Reja: «Uzluksiz ta’lim» tushunchasi. Uzluksiz ta’lim tuzulishi. Uzluksiz ta’lim tizimi va turlari


-modda. Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari



Yüklə 237 Kb.
səhifə15/36
tarix11.12.2022
ölçüsü237 Kb.
#73845
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36
12. \'\'TA\'LIM TO‘G‘RISIDA\'\'GI QONUN HAQIDA MA\'LUMOT

26-modda. Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlaridir.
Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari o‘z vakolatlari doirasida:
ta’lim sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
ta’lim sohasidagi tarmoq davlat dasturlarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga uslubiy rahbarlik qilishni amalga oshiradi;
davlat ta’lim standartlari (shu jumladan maktabgacha ta’lim va tarbiya davlat standarti) va davlat ta’lim talablarida kadrlarning ma’lumoti darajasiga va kasbiy tayyorgarligi sifatiga qo‘yilgan talablarning ta’lim tashkilotlari tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
davlat ta’lim standartlari (shu jumladan maktabgacha ta’lim va tarbiya davlat standartini) va davlat ta’lim talablari ishlab chiqilishini ta’minlaydi va ularni tasdiqlaydi;
ta’lim oluvchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini baholash tartibini belgilaydi;
professional ta’limning kasblar va mutaxassisliklar, oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari, shuningdek bilim sohalari va ta’lim sohalari ro‘yxatini belgilaydi;
ta’lim-tarbiya jarayoniga o‘qitishning ilg‘or shakllari, yangi pedagogik texnologiyalar, o‘qitishning texnik va axborot vositalari joriy etilishini ta’minlaydi;
ta’lim tashkilotlarida kadrlarning kasbiy tayyorgarligi sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi, o‘quv dasturlarini takomillashtiradi;
o‘quv adabiyotlarini tayyorlash va nashr qilishni tashkil etadi;
o‘zlashtirishni baholashga, o‘quv jarayonini, ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaydi, shuningdek eksternat tartibida ta’lim oluvchilarning toifalarini belgilaydi;
davlat oliy ta’lim muassasalarining rektorlarini tayinlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
ta’lim tashkilotlarining rahbar va pedagog kadrlarini tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
ta’lim tashkilotlarida moddiy-texnika resurslaridan foydalanishga doir talablarni ishlab chiqadi;
ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(26-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Yüklə 237 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin