Reja: Xalqaro kreditning mohiyati va tamoyillari


Xalqaro kreditlar bo’yicha risklar va ularni boshqarish



Yüklə 37,75 Kb.
səhifə5/6
tarix30.11.2023
ölçüsü37,75 Kb.
#170136
1   2   3   4   5   6
Xalqaro kredit

9.5. Xalqaro kreditlar bo’yicha risklar va ularni boshqarish
Yuqorida ko’rsatib o’tilgandek, kreditning foiz stavkasi bu bank qo’ygan investitsiyaning bahosi hisoblanadi. Xalqaro bank krediti bahosi xuddi har bir moliyaviy aktiv bahosi singari o’zida ikki narsani, ya’ni risksiz komponent va risk uchun mukofotlarni mujassamlashtiradi. Risksiz komponentning bahosi o’zo’zidan daromadning minimal stavkasi talabidan kelib chiqadi.
Bu bozor uchun normal hisoblanib, bunda inflyatsiyaning ham o’rni bo’ladi. Risksiz komponent uchun ko’pincha hukumatning qisqa muddatli qimmatli qog’ozlari foizi olinadi. Risk uchun mukofotning bahosi o’zida 3 omilni mujassamlashtiradi:

  1. Likvidlik riski uchun mukofot.

  2. Foizli risk uchun mukofot.

  3. Kursli valyuta riski uchun mukofot.

Bularga izoh beradigan bo’lsak, masalan, likvidlik riski bu mijozning kreditni qaytarmasligining eng katta xavfi hisoblanadi. Bu yerda bankdan kredit xavfsizligini oshirish talab qilinadi. Chunki bu yerda mijoz kreditni butunlay qaytara olmaslik holatiga tushadi.
Foizli risk esa kelajakda foiz stavkasini oshirishning xavfini qoldiradi. Bu, albatta, kreditdan olinadigan daromadlarning tushishiga olib keladi. Foiz stavkalarining darajasi va harakatining o’zgarishi natijasida zarar ko’rish xavfi tug’iladi. Foiz riski debitorlarni ham, kreditorlarni ham o’z qa’riga tortadi.
Foiz risklarining boshqarilishi aktiv va passivlarni boshqarilishidan tashkil topadi. Foiz risklarini boshqarishning bir nechta tamoyillari mavjud. Bular quyidagilardan iborat:

  1. Bankning foiz marjasi qancha yuqori bo’lsa, foiz risk darajasi shuncha past bo’ladi.

  2. «Spred» tamoyili. Bunda olingan aktivlar bo’yicha o’rtachatortilgan stavka va to’langan majburiyatlar bo’yicha o’rtacha tortilgan stavka o’rtasidagi farq tahlil qilinadi. Tahlil uchun ma’lumotlar, odatda, bankning statistik hisobotidan olinadi.

  3. Bankning o’zgarmas va suzib yuruvchi foiz stavkalari bilanbalansdan tashqari aktiv va passivlarni tahlil qilishdan iborat.

Foiz risklarning darajasi esa quyidagilarga bog’liq bo’ladi:

  • aktivlar tuzilishidagi o’zgarish, shu jumladan kredit va investitsiyalarning hajmi, aktivlarning qayd qilingan va suzib yuruvchi stavkalarda, ularning bozordagi narxining dinamikasi;

  • passivlarning tuzilishidagi o’zgarish, ya’ni shaxsiy va za-yom mablag’larining mutanosibligi, muddatli va jamg’arma depozitlar;

  • foiz stavkasi dinamikasi.

