Mavzu: Xorazmshohlar harbiy san’ati. Elamish va Irg’iz daryosi bo’yidagi jang
Reja:
Xorazmshohlar davlatida harbiy san’at
Elamish va Irg’iz daryosi bo’yidagi jang
Xorazmshohlar harbiy san’ati bo’yicha yakuniy xulosalar
Xorazmshohlar davlatida harbiy san’at o’z davrining yetuk sarkardalari tomonidan ishlab chiqigan. Bunga misol qilib saroydagi harbiylardan keltirsak
saroy mansabdorlari qatoriga Amir-oxur- shoxning otboqari, amir-shikor- ovchilik ishlarini tashkil qiluvchi, toshdor -shoxning shaxsiy hammomini boshqaruvchi, tarobdor shoxni shaxsiy mirzasi, amir-al-alam-tug’dor va boshqa amaldorlar ham mavjud edi.
Xorazmshohlar qo’shini o’z zamonasi uchun g’oyatda kuchli hisoblanar va o’z davrining eng yaxshi qurollari bilan jihozlangan edi. Bu qo’shinlarda odatdagi qurollardan tashqari qamal mashinalari ham bo’lgan. Bular orasida harakatchan minorlar, taranlar, hujum narvonlari ajralib turgan. Xorazm yaxshi tayyorgarlik ko’rgan doimiy armiyaga ega edi. Doimiy armiya asosan turklardan tuzilgan bo’lib, qo’shin bo’linmalar qabilachilik asosida tuzilgan edi. 1195 yilgi harbiy reestrga ko’ra Xorazmshohlar 170 mingdan ziyod doimiy armiyaga ega edi. Ba’zi tarixiy ma’lumotlarda Xorazmda 400 mingli armiya borligi qayd etilgan.
Xorazmshoxlarning shuningdek qullardan tuzilgan shaxsiy gvardiyasi (xaras) ham bor edi. Xaras ko’proq savdo karvonlarini kuzatib borgan. Qo’shinlarning bosh boshqarmasi devon-aljoyish bo’lib, uni shoh tayinlaydigan sohib - al-joyish (devon)- mohib devon al-ard boshqargan. Ba’zi manbalarda umum harbiy boshqaruv organi divan-i arz dar jumlai- mamolik deb ataladi. (Rashid-ad-din Vad-vad to’plamida). Devon-al-joyish harbiylarga berilgan iqta ishlarini, hamma unvondagi harbiylarga maosh va boshqa to’lovlarni, qo’shinlarni va ularning qurollanishi ro’yxatga olish, xamma jangchilarga maoshni (arzaq) o’z vaqtida to’lanishini, ularning barcha zarur anjomlar bilan ta’minlanishini tekshirib turgan. Buyuk viloyatlarda mahalliy harbiy boshqarmalar ham tuzilgan. Xorazmshohlar armiyasidagi eng muhim mansablardan ikkinchisi harbiy nazoratchi- nazir-al edi. U ham sohib-al-divon al-joyish nazorati ostida ish olib borar edi.
Armiya qo’mondonlari qayd yoki muqaddam deb atalib, eng ish bilarmon, epchil amirlar (lashkarboshilar) bu mansabga tayinlangan. Ba’zi hollarda viloyat hokimlari ayni bir vaqtning o’zida mahalliy qo’shinlarga ham qo’mondonlik qilgan. Viloyat qo’shinlari qo’mondoni ham sohib-al-joyish unvoniga ega edi. Yangi viloyatlarni bosib olgandan so’ng, shu hudud yerlari amirlarga iqta tarzida in’om qilingan va eng katta xizmat ko’rsatgan amirlarga amir-ul-umaro unvoni berilib, shu hududiga amirlar oqsoqoli etib tayinlangan. 10 mingacha otliq askarlar qo’mondoni molik deb atalgan. Ularning ba’zilariga jangda jonbozlik ko’rsatgani uchun xon unvoni berilar edi.
Xorazmshohlar armiyasida aloqachilar, razvedkachilar bo’lib, ularni go’vushlar va josuzlar deb atashgan. Josuzlar g’animning qo’shinlavri holati, uning harakati va maqsadlari haqida ma’lumotlar to’planganlar. Armiyada diniy ishlarga qozi-yi- xasham yoki qozi-al-askar rahbarlik qilgan. Xorazm qo’shinlari yaxshi qurollangan bo’lib, odatdagi qilich, nayza, kamon kabi qurollardan tashqari manjaliq (katapul't) tosh otar kabi hujumda ishlatiladigan narvonlari, to’sinlardan ham keng foydalanganlar. Xorazmshohlar istehkomlar va qat’alar qurishga katta e’tibor berganlar.
Xorazmda har tomonlama baland va mustahkam qurilgan Ilal, Xo’rondiz, Qohri, Ardaxn kabi qal’alar bo’lganligi haqida tarixiy ma’lumotlar saqlanib qolgan. Qal’alardagi jangchilarga mustahfizlar qo’mondonlik qilgan. Xorazmshohlar davlatida politsiya va jazolash vazifalarini maxsus otryadlarga rahbarlik qiluvchi shixnalar bajargan. Bu mansabga asosan turk harbiy boshliqlari - amir etib tayinlangan. Shixna hokimiyat uchun xavfli bo’lgan hamma ishlarni nazorat qilgan.
Har bir bosib olingan viloyat va nohiyalarga zudlik bilan shihnalar tayinlangan. Xorazmshohlar davlatida qo’shinlarning tashkiliy tuzilishi, hujum yoki mudofasida qo’llaniladigan harbiy harakatlar tuzugi arab qo’shinlari tuzilishidan oligan bo’lib, ilg’or-o’ng qanoat markaz- chap qanoat ar'ergard va zasada (xofiya) qismlardan iborat edi. Harbiy harakat yoki urush e’lon qilishdan oldin yirik qo’mondonlar, ulamolar, fakihlar, munajjimlar ishtirokida kengash o’tkazilar va shu kengashda ishlab chiqilgan reja asosida harbiy harakat boshlanar edi. Qo’shinga oid boshqaruv ishlarini Buyuk devonning bo’limi - devoni arz shug’ullangan.
Hukmdorning gvardiyasi ham mavjud bo’lgan. U armiyaning bosh qo’mondoni edi. Xorazmshohlar davlatida viloyat markazlarida yetarli miqdorda harbiy qismlar turgan. Shuningdek, mamlakatning chegara qismlari, yo’llar va mudofaa ahamiyatiga molik qal’alarda mudofaa qismlari bo’lgan. Voliylar va qal’a qo’mondonlari keyingi davrlarda yirik urug’ beklari orasidan tayinlangan. Ularning qo’l ostida ba’zan (aksariyat hollarda) qullardan tarkib topgan xususiy harbiy qismlar ham bo’lgan. Urug’ beklari xizmatga o’z urug’i qismini olib kelgan. Iqto egalaridan (sohiblaridan) tashkil topgan mahalliy qismlar ham ularning qo’l ostida bo’lgan. Jaloliddin davrida viloyat armiyasida o’zgarishlar qilindi.
Sulton Alouddin davrida armiya qipchoqlar, so’ng qalach, qarluq, uran, ug’raq kabi urug’lardan tashkil topgandi. Alouddin davrida urug’ beklari qo’l ostida bo’lgan qipchoqqanglilar gvardiyaning asosini tashkil etgan. Jaloliddin davrida ular armiyaga olinmagan. Chunki Jaloliddin valiahdlikka tayinlangandan so’ng unga qarshi bosh ko’tarishgan. katta viloyatlarda mahalliy harbiy boshqarmalar ham bor edi. Qo’shinda xizmat qilgan harbiylarning hammasi ma’lum qiymatdagi iqto’larga ega bo’lishgan. Iqto egalaridan tashkil topgan suvoriylar Xorazmshohlar davlatining turli tomonlariga yerlashgandi. Ular viloyat askarlarini tashkil etgan. Bundan tashqari hukmdorning gvardiyasi ham mavjud edi.
Jaloliddin davrida viloyat armiyasini tashkil etgan unsurlarda ba’zi o’zgarishlar qilindi. Uning davrida viloyat qo’shinlarining ayrim qismlari turkmanlardan tashkil topdi. Xorazmshohlar davlatida XIII asrning boshlarida mo’g’ullarning O’rta Osiyoga istilosi (bosqinchiligi) boshlanishi arafasida Xorazmshohlarni Anushteginlar sulolasining so’nggi xukmdori Ala-ad-din Muhammad davrida ichki siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy ziddiyatlari, o’zaro nizolar kuchayib ketdi. Bunday vaziyatdan ustalik bilan foydalangan Chingizxon boshchiligidagi mo’g’ullar Xorazmni zabt etishga muvaffaq bo’lgan.
IRGʻIZ DARYOSI BOʻYIDAGI JANG (1216) — Muhammad Xorazmshoh qoʻshini bilan moʻgʻullar oʻrtasidagi jang. Hoz. Qozogʻistonning Toʻrgʻay viloyatidagi Irgʻiz daryosi boʻyida sodir boʻlgan. Xo-razmshoh qoʻshini (60 ming kishi) moʻgʻullarning Joʻjixon, Subutoy bahodir, Toxuchar noʻyon boshchiligidagi 20 minglik qoʻshini bilan toʻqnashgan. Moʻgʻullar Chingizxon buyrugʻiga koʻra merkit qabilasini tor-mor qilib orqaga qaytmoqchi boʻlganda Xorazmshoh qoʻshiniga duch kelgan. Moʻgʻullar dastlab jang qilishdan voz kechishgan, birok Muhammad Xorazmshoh bilan oʻchakishib qolib, jangga kirishga majbur boʻlishgan. Har ikki tomondan oʻng qanot raqibning soʻl qanotidan ustun kelgan, musulmon qoʻshinining oʻng qano-tiga Jaloliddin Manguberdi bosh boʻlgan, uning jasorati tufayli Xo-razmshoh qoʻshini magʻlubiyatdan qutulib qolgan. Jangdan soʻng, qorongʻu tunda moʻgʻullar shoshilinch suratda chekingan. Moʻgʻullarning jangdagi jasorati Xorazmshohga katta taʼsir koʻrsatgan, bu esa keyinchalik ular bilan ochiq maydonda urishishdan qochishga va oxir oqibat saltanatining halokatiga sababchi boʻlgan1.
