Transformator quyidagi konstruktiv elementlardan tuzilgan:
magnit o‘zak, chulg‘amlar, kirish klemmalari, bak va boshqa izolyasiyalovchi, maxkamlash, himoyalash elementlari va b. Magnit o‘zak va unga o‘rnatilgan chulg‘amlari birgalikda transformatorning aktiv qismini tashkil etadi. Transformatorning qolgan elementlari transformatorning passiv (yordamchi) qismi deyiladi. Transformator tuzilishining asosiy qismini batafsil ko‘raylik.Magnit o‘zak. Transformatordagi magnit o‘zak ikki vazifani bajaradi: a) transformator asosiy magnit maydonining berk konturini hosil qiladi va uni kuchaytiradi; b) chulg‘amlar, chulg‘am ulamalari va ulagichlarini maxkamlaydigan asos.Magnit o‘zak shixtovka (tunukachalar ustma-ust qo‘yilib presslanadi) qilingan konstruksiyaga ega bo‘lib, ikki tomoni izolyasiyalovchi plyonkali (maslan, lak) yupqa (aksariyat qalinligi 0,5 mm) po‘lat plastinalardan iborat. Magnit o‘zakning bunday tuzilishi unda o‘zgaruvchan magnit oqimi hosil qiladigan uyurma toklarini kamaytirish uchun, demak transformatorda quvvat isroflarini kamaytirishga qaratilgan. Kuchli transformatorlar magnit o‘zaklari uch turda bajariladi: sterjenli, zirxlangan, zirx-sterjenli.
1.3-rasm. Sterjenlar kesim yuzasi shakli a) kichik va o‘rta quvvatli transformator b) katta quvvatli transformator
Sterjen turdagi magnit o‘zakda (ris. 1.2,a) vertikal sterjen 1 va ularga o‘rnatilgan chulg‘amlar 2 bo‘lib, yuqori va quyi qismlarida yarmolar 3 bilan berk kontur hosil qiladi. Xar bir sterjenda mos fazalarning chulg‘amlari joylashtirilgan va shu faza magnit oqimi oqadi: chekka sterjenlarda ‒ va faza magnit oqimlari, o‘rtadagi sterjenda magnit oqimi oqadi. YUqoridagi 1.2,b-rasmda magnit o‘zakning tashqi ko‘rinishi keltirilgan. Sterjenlarning kesim yuzasi zinasimon bo‘lib, d diametrli aylana ichiga kirgan (1.3-rasm).
1.4-rasm. Zirxlangan magnit o‘zakli bir fazali transformator.Tashqi ko‘rinish
Foydalanilgan manbalar:
1. 1. Salimov J.S., Pirmatov N.B. Elektr mashinalari.– T.: O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashiryoti, 2011. –408 b.
2. Mustafakulova G.N., Toirov O.Z., Bekishev A.E. Elektr mashinalari. Toshkent.: Tafakkur avlodi. 2020. 191 b.
3. Majidov S. Elektr mashinalari va elektr yuritma. - T.: O’qituvchi, 2002. -358 b.
4. Alimxodjayev K.T., Pirmatov N.B., Ziyoxodjayev T.I. Elektr mashinalari.- T.: “Fan va texnologiya”, 2018. -344 b.
5. Alimxodjayev K.T., Pirmatov N.B., Ziyoxodjayev T.I., Mustafakulova G.N. Elektr mashinalari va transformatorlarning ekspluatatsiyasi. - T.: “Fan va texnologiya”, 2019. -240 b.
6.. www.Ziyo.net
7. www.arxiv.uz;
8. http://rbip.bookchamber.ru/description.;
9. http://energy-mgn.nm.ru/progr36.htm