Foiz risklari darajasini boshqarish va nazorat qilish uchun bank faoliyatining aniq bir holatiga bog’liq holda muhim strategiyalar ishlab chiqish lozim.
valyuta riski – unchalik yaxshi bo’lmagan almashish kursi natijasida bank tomonidan boshqarilayotgan kreditga pul oqimini kamaytiradi. Xalqaro kredit mahalliy kreditdan farq qiladi, bunda bank boshqa davlatdagi kreditlash riskini ham baholashi kerak bo’lib hisoblanadi. Xalqaro kreditning deyarli barcha operatsiyalarida tomonlardan biri albatta valyuta konversiyasiga, ya’ni konversiya riskiga to’qnash keladi. Shunday ekan, bunday riskning oldini olish uchun ko’plab banklar xalqaro kreditni chet el valyutasida emas, balki o’z mahalliy valyutalarida berishni xohlaydilar. Bu harakati bilan bank valyuta kursini o’zgarishidan ko’radigan xavfni va o’zining moliyaviy holatining yomonlashuvi oldini oladi.
Keyinchalik, olingan kredit mijozning o’z mamlakatida yoki boshqa mamlakatda ishlatilishi kerak bo’lsa, bunda kreditni olgan mijoz o’ziga kerakli valyutaga almashtirib olishiga to’g’ri keladi. Agar kreditni olgan mijoz bank-kreditor mamlakatiga importni moliyalashtirsa, u o’sha mamlakat valyutasiga ega bo’ladi. Lekin bu valyuta qarz to’lash uchun foydasiz bo’lishi mumkin, agar hukumat chet el valyutasini chetga o’tkazish ustidan nazorat olib borayotgan bo’lsa, bu valyuta riskini nazorat qilish deyiladi.
Bunday riskning oldini olish uchun kredit oluvchi mamlakatning valyutasi holatidan boxabar bo’lishi kerak. Va oldindan bo’ladigan keskin devalvatsiyalarning prognozini qilish kerak. Chunki devalvatsiya qarzni qaytarish qobiliyatini pasaytirishi mumkin. Ayrim mamlakatlarda mijoz kreditni yoki uning foizlarini chet elga to’lash uchun hukumatdan ruxsatnoma olishiga to’g’ri keladi. Albatta, bunday holatlar xalqaro kredit berishga to’sqinliklar qilishi mumkin.
Xalqaro kreditni baholashda moliyaviy risk ham muhim o’rin tutadi. Moliyaviy risk – bu xalqaro kredit berilgan vaqtdan so’ng kredit olgan mijoz qarzni to’lay olmaydigan holda, ya’ni To’lovga layoqatsiz bo’lgan holda yuzaga keladi. Bunday xavfni baholash uchun bank bir qancha omillarni tahlil qilib chiqadi. Bular xalqaro miqyosda «uchta C»: Character – reputatsiya, xarakter; Cash flow or capacity – pul oqimi va ishlab chiqarish quvvati; Capital – kredit oluvchi kapitali kabi ko’rsatkichlar bilan hisoblanadi.
Bank xalqaro kredit oluvchining faoliyatini baholashdan oldin uning jiddiy kompaniyami yoki yo’qmi, majburiyatlarini bajara oladimi va o’z biznesi to’g’risida yetarli malakaga ega ekanligi haqida ma’lumotlar to’playdi.
Kredit oluvchining faoliyatini baholash uchun bankning o’z tajribasi, boshqa banklarning kredit berish malakasi asosiy baza hisoblanadi. «Dun&Bradstreet» xilidagi firmalar yer yuzidagi barcha kredit oluvchilar, har xil kompaniyalar, xo’jalik va hukumat agentliklari haqida moliyaviy va tijoriy ma’lumotlarni beradi. Hozirgi kunda ko’plab banklar maxfiy ravishda mijozlarning operatsiyalari haqida ma’lumot almashadilar. Bundan tashqari, bank kredit tarixini o’zida mujassamlashtirgan kredit paketini ham yuritadi.
Bank kredit oluvchining pul oqimi, ishlab chiqarish quvvati va kapitalini baholash uchun moliyaviy hisobot talab qiladi (firmaning balansi, daromadlar haqida hisobot va pul oqimi haqida hisobot).
Firmaning balansi o’sha paytdagi moliyaviy holatini ifodalaydi. Daromadlar hisoboti esa firmaning o’sha yildagi daromadlari va xarajatlarini ko’rsatib turadi. Albatta, bu ma’lumotlar mustaqil auditorlar tomonidan tasdiqlangan bo’ladi.
Bank uchun hisobotlar olish oson bo’lmaydi. Chunki ularning shakllari hamma mamlakatlarda ham bir xil emas. Balansdagi moddalar va daromadlar hisobotidagi raqamlarni solishtirib, bank mijozning operatsiyalari haqida ma’lumot oladi. Balans va hisobotlarining bir necha yilliklarini tahlil qilish orqali moliyaviy ko’rsatkichlarni qay holda o’zgarayotganini ko’rishi mumkin va oxirida bu raqamlarni asosiy raqobatdoshlar ko’rsatkichlari bilan taqqoslab, firmaning faoliyatiga va istiqboliga baho beradi.
Agar bank firmaning sho’ba korxonasi arizasini ko’rsatadigan bo’lsa, bu uchun firma miqyosidagi global operatsiyalari va umumiy moliyaviy holat haqidagi ma’lumotlar kerak bo’ladi. Bu, albatta, qiyin bo’ladi, chunki dunyo mamlakatlarida ekkaunting (hisob-kitob) amaliyoti har xil va ular bir-biridan farq qiladi. Bundan tashqari, kompaniya o’zining ichki operatsiyalari bilan bankni chalg’itishi mumkin.
Yuqorida sanab o’tilgan, kredit berishda ko’riladigan risklar bank tomonidan o’rganilib chiqilgandan so’ng, bu kredit bahosiga yo ijobiy, yo salbiy ta’sir etishi mumkin. Chunki bu risklardan himoyalanish o’z-o’zidan kredit bahosining oshishiga olib keladi. Banklar va bankirlar boshqa kreditorlarga nisbatan riskdan ko’p himoyalanuvchi yoki qochuvchi bo’lishi kerak. Buning sababi shundaki, bank boshqa kreditorlarga nisbatan o’z mablag’i bilan emas, balki jalb qilingan mablag’lar, ya’ni jismoniy, huquqiy shaxslarning vaqtincha bankda turgan mablag’lari bilan ishlaydi. Bankning kredit berish imkoni jalb qilingan resurslarga bog’liq bo’ladi.
Bank, o’z navbatida, bu jalb qilingan mablag’larni talab qilingan vaqtda mijozga qaytarib berish imkoniyatiga ega bo’lishi lozim. Bu imkoniyat esa bank faoliyatida mavjud risklarni o’z vaqtida aniqlash, ularning oldini olish choralarini ishlab chiqishni taqozo etadi.

Adabiyotlar ro‘yxati




  1. Yüklə 37,75 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin