Reja: «Uzluksiz ta’lim» tushunchasi. Uzluksiz ta’lim tuzulishi. Uzluksiz ta’lim tizimi va turlari


-modda. Ta’lim tashkilotlarining faoliyatini ichki va tashqi baholashdan o‘tkazish



Yüklə 237 Kb.
səhifə32/36
tarix11.12.2022
ölçüsü237 Kb.
#73845
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
12. \'\'TA\'LIM TO‘G‘RISIDA\'\'GI QONUN HAQIDA MA\'LUMOT

59-modda. Ta’lim tashkilotlarining faoliyatini ichki va tashqi baholashdan o‘tkazish
Ta’lim tashkilotlarining faoliyati tashqi baholashdan o‘tkazilishidan oldin ular Ta’lim inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqilgan attestatsiyadan o‘tkazish mezonlari va ko‘rsatkichlari asosida o‘z faoliyatini mustaqil ravishda ichki baholashdan o‘tkazadi.
Ta’lim tashkilotlari o‘z faoliyati tashqi baholashdan o‘tkazilishidan ikki oy oldin ichki baholash natijalarini Ta’lim inspeksiyasiga taqdim etadi.
Ta’lim inspeksiyasi ta’lim tashkilotining faoliyatini ichki baholash yakunlarini o‘rganadi va ulardan ta’lim tashkilotining faoliyatini tashqi baholash jarayonida foydalanadi.
Ta’lim tashkiloti rahbari ichki baholash natijalarining ishonchliligi uchun javobgar bo‘ladi.
60-modda. Xorijiy davlatda olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni tan olish
Xorijiy davlatda 1992-yil 1-yanvardan keyin olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjat tan olish jarayonidan o‘tkazilganidan keyin O‘zbekiston Respublikasining butun hududida qonuniy kuchga ega hujjat sifatida tan olinadi.
Xorijiy davlatda olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni tan olish Ta’lim inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Xorijiy davlatda olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni tan olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
61-modda. Ta’lim sohasidagi rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish
Ta’lim sohasidagi rasmiy hujjatlarga apostil hujjatni tasdiqlagan shaxs imzosining haqiqiyligini, shuningdek muhr yoki shtampning bosma izi haqiqiysiga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida qo‘yiladi.
Apostilga qo‘yilgan imzo, muhr yoki shtamp qo‘shimcha ravishda tasdiqlashni talab etmaydi.
Ta’lim tashkilotlari tomonidan berilgan rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish Ta’lim inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
9-bob. Ta’limni moliyalashtirish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
62-modda. Ta’lim tashkilotlarini moliyalashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ta’lim muassasalarini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan, tumanlar va shaharlar budjetlaridan, kadrlar buyurtmachilarining mablag‘lari hisobidan, shuningdek budjetdan tashqari mablag‘lar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Nodavlat ta’lim tashkilotlarini moliyalashtirish muassislarning, kadrlar buyurtmachilarining pul va moddiy mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(62-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat ta’lim muassasalari ustavida belgilangan vazifalarga muvofiq pulli ta’lim xizmatlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Pulli ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish davlat ta’lim muassasalarining asosiy faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligi kerak.
Davlat ta’lim muassasalarida qo‘shimcha ta’lim xizmatlari ko‘rsatganlik uchun haq undirish tartibi ular tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Davlat ta’lim muassasalari pulli ta’lim xizmatlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatish hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish hisobidan olingan pul mablag‘larini mustaqil ravishda tasarruf etishga haqli.
Ta’lim tashkilotlarini moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalari quyidagilardan iborat:
shartnomalar asosida, shu jumladan chet ellik jismoniy yoki yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hisobidan tushgan mablag‘lar;
jismoniy va yuridik shaxslarning buyurtmalari asosida ilmiy-tadqiqot, o‘quv-uslubiy va qonunda taqiqlanmagan boshqa ishlarni bajarish hisobidan tushgan mablag‘lar;
ta’lim tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotni, bajarilgan ishlarni va ko‘rsatilgan xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar;
binolar, inshootlar va asbob-uskunalarni ijaraga berish hisobidan tushgan mablag‘lar;
ta’lim tashkilotlarining bo‘sh turgan pul mablag‘larini bank muassasalariga depozitlarga joylashtirish hisobidan olingan pul mablag‘lari (foizlar);
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ajratiladigan mablag‘lar;
bank kreditlari va ssudalari;
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag‘lari.
Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’limda va boshlang‘ich professional ta’limda ajratiladigan mablag‘lar summalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi hamda ushbu mablag‘lar tarbiyalanuvchilar va ta’lim oluvchilarning o‘qish joyidagi ta’lim tashkilotlariga yo‘naltiriladi.

Yüklə 237 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin