Reja: Uzluksiz maʼnaviy tarbiyaning tarixiy-nazariy asoslari Respublikamiz mustakillikka erishgach taʼlim-tarbiya jarayonini rivojlantirish uchun bir kancha yangi asoslar yuzaga keldi



Yüklə 20,69 Kb.
tarix05.08.2023
ölçüsü20,69 Kb.
#138768

5-mavzu: Uzluksiz maʼnaviy tarbiyaning tarixiy-nazariy va xukukiy asoslari
Reja:
1. Uzluksiz maʼnaviy tarbiyaning tarixiy-nazariy asoslari Respublikamiz mustakillikka erishgach taʼlim-tarbiya jarayonini rivojlantirish uchun bir kancha yangi asoslar yuzaga keldi.
2.Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimov oʻzining bir qancha nutq va risolalarida istiqbolga erishishning yoʼllari va tamoyillari.
3.Uzluksiz maʼnaviy tarbiyaning xuquqiy asoslari


1. O‟zbekistonda maktabgacha ta‟lim tizimini tubdan isloh qilishda ta‟lim jarayonning barcha shakllarini eng qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo‟naltirish, tarbiyalanuvchilarda dunyoqarash, qobiliyatni shakllantirish va ularda jamiyat uchun zarur bo‟lgan faoliyatga moyillik uyg‟otish, barkamol insonlar qilib tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasidagi dolzarb masalalardan biridir. Respublikamizda maktabgacha ta‟lim tizimini yanada rivojlantirish, uning moddiy texnik bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta‟lim tashkilotlari tarmoqlarini kengaytirish, ularni zamonaviy pedagog tarbiyachilarning yangi avlodi bilan ta‟minlash, zamonaviy ta‟lim dasturlarini va texnologiyalarini tatbiq etish maqsadida O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ma‟naviy-ma‟rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‟yicha qo‟shimcha choratadbirlar to‟g‟risida» 2019 yil 3 maydagi PQ-4307-son qaroriijrosini ta‟minlash, shuningdek, yoshlarni mustaqil hayotga dunyoqarashi keng, faol fuqarolar etib tarbiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasining uzluksiz ma‟naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‟g‟risidagi qarori qabul qilindi. Qarorni qabul qilishdan ko„zlangan maqsad yosh avlodda mustaqil va baxtli hayot uchun zarur ijtimoiy malaka hamda fazilatlarni yoshiga mos, bosqichma-bosqich shakllantirishdan iborat.
O‟zbekiston «Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari» tamoyili asosida taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‟ydi. Yangi davr shiddati ta‟lim-tarbiya tizimiga ham o‟zining aniq, qat‟iy talablarini qo‟ymoqda.
Ushbu talablar doirasida ta‟lim sohasida pedagoglarning moddiy-ma‟naviy sharoiti tubdan yaxshilanib, ta‟lim sifatini oshirishning zamonaviy texnologiyalari joriy qilinmoqda.
Tarbiya va ta‟limni bir-biridan alohida ajratib bo‟lmaydi, bu ikki jarayon o‟zaro uyg‟un, uzluksiz asosda tashkil etilgandagina odobli, axloqiy fazilatlarga ega, yuksak ma‟naviyatli, shu bilan birga bilimdon, zukko, ruhan va jismonan sog‟lom, keng dunyoqarash va tafakkurga ega, zamonaviy kasb-hunar egasi bo‟lgan vatanparvar yoshlarni yetishtirib beradi.
O‟zbekistonda yoshlar tarbiyasini zamonaviy asosda ilmiy-texnologik isloh qilish borasida olib borilayotgan ishlar uni bugungi kun ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan tayanch kompetentsiyalar, fazilatlar asosida shakllantirishni talab etmoqda.
Tarbiyaga yangicha, tizimli yondashuv, bolada tayanch fazilatlarni kafolatli shakllantirishda oila, maktabgacha ta‟lim, umumiy ta‟lim, o‟rta maxsus kasb-hunar va oliy ta‟lim muassasalari, mahallalarning ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlarini to‟liq yuzaga chiqarishni va ular orasida ilmiy-metodik uzviylikni yangi darajaga ko‟tarishni taqozo etadi.
Ushbu Konsepsiyaning V bobida Maktabgacha ta‟lim tizimida uzluksiz ma‟naviy tarbiyani amalga oshirish vazifalari ko‟rsatib berilgan.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida quyidagilar nazarda tutiladi: 1) Uzluksiz ma‟naviy tarbiya konsepsiyasining ushbu bosqichi o‟z ichiga maktabgacha 3 — 6 (7) yoshli bolalarni qamrab oladi.
2) Ushbu bosqichda 3 — 7 yoshli bolalarga xos xususiyatlar, jumladan:

