Reja: Vitaminlar haqida umumiy tushuncha



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə3/5
tarix02.01.2022
ölçüsü0,58 Mb.
#37769
1   2   3   4   5
Vitaminlar

2. Vitaminlarning tasnifi. Hozirgi vaqtda vitaminlarning 30 ga yaqin turlari aniqlangan. Vitaminlar bosh harflar bilan, ovqat tarkibida vitaminning yetishmasligi natijasida vujudga keladigan kasallikning nomi yoki kimyoviy belgilar bilan nomlanadilar. Vitaminlarning zamonaviy tasnifi tugallanmagan: u fizik-kimyoviy xususiyatlar (xususan eruvchanligi), kimyoviy tabiati va harf bilan belgilanishiga asoslangan.

Eruvchanligiga qarab yog’da va suvda eriydigan vitaminlar tafovut etiladi.

I. Suvda eruvchan vitaminlar:

B1 vitamini – tiamin, antinevrit.

B2 vitamini – riboflavin, o’sish vitamini .

B6 vitamini – piridoksin, antidermatin, adermin.

B12 vitamini – kobalamin, antianemik.

PP vitamini – niatsin, nikotinamid, antipellagrik.

Bc vitamini – folat kislota, antianemik.

B3 vitamini – pantotenat kislota, antidermatit.

H vitamini – biotin, antiseborrit, bakteriyalar va achitqi o’sish omili.

C vitamini – askorbin kislota, kapillyarlarni mustahkamlovchi.

II. Yog’da eruvchan vitaminlar:

A vitamini – retinol, antikseroftalmik.

D vitamini – kaltsiferol, antiraxitik.

E vitamini – tokoferollar, antisteril, ko’payish vitamini.

K vitamini, naftaxinon, antigemorragik.

Shuningdek, ba’zilari organizmda ma’lum miqdorda sintezlanadigan vitaminlarga o’xshab ta’sir etadigan turli kimyoviy moddalar guruhi tafovut etiladi; odam va ba’zi hayvonlar uchun bu moddalar vitaminsimon moddalar guruhiga kiritilgan. Ularga xolin, lipoat kislota, B15 vitamini (pangamat kislota), orotat kislota, inozit, ubixinon, paraaminobenzoat kislota, karnitin, linol va linoleat kislotalari, vitamin U (yazvaga qarshi omil) kabilar kiradi.

Fiziologik ta’siri bo’yicha vitaminlarni quyidagi guruhlarga b’olish mumkin:

Organizmning umuniy rezistentligini oshiruvchi vitaminlar: B1, B2, PP, A, C.

Antigemorragik vitaminlar: C, R, K.

Antianemik vitaminlar: B12, folat kislota, C.

Antiinfektsion vitaminlar: A,C.

Ko’rishni boshqaruvchi vitaminlar: A, B2, C.




Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin