Xufyona iqtisodiyotni o'lchashning makrousullari
Reja:
1. Xufyona iqtisodiyotni o'lchashning makrousullari
2. Xufyona iqtisodiyotning amal qilishi asoslari va belgilari
3. Xufyona iqtisodiyot tarkibi va faoliyatining oqibatlari
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlashda xufyona iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurash chora-tadbirlari muhim o‘rin tutadi. Kriminal elementlarning ishlab chiqarish va moliyaviy muassasalarga, turli soha, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga kirib borishi oqibatida milliy boylik, davlat budjeti daromadlarini taqsimlash na qayta taqsimlash jarayonida ular ishtirokining kengayib borishi milliy va shu jumladan, iqtisodiy xavfsizlikka jiddiy xavf soladi.
Xufyona iqtisodiyot, korrupsiya, uyushgan jinoyatchilik hamma mamlakatlarda va hamma davrlarda bo‘lgan. Iqtisodiy adabiyotlarda xufyona iqtisodiyotga turli xil ta‘riflar berilgan.
1. Xufyona iqtisodiyot —qonun asosida man qilingan faoliyat turlari.
2. Xufyona iqtisodiyot - iqtisodiy faoliyatning kuzatilmagan va yashirin faoliyat turi.
3. Xufyona iqtisodiyot rasmiy statistikada u yoki bu sabablarga ko‘ra hisobga olinmagan har qanday iqtisodiy faoliyat bo‘lib, unda ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar yalpi ichki mahsulot tarkibiga kiritilmaydi hamda soliqqa tortilishdan chetda qoladi.
«Xufiyona» iqtisodiyotning faoliyat ko‘rsatishida davlatning iqtisodiy xavfsizligiga imkoniyatdagi va aniq tahdid mavjud. «Xufiyona» iqtisodiyot aksariyat odatdagi, «normal» iqtisodiy jarayonlarning kechishiga – daromadning taqsimlanishi va shakllanishiga, xalqaro savdoga, investitsiya kiritish va umuman iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. «Xufiyona» iqtisodiyotning xususiyatlarini aniqlashda ushbu muammo tadqiqotchilarini turli ta’riflarni muomalaga kiritishga undovchi har xil omillar inobatga olinadi. Bunday mezonlarga quyidagilar kiritiladi:
- davlatning fiskal (soliq)manfaatlari;
- YAMM miqdorining haqiqiybahosi;
- xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamkorligi yoki xatti-harakatining xususiyati;
- yuridikko‘rsatkichlar.1
Mazkur mezonlarga ko‘ra, «jinoiy», «nojinoiy», «norasmiy», «soxta», «norasmiy» iqtisodiyot ajratiladi.
Xufyona iqtisodiyoti (shuningdek, yashirin iqtisodiyot, norasmiy iqtisodiyot) - bu davlat nazorati va hisobidan tashqarida bo‘lgan jamiyat va davlatdan yashirilgan iqtisodiy faoliyat. Bu iqtisodiyotning kuzatib bo‘lmaydigan, norasmiy qismidir, lekin uning barchasini qamrab olmaydi, chunki u jamiyat va davlatdan yashirin bo‘lmagan faoliyatni, masalan, uy-joy yoki jamoaviy iqtisodiyotni qamrab olmaydi. Bunga iqtisodiyotning noqonuniy jinoiy shakllari ham kiradi, lekin ular bilan cheklanib qolmaydi.
Xufyona iqtisodiyoti - bu amaldagi davlat qonunlari va jamoat qoidalarini chetlab o‘tib, o‘z-o‘zidan rivojlanadigan jamiyat fuqarolari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar. Ushbu biznesning daromadlari yashirin va soliqqa tortiladigan iqtisodiy faoliyat emas. Darhaqiqat, davlat organlarining daromadlarini yashirish yoki soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashga olib keladigan har qanday biznes xufyonali iqtisodiy faoliyat deb hisoblanishi mumkin.
Shuningdek, nemis adabiyotlarida ham xufiyona iqtisodiyotga oid turlicha yondashuvlar mavjud. Ularning ayrim tariflarida xufiyona iqtisodiyot moliyaviy sirli bitimlar sifatida talqin etilsa, yana bir boshqa ta’rifda xufiyona iqtisodiyot jinoiy faoliyat sifatida qaraladi. Uchinchi bir yondashuvda xufiyona iqtisodiyot barcha subyektlarning soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashini qamrab oladi, deyiladi. To‘rtinchi hodisada xufiyona iqtisodiyot natijalari YAIMda inobatga olinadigan ham moliyaviy ope- ratsiyalar, ham iqtisodiy faoliyat tushuniladi. Nemis mutaxassislari xufiyona iqtisodiyotni YAIM tarkibiga kiritish tarafdori ekanligini qayd etish lozim.