  • o‟z tuyg‟ularini boshqarish ko‟nikmalarining rivojlanishi;

  • o‟z xatti-harakatlarini axloqiy boshqarish ko‟nikmalarining yuzaga kelishi;

  • shaxsiy fazilatlar asoslarining paydo bo‟lishi;

  • ijtimoiy motivlar va milliy an‟analarga qiziqishning paydo bo‟lishi, o‟zini namoyon qilishga intilish;

  • muvaffaqiyatga erishish ehtiyojining tug‟ilishi;

  • o‟ziga o‟zi baho berish, tevarak-atrofdagilarga ma‟naviy-axloqiy munosabatning paydo bo‟lishi;

  • bola faoliyatining yetakchi turlari — muloqot, o‟yinlar, mashg‟ulotlar;

  • nutq va uning asosida ma‟naviyat asoslarining rivojlanishi inobatga olinadi. 3) Tarbiyachilar va ota-onalar tomonidan ushbu yoshdagi bolalarga:

  • asosiy faoliyat turlari jarayonida o‟zini o‟zi anglashga o‟rgatish;

-muloqot, kuzatish va taqlid orqali kattalarning ma‟naviy-axloqiy tajribasini o‟zlashtirish;

  • o‟zining va boshqalarning xulqiga baho berishga o‟rgatish;

  • faoliyat va syujetli-rolli o‟yinlar orqali yangi motivlarni paydo qilish va mustahkamlash;

  • ma‟naviy-axloqiy ko‟nikma va malakalarni o‟zlashtirish;

  • kundalik turmushda xavfsizlik qoidalarini o‟rgatish;

  • kattalar, ularning mehnati, kasblar, turli kasb egalariga xos shaxsiy fazilatlar to‟g‟risida tushunchalar berish;

  • o‟yin, o‟zaro munosabatlar, oiladagi munosabatlar, yaqin kishilarga g‟amxo‟rlik qilish ehtiyojining paydo bo‟lishi orqali xarakter sifatlarini shakllantirib borish;

  • bola tarbiyasida milliy tarbiya usullari va zamonaviy pedagoglarning ilg‟or yutuqlaridan samarali foydalanish orqali milliy va umuminsoniy qadriyatlar o‟rgatiladi.

  1. «Uzluksiz ma‟naviy tarbiya konsepsiyasi» asosida 3 — 6 (7) yoshli bolalarni ma‟naviy tarbiyalash, ularda shaxsiy fazilatlar, jumladan, o‟z tuyg‟ularini boshqarish, ijtimoiy motivlarni uyg‟otish, milliy an‟analarga qiziqishni paydo qilish, yaqin kishilarga g‟amxo‟rlik qilish kabi ehtiyojlarni shakllantirishga qaratilgan «Baxtli bola ma‟naviyati» kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

  2. Ota-onalar va tarbiyachilarning bola tarbiyasi borasidagi bilim, ko‟nikma, malaka va kompetensiyalarini oshirishga qaratilgan ilg‟or pedagogik va axborot texnologiyalariga asoslangan hududiy o‟quv treninglar, seminarlar, forumlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.

  3. Respublika Ma‟naviyat va ma‟rifat markazi huzurida Uzluksiz ma‟naviy tarbiya kontseptsiyasini amalga oshirish jarayonini muvofiqlashtiruvchi «Ma‟naviy tarbiya» respublika jamoatchilik kengashi tavsiyalari asosida O‟zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi «Oilaviy», «Bolajon» telekanallari, bolalar nashriyotlari va ommaviy axborot vositalarining faoliyatini «Uzluksiz ma‟naviy tarbiya konsepsiyasi» asosida takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

  4. Maktabgacha ta‟lim muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun tayyorlanadigan spektakllar, kuy-qo‟shiq va raqslar, turli teatrlashtirilgan tomoshalar, sahna ko‟rinishlari, milliy o‟yinlar ssenariylarini ishlab chiqish.

  5. Mulkchilik shakllaridan qat‟iy nazar barcha maktabgacha ta‟lim muassasalarini o‟zbek milliy ertaklari, afsonaviy qahramonlar, buyuk bobolarimiz, qadimiy milliy me‟morchilik obidalari, O‟zbekiston tabiati, milliy Vatan timsollari asosida bezash, jihozlash tartibi va ko‟rgazmali namunalarini ishlab chiqish.

  6. Bolalarda ijobiy xulq motivlarini shakllantirish bo‟yicha «Bola aziz, odobi undan aziz» mavzuida ertak, matal, afsona, doston, maqollar asosida multimedia mahsulotlarini tayyorlash.

  7. Barcha turdagi maktabgacha ta‟lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida «O‟zbekiston — mening Vatanim!» tuyg‟usini shakllantirish, ularda davlat ramzlariga hurmat hissini tarbiyalashga qaratilgan tarbiyaviy tadbirlarni o‟tkazish.

  8. O‟g‟il bolalarda mardlik, shijoat, milliy g‟urur, qat‟iyat, tadbirkorlik, oriyat, qiz bolalarda ibo, hayo, qanoat, mehnatsevarlik kabi ma‟naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan seriallar, milliy qo‟g‟irchoq va mulьtiplikatsion filьmlar yaratish, ularni telekanallarda praym-taym vaqtlarida namoyish etishni ta‟minlash.

  9. Tarbiyalanuvchilarda ma‟naviy tarbiyani yanada kuchaytirish maqsadida ommaviy axborot vositalarining rolini oshirish.

  10. Bolalarda atrof muhit ozodaligi, shaxsiy gigiena, tabiatni asrabavaylashga qaratilgan ekologik tarbiya mazmunidagi «Ona tabiatni asraylik!» ruknida tarbiyaviy roliklar yaratish.

  11. Bolalarda orzuga intilish, ijodiy fikrlash, yaratuvchanlik, ichki qobiliyatlarini yuzaga chiqarishga qaratilgan aqliy va harakatli o‟yinlar, konstruktorlik o‟yinlari va o‟yinchoqlarning «Bolalar dunyosi» variativ o‟yinlar majmuasini ishlab chiqishni yo‟lga qo‟yish.

  12. Maktabgacha ta‟lim tashkilotlari hududida bolalarni mardlik, shijoat, qat‟iyat, zukkolik, jasorat, go‟zallik, olijanoblik, mehr-shafqat, kitobxonlik namunalarini o‟zida aks ettirgan milliy siymolar, milliy ertaklar va multfilьm qahramonlari ko‟rinishlari va lavhalari ifodalangan tarbiyaviy ahamiyat kasb etuvchi haykalchalar majmualarini o‟rnatish.

Respublikamizda maktabgacha ta‟lim tizimini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari o„zining dolzarbligi, ya‟ni sohadagi muammolarning yechimiga qaratilganligi, uni amalga oshirishda aniq chora-tadbirlar belgilanganligi, belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishda shaffoflikni ta‟minlashga ustuvorlik berilganligi, maktabgacha ta‟lim tizimiga qamrovni kengaytirishning turli shakllarini qo„llab-quvvatlanilayotganligi, belgilangan chora-tadbirlarni o„z vaqtida, sifatli va to„laqonli boshqarish bo„yicha vakolatli organlar faoliyatini baholash indikatorlari asosida olib borilishi Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijaga erishishimizga asos bo„ladi.


2.
Yüklə 20,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin