlov berish markazlari) o’zidan o’zi almashinadigan dastgohlar yaratildi. Sonli dastur bilan boshqariladigan dastgohlar o’rnatilgan uchastka va sexlar elektron hisoblash mashinalari yordamida ishlaydi. Ana shunday dastgohlar ishining dasturlarida detallari ishlov berish tartibi, dastgoxdagi ishchi organlarning harakati, ana shu harakatlarning tezligi va aniqlash nazarda tutilgan, ya’ni detallarga ishlov berishning texnologik jarayonlari hisobga olingan. Bunday dastgohlar insonning aralashuvisiz ishlaydi.


Foydalanilgan adabiyotlar
1.D.Avagimov "Mashinasozlik materiallarini kesib ishlash".
2. V.A.Mirboboev. Konstruksion materiallar texnologiyasi. T.,1991.
3. R.Kalandarov. Konstruksion materiallar texnologiyasi. T.,1989.
4. I.Noshirov. Materialshunoslik T,1993
5. V.M.Nikiforov. Texnologiya metallov i konstruksionno’e
materialovedyonie. M., 1980.
6. P.H.Pirmuhammedov "Materialshunoslikdan
laboratoriya
ishlari". T., "O’qituvchi", 1985Foydalanilgan adabiyotlar
1.D.Avagimov "Mashinasozlik materiallarini kesib ishlash".
2. V.A.Mirboboev. Konstruksion materiallar texnologiyasi. T.,1991.
3. R.Kalandarov. Konstruksion materiallar texnologiyasi. T.,1989.
4. I.Noshirov. Materialshunoslik T,1993
5. V.M.Nikiforov. Texnologiya metallov i konstruksionno’e
materialovedyonie. M., 1980.
6. P.H.Pirmuhammedov "Materialshunoslikdan
laboratoriya
ishlari". T., "O’qituvchi", 1985..
Yüklə 17,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin