Sug‘urta badali summasi bir qancha omillarga bog‘liq. Birinchi omil – sug‘urta badali miqdori (sug‘urta badali miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, sug‘urta tovoni summasi ham shuncha ko‘p bo‘ladi).
Ikkinchi omil – 60 yoshdan katta kishilar sug‘urta badalini tarifning ikki baravari miqdorida kiritadi.
Uchinchi omil – xavf-xatar bilan bog‘liq odamlar: uchuvchilar, dengizchilar, sportchilar, yuk avtomobillari haydovchilari odatda belgilanganidan ortiq miqdorda sug’urta badali kiritadilar.
Bolalarga skidkalar, qoida tariqasida, nazarda tutilmaydi, ayrim kompaniyalar 2-3 yoshdan kichik bolalarni umuman sug‘urta qilmaydi.
Ayrim firmalar qimmatbaho buyumlarni sug‘urta qiladi. Katta turistik guruhlarga sug‘urta yakka tartibda sayohat qiluvchilarga qaraganda arzon tushadi. Tibbiy xizmatlar juda qimmat mamlakatlarning elchixonalari 30 ming dollardan kam miqdorga sug‘urtalangan turistga viza bermasligi mumkin. AQSH, Kanada, Yaponiya, Isroil, Germaniya va Avstriyaga safar qiluvchi turist mana shunday sug‘urtaga ega bo‘lishi kerak.
Boshqa mamlakatda safar qilish vaqtida turist bilan vrachga murojaat etishni taqozo etuvchi yoki bagajning yo‘qolishi bilan bog‘liq «Sug‘urta hodisasi» ro‘y bergan hollarda turist Sug‘urta polisida ko‘rsatilgan telefon raqami bo‘yicha sim qoqishi, sug‘urta polisi raqamini hamda o‘zi bilan aloqa bog‘lash mumkin bo‘lgan telefon raqamini, shuningdek hodisa tafsilotlarini ma’lum qilishi lozim. Bunda vrach yozib bergan dori-darmonlar bilan bog‘liq harajatlargina qoplanishi to‘g‘risida turistni ogohlantirish zarur. Chet elga o‘z avtomobilida safar qilish «Yashil karta» (Sharqiy Yevropa mamlakatlarida – «Ko‘k karta») deb ataladigan alohida Sug‘urta polisi bilan rasmiylashtiriladi. Mazkur Sug‘urta polisi «Yashil karta» to‘g‘risidagi shartnomani imzolagan davlatlar, ya’ni deyarli butun Yevropa va ayrim Sharq mamlakatlari hududida amal qiladi. Mazkur hujjatsiz turist bu mamlakatlarga qo‘yilmaydi.
Sayohatchilarni sug‘urtalashning asosiy turlarini AQShning «Travel guard gold Int» kompaniyasi misolida ko‘rib chiqamiz.