Iqtisodiy faoliyatni xufyona amalga oshirish birinchi navbatda qonun doirasidagi harakat bilan ya‘ni, yuqori transaksiya xarajatlari bilan bog‘liq. Transaksiya xarajatlarining tasnifiga asoslangan holda, ta‘kidlash lozimki, bunda asosan shartnomani tuzishdagi yuqori xarajatlar, mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoyalash xarajatlari va uchinchi shaxslardan himoyalash xarajatlari nazarda tutiladi. De Soto ushbu xarajatlarni “qonunga bo‘ysunish narxi” deya ta‘riflaydi. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- qonundan foydalanish xarajatlari (yuridik shaxsni ro‘yxatga olish, litsenziya olish, bankda hisobvaraqlar ochish, yuridik manzilga ega bo‘lish va boshqa rasmiyatchiliklarni bajarish xarajatlari);
- qonun doirasida faoliyatni davom ettirish zarurati bilan bog‘liq xarajatlar (soliqlarni to‘lash; mehnat munosabatlari sohasida qonun talablarini bajarish (ish kunining uzunligi, eng kam ish haqi, ijtimoiy kafolatlar); oshkora sud tizimi doirasida nizolarni hal etishda sud xarajatlarini to‘lash). Xufyona iqtisodiyot mavjudligiga dastlab 20-asrning 30-yillarida e’tibor bera boshladilar. XX asrning 70-yillaridan boshlab xufyona iqtisodiyotni ilmiy tadqiq qilish boshlandi. Xufyona iqtisodiyotni tahlil qilish rivojlanayotgan mamlakatlar misolida ingliz sotsiologi K.Xart tomonidan birinchilar qatorida boshlandi U “uchinchi dunyo” mamlakatlarida ko‘plab shaharliklarning rasmiy iqtisodiyotga aloqador emasligini aniqladi. U norasmiy iqtisodiyot atamasini ilmiy muomalaga kiritdi. Daromad olishning formal va noformal shakllari o‘rtasidagi farq ish haqi va o‘zini o‘zi ish bilan band qilish asosida topilgan daromad o‘rtasidagi farq sifatida izohlandi1. P.Gutman (AQSh) xufyona iqtisodiyot ko‘lamiga va roliga e’tibor qilish lozimligini asosladi2.
Fernando de Soto “Boshqa yo‘l” asarida xufyona iqtisodiyotni xalqning korrupsiyalashgan davlatning qashshoqlashayotgan aholining asosiy ehtiyojlarini qondirishga layoqatsizligiga nisbatan stixiyali va ijodiy reaksiyasi (javobi) deb atadi. U tarnsaksiya xarajatlarini oshkoralik (legallik) va nooshkoralik (nolegallik) kriteriyalari asosida guruhlashni taklif etgan.
20-asrning 70-yillar ikkinchi yarmi- 80-yillarning boshlarida rivojlangan mamlakatlar olimlari va siyosatchilari amaldagi iqtisodiyot ko‘lamlari rasmiy iqtisodiyot ko‘lamlaridan ortiqroq ekanligini aniqladilar. E. Feyg xufyona iqtisodiyot ko‘lami 70- yillarning oxirida AQSh rasmiy YalM ning uchdan bir qismini tashkil etishini baholadi. Bu baho AQSh Kongressining Iqtisodiy qo‘mitasida maxsus muhokama qilindi. Faygning fikriga ko‘ra, har bir alohida xufyona iqtisodiyot turining tafsifi uning vakillari buzadigan institutsional qoidalar to‘plami bilan belgilanadi, ya’ni ularning faoliyati qoidalar va normalarning o‘rnatilgan tizimi doirasidan tashqariga chiqadi yoki uni chetlab o‘tadi va, o‘z navbatida, o‘lchanmaydi va ijtimoiy jihatdan hisobga olinmaydi3.
1991 yilda Jenevada Yevropa statistiklarining yashirin va norasmiy iqtisodiyotga bag‘ishlangan konferensiyasi bo‘lib o‘tgan. Uning materiallari asosida rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida xufyona iqtisodiyot statistikasi bo‘yicha maxsus ko‘rsatmalari nashr etilgan.
Iqtisodiy adabiyotlarda xufyona iqtisodiyotga turli ta’riflar berilgan:
Xufyona iqtisodiyot qonun asosida man qilingan faoliyat turlari deb ta’riflanadi.
Xufyona iqtisodiyot iqtisodiy faoliyatning kuzatilmagan va yashirin faoliyat turi.
Xufyona iqtisodiyot rasmiy statistikada u yoki bu sabablarga ko‘ra hisobga olinmagan har qanday iqtisodiy faoliyat bo‘lib, unda ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar yalpi ichki mahsulot tarkibiga kiritilmaydi hamda soliqqa tortishdan chetda qoladi4.