Xorazmshohlar davlatining eng oliy harbiy boshqaruv idorasi devon-al arz (yoki devon-al jaysh) deb nomlangan bo’lib, uning boshlig’i sohib devon-al arz (yoki sohibi devon-al jaysh, yoki ariz-al jaysh) hisoblanar edi. Devon-al arz harbiylarga tegishli bo’lgan yer-suvlar, ularga beriladigan maosh va har xil to’lovlar, shuningdek, askarlarni ro’yxatga olish, ular va ular qo’lidagi qurol-aslahalarni tekshirib kurish ishlari bilan shug’ullanardi. Bu devon hamma harbiylarga belgilangan maoshlarini (mavajib, arzak) hamisha ma’lum vaqtda berib turar va harbiy boshliqlarning maoshini o’z qo’l ostidagilarga to’g’ri taqsimlanishini nazorat qilar edi. Xorazmshohlar qo’shinlarining qo’mondoniga qo’id yoki muqaddam degan unvon tavsiya etilardi. Xorazmshohlar yangi zabt etilgan o’lka yoki viloyat
1-Shahobiddin An-Nasaviy – “Jalol ad-din Mengburni”(Buyuk Jaloliddin tarixi)
yerlarini amirlarga iqto tariqasida taqsimlab berar, mahalliy amirlar orasidan eng qobiliyatlisini ularga boshliq qilib tayinlab unga amir-al umaro (amirlar amiri)
nomini berardi.
Qo’shindagi 10 ming kishilik suvoriylar guruhiga qo’mondonlik qilgan kishilar malik unvoniga ega bo’lar edi. Janglarda alohida mardlik ko’rsatgan maliklarga esa xon unvoni berilgan. Qo’shindagi choparlar chovush, ularning
boshliqlari esa muqaddam chovushiya deb yuritilgan. Maxsus xufiya va ayg’oqchilar bo’linmalari josusiya deb atalgan.
Urush boshlanishidan avval yoki urush e’lon qilingan vaqtda Xorazmshohlar harbiy kengash chaqirishar va unda oldinda turgan urush bilan bog’liq masalalar
muhokama qilinardi. Ushbu kengashga Xorazmshohning o’zi boshchilik qilib, unga yirik harbiy arboblar, ulamolar, qonunshunoslar va munajjimlar taklif qilinar
edi. Kengashda barcha takliflar ko’rib chiqilib, so’nggi qarorni shohning o’zi qabul qilardi.
Xorazm saltanati XII asrning oxiri - XIII asrning boshlarida musulmon Sharqining eng yirik va qudratli davlati edi. Xorazmshohlar davlati o’zining paydo bo’lgan davridan boshlab to inqiroziga qadar doimiy qo’shinlariga ega bo’lgan. Manbalarning ma’lumot
berishicha, Xorazmshohlar o’z davlatida majburiy umumxalq harbiy ta’lim tizimini joriy qilganlar. Davlatdagi qo’shinlar soni hukmdorlar harbiy yurishlariningko’lamiga qarab o’zgarib turgan. Manbalardan ma’lum bo’lishicha, 1218 yilda
Muhammad xorazmshoh yalpi qo’shinlar ko’rigi o’tkazib, unda «150 mingga yaqin otliq, 100 ming piyoda askar qatnashdi». Nizomul Mulkning «Siyosatnoma» asari mavzu jihatdan juda keng qamrovli va sermazmun asar.
Unda davlat boshqaruviga aloqador qariyb hamma qoida va qonunlar, usul va vositalar, qozi va qozixona ishlari, qo’shin va sarbozlar, xizmatchi va shaxsiy sarbozlar masalalari, saroydagi soqchilaru posbonlar vazifalari, ularning maoshlari, pochta va ayg’oqchilik (razvedka) ishlari, ularning moddiy jihatlari,
xazina va baytulmol, elchilarga munosabat, hatto shohning oilaviy ishlari, uning bazm va majlislari, xos xodim va shaxsiy soqchilari haqida ma’lumot hamda
maslahatlar bor. Asardan moliya va xo’jalik ishlari, soliq va xiroj, zakot va vaqf
masalalari ham o’rin olgan. Ular ba’zan kerakli darajada ochib berilgan bo’lmasa ham, muayyan tadqiqotlarga ozuqa bo’la oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
Mahmud an-Nasaviy - «Siyrat as sulton Jaloliddin Mankburni» (Jaloliddin Manguberdining hayot faoliyati)
Nizomul Mulk - "Siyosatnoma"(pdf varianti)
Ibn al-Asir al-Jazariy - “al-Komil fit-tarix”
Wikipediya va Xorazmiy.uz saytlaridan foydalanildi
Dostları ilə paylaş: |