-yilda Vilgelm Konrad Rentgen o'z kashfiyoti uchun Fizika sohasidagi Nobel mukofotiga sazovor bo'ldi. Bu fizika sohasi uchun ta'sis etilgan birinchi nobel mukofoti edi
1901-yilda Vilgelm Konrad Rentgen o'z kashfiyoti uchun Fizika sohasidagi Nobel mukofotiga sazovor bo'ldi. Bu fizika sohasi uchun ta'sis etilgan birinchi nobel mukofoti edi.
Komputer tomografiya (KT).
Komputer tomagrafiya - bu ham o'rganilayotgan obyektning ichki strukturasini qatlamma-qatlam o'rganadigan usuldir. Ilk bor 1972-yilda inson miyasining sifatli tomografiyasi olingan. Lekin KT ning tarixi ancha avval boshlangan: 1917-yilda Avstraliyalik matematik I.Radon rentgen nurlanishining yutilishi modda zichligiga bog'liqligini isbotlab bergan. 1956-1958-yilda Sovet Ittifoqi olimlari Tyutin, Korenblyum va Tetel'baum rentgen suratlarini rekanstruktsiya qilish sistemasini yaratdilar. Dastlabki tomograf 1962-yilda ishlab chiqilib, 10 yildan so'ng tajribada sinaldi. 1979-yilda Xaunsfild va Kormak buning uchun Nobel mukofotini oldilar.