Xufyonalik - shaxslarning kundalik faoliyatni tashkil qilishda mavjud huquq(qonun) normalaridan foydalanishdan bo‘yin tovlash va yozilmagan huquqqa, ya’ni an’analar va urf-odatlarda qayd etilgan normalarga hamda mulkchilik huquqlarini almashish va himoyalash yuzasidan kelib chiqqan nizolarni hal etishning huquq doirasidan chetga chiquvchi mexanizmlariga murojaat etishidan iborat5.
Xufyona iqtisodiyot - nafaqat iqtisodiy-ijtimoiy tuzilmalar, jamiyatdagi iqtisodiy mynocabatlapni o‘z ichiga oluvchi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy voqelik, balki, avvalo, jamiyat tomonidan nazorat qilib bo‘lmaydigan, mamlakat aholisining bir qismini tashkil qiluvchilarning shaxsiy va guruhiy manfaatlarni qondirish, ya’ni katta miqdorda qo‘shimcha daromad (foyda) olishni ko‘zlab davlat organlari boshqaruvi va nazoratidan yashirgan holda, davlat va nodavlat mulkdan hamda iqtisodiy boylik, tadbirkorlik qobiliyatidan jinoiy yo‘l bilan foydalanishdir.
Xufyona rejimda almashuvlarni amalga oshirish ham xarajatlar bilan bog‘liq. Xarajatlarning bir turida tejalishga erishgan xufyona iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi sub’ektlar boshqa xarajatlarni ko‘proq amalga oshirishadi - ular «xufyonalik bahosi»ni to‘lashga majburdirlar. Xufyonalik bahosi bir necha unsurlardan tarkib topadi.
Huquqiy qoidalardan bo'yin tovlash bilan bog‘liq xarajatlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: soliq va boshqa moliyaviy maslahatchilar xizmatlariga haq to‘lash; ishlab chiqarish hajmining cheklanishi va reklama natijasida yo‘qotilgan foyda (korxona qanchalik katta bo‘lsa va u reklama kampaniyasini qanchalik faol yuritsa, nazorat qiluvchi organlaming e’tibori doirasiga tushish imkoniyati unda shunchalik katta); «ikkiyoqlama» buxgalteriyani yuritish xarajatlari va shu munosabat bilan yuzaga keladigan korxonadagi hisob yuritish va nazorat qilishdagi qiyinchiliklardan ko‘riladigan yo‘qotishlar.
Daromadlar transferti bilan bog‘liq xarajatlar. Barcha iqtisodiy sub’ektlar bilvosita soliqlar va inflyatsiya solig‘ini to‘lashadi. Lekin oshkora iqtisodiy sub’ektlardan farqli o‘laroq, xufyona iqtisodiy sub’ektlar buzilgan mulkchilik huquqlarini himoyalash yuzasidan davlatga murojaat eta olishmaydi. Bunga, shuningdek, kredit olish bilan bog‘liq qiyinchiliklarni ham qo‘shimcha qilish lozim.
3.Soliqlar va ish haqiga hisoblab yozishlardan bosh tortish bilan bog‘liq xarajatlar. Daromad solig‘i, ijtimoiy sug‘urta fondiga va pensiya jamg‘armasiga majburiy to‘lovlardan bosh tortish korxonaga ish haqini to‘lashga tejash imkonini beradi, lekin bunda mehnatning o‘rnini sarmoya bilan bosish va texika bilan qayta jihozlashdan manfaatdorlikni pasaytiradi. De Soto xufyona qayd etilgan mulkchilik huquqlarini ta’riflash uchun «jonsizlantirilgan kapital» atamasidan foydalanadi: ushbu kapitaldan garov sifatida foydalanish, uni garovga investitsiya qilish, erkin sotish, ba’zan esa shunchaki meros qilib qoldirish mumkin emas.
4.Shartnoma tizimidan foydalanishning imkonsizligi bilan bog‘liq xarajatlar. Shartnomalarni tuzishning xufyona tadbiri unda ko‘plab iqtisodiy sub’ektlar ishtirok etadigan uzoq muddatli loyihalarning amalga oshirilishini qiyinlashtiradi. Shartnomani qayta ko‘rib chiqish zarurati tug‘ilgan hollarda sud yoki arbitrajga murojaat eta olishmaydi.
Xufyona bitimning mutlaq ikki tomonlama xususiyati bilan bog‘liq xarajatlar. Faoliyatni va uning natijalarini qonundan yashirishga urinish xufyona bitim ishtirokchilari doirasini mumkin qadar cheklashga undaydi.
Nizolarni hal etishning xufyona tartibotlaridan foydalanish xarajatlari. Yuzaga kelgan nizolarni hal etish uchun birinchidan, ko‘p sonli qarindoshlar, yurtdoshlar va boshqa «o‘zinikilar» bilan yaxshi munosabatlarni ushlab turish e’tibor belgilarini qaratish uchun vaqt va xizmatlar almashish uchun mablag‘lar talab qiladi. Ikkinchidan, sud va kuchlilik tuzilmalari funksiyasini bajaruvchi mafiya xizmatlariga murojaat etish o‘ziga xos soliqni to‘lash zarurati bilan shartlangan6.
Xufyona iqtisodiyotga kategoriya sifatida metodologik yondashuvlar mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
iqtisodiy yondoshuvda xufyona iqtisodiyot global, makro- va mikrodarajada, shuningdek, institutsional jihatlari tadqiqi qilinadi;
huquqiy yondoshuvda tartibga solishning normativ tizimiga munosabati, ya’ni rasmiy, davlat ro‘yxatiga olishdan, nazoratidan qochish e’tiborga olinadi;
hisob-statistik statitik organlarda ro‘yxatga va hisobga olinmagan;
kriminalogik yondashuvda jamiyatga, shaxsga zarar keltiruvchi faoliyatlar hisobga olinadi;
kompleks yondashuvda barcha yondashuvlar va kriteriyalar asosida xufyona iqtisodiyot tadqiq qilinadi;
- kibernetik yondashuvda xufyona iqtisodiyot o‘zini o‘zi tartibga soluvchi va boshqaruvchi tizim sifatida qaraladi, xufyona iqtisodiyot rivojlanishini prognozlashtirishning iqtisodiy-matematik modellari ishlab chiqiladi Bu usul bir xil iqtisodiy ko‘rsatkichlar borasidagi ma’lumotlar va statistik hujjatlarni solishtirishga asoslangandir. Ushbu usuldan foydalanishga misol qilib turli usullar bilan hisoblangan daromadlar va xarajatlarni taqqoslash; makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni muqobil baholash; tovar oqimlari usulini ko‘rsatish mumkin.
Daromadlar va xarajatlarni taqqoslash. Ushbu usuldan xonadon xo‘jaliklarining barcha daromadlarini barcha xarajatlar bilan taqqoslash orqali foydalaniladi. Ko‘pchilik hollarda, daromadlar xarajatlardan kam bo‘lib chiqadi.
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni muqobil baholash. Ushbu usuldan bilvosita ma’lumotlar yordamida hisoblangan YaIM hajmini rasmiy statistika ma’lumotlari bilan solishtirish yordamida yashirin sektor hajmini aniqlashda foydalaniladi. XVJ tomonidan Xitoyda o‘tkazilgan tadqiqot ushbu usuldan foydalanishga klassik misol hisoblanadi, bunda iqtisodiyot indikatori sifatida va yashirin iqtisodiyot miqyosini aniqlash uchun elektr energiyasidan foydalanish ko‘rsatkichidan foydalanilgan edi.
Tovar oqimlari usuli. Bu usuldan statistika xizmatlari yaxshi rivojlangan ko‘pgina Yevropa mamlakatlarida keng foydalaniladi. Tovar oqimlari usulining asosiy mazmuni shundaki, tovar oqimlari (ya’ni, ishlab chiqarishdan to foydlangunga qadar bo‘lgan harakat) makroko‘rsatkichlarni emas, balki alohida muhim mahsulotlar yoki tovarlar guruhini aniqlash uchun qo‘llaniladi.
Bandlik ko‘rsatkichlari usuli ( “italyancha” usul) “Italyancha” usul Italiya statistika instituti tomonidan ishlab
chiqilgan va qo‘llaniladi. Ushbu usul yashirin iqtisodiyot parametrlarini aniqlash masalalarida keng qo‘llanilmoqda.
Ushbu usulni ishlab chiqish jarayonida mutaxassislar ishlab chiqarish (ayniqsa, kichik biznes va xizmat ko‘rsatish sohalarida) bo‘yicha aniq ma’lumotlarni to‘plash juda murakkabligini e’tiborga olishgan. Buning asosiy sababi – soliqlar to‘lash bazasini yashirish maqsadida ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini kamaytirib ko‘rsatishdir.
Kichik korxonalar faoliyatini statistik registrga kirgizish uchun ham ulardan ma’lumot olish juda murakkabdir. Shu bilan birga, Italiya iqtisodiyoti uchun sonli kichik korxonalar soni juda ko‘pligi xosdir.
Italiyalik statistika mutaxassislari asosiy urg‘uni ishchi kuchi sarflarini o‘rganishga qaratishgan. Birlamchi ma’lumotlar maxsus tashkil etilgan xonadon xo‘jaligini tadqiq etish natijasida olinadi. Xