1- misol. Mustaqil qo‘zg‘atishli P51 rusumli o‘zgarmas tok dvigateli uchun tabiiy elektr mexanik tavsifi qurilsin. Dvigatelning pasport ma’lumotlari: Pn = 11 kW, Un = 220 V, In = 59A, nn = 3000 ayl/min.
Yechimi. Dvigatelning nominal qarshiligi:
dvigatelning nominal yuklamadagi foydali ish koeffitsiyenti:
dvigatel yakorining qarshiligi:
Rya » 0,5(1-hn)Rn = 0,5(1-0,845)•3,73 = 0,288 W,
dvigatelning salt yurish tezligi:
bu yerda
dvigatelning tabiiy tavsifi wo = 340 rad/s, I = 0 va wn = 314 rad/s, In = 59A nuqtalaridan o‘tadigan to‘g‘ri chiziqni tashkil qiladi.
2- misol. Mustaqil qo‘zg‘atishli P91 rusumli dvigatel uchun ishga tushirish reostatini tanlash talab etiladi. Dvigatelni ishga tushirish to‘rt pog‘onada amalga oshiriladi. Dvigatelning pasport ma’lumotlari: Pn = 32,0 kW, Un = 220 V, In = 172A, hn = 1000 ayl/min va Rya = 0,049 Rn.
Yechimi. Nisbiy birliklarda tabiiy mexanik tavsifni quramiz. Buning uchun quyidagi koordinatlarga ega bo‘lgan nuqtalardan to‘g‘ri chiziq o‘tkazamiz:
no = 1, m = 0
nn = 1-Dnn = 1-0,049 = 0,951, m = 1
Maksimal ishga tushirish momentini m1 = 2 ga teng deb qabul qilamiz.
3- rasm. Mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok dvigatelini ishga tushirish reostatlari qiymatini hisoblash.
Barcha reostatlar ulangandagi tavsifni no, 0 va 0, m1 nuqtalarni birlashtirib olamiz.
Minimal ishga tushirish momenti m2 ni shunday tanlash lozimki, 3- rasmga muvofiq grafik qurilganda to‘rtta pog‘ona qarshiligi olinsin. Qurilgan grafikdan m2 = 1,1 ni olamiz.
ad kesmasi dvigatelning nominal qarshiligiga to‘g‘ri keladi:
Ishga tushirish reostatining pog‘ona qarshiliklari:
Ishga tushirish reostatining to‘la qarshiligi:
Yakorga berilayotgan kuchlanishning turli qiymatlarida va yakor zanjiridagi qarshilikning o‘zgarmas qiymatida 4- rasmda ko‘rsatilgan bir-biriga parallel bo‘lgan mexanik tavsiflarni olamiz.
Dvigatel mexanik tavsiflari ikkita nuqta bo‘yicha hisoblanadi va quriladi. Bular ideal salt yurish nuq
4- rasm. Dvigatel yakoriga berilayotgan kuchlanish o‘zgartirilgandagi mexanik tavsiflar.
tasi (w-w0, M = 0) va nominal rejimda ishlash nuqtasi (w = wnom, M = Mnom). U holda (2—21) tenglamaga asosan:
KE = (Ut - DUSh - InomRya)/wnom. (23)
Bundan keyin quyidagilarni aniqlaymiz:
w0 = Unom/KE; Mnom = KM/Inom,
bu yerda: KM = KE ga teng.
Shuni hisobga olish kerakki, ni aniqlashda elektromagnit momentni emas, balki dvigatel o‘qidagi momentning qiymati olinadi.
Tenglama (20) ni tadbiq etgan holda uni U = const va R = var hol uchun nisbiy birlikda yozamiz:
(24)
Shunday qilib, yuklama Mnom ga teng bo‘lganida tezlikning statik tushishi son jihatdan yakor zanjiri qarshiligining nisbiy qiymatiga yoki qiyalik koeffitsiyenti b ning qiymatiga teng:
Dn = 1-n = r = b , (25)
bu yerda: tezlikning nisbiy tushishi o‘zgarmas tok dvigatel sirpanishi S ni ham aniqlaydi, ya’ni:
S = (w0-w)/w0 = 1-n = Dn = r = b . (26)
Dostları ilə paylaş: |