Reja: Umumiy qoidalar


-modda. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi



Yüklə 196,75 Kb.
səhifə4/23
tarix07.01.2024
ölçüsü196,75 Kb.
#207705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
1,1

8-modda. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi
O‘zbekiston Respublikasida ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasidagi davlat boshqaruvi qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
9-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tabiatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari
Tabiatni muhofaza qilish sohasida:
tabiatni muhofaza qilishga doir yagona siyosat yuritish;
tabiat resurslaridan foydalanishni tartibga solish;
tabiiy resurslarga nisbatan tabiat kadastri yuritilishi tartibini belgilash va bunday kadastr yuritilishini ta’minlash, respublika ahamiyatiga molik tabiiy resurslarning zaxiralarini tasdiqlash;
ekologiya jihatidan tang vaziyatlar, tabiiy ofatlar va falokatlarning oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish;
tabiiy ofatlar va yirik avariyalarning oqibatlarini tugatish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
tabiiy resurslardan foydalanganlik, atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik,chiqindilar, zararli ta’sir etuvchi boshqa narsalar joylashtirib tashlaganlik uchun haq to‘lash tartibini, shuningdek tabiiy resurslardan foydalanish, chiqindilar joylashtirish limitlarini belgilash;
ekologiya maorifi va tarbiyasi tizimini yaratish hamda uning amal qilishini ta’minlash;
tabiatdan alohida tartibda foydalaniladigan hududlarning chegaralarini, tabiatni muhofaza qilish va xo‘jalik faoliyati rejimlarini tasdiqlash;
tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolat doirasiga kiradi.
(9-moddaning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonunining 14-moddasi.

Yüklə 196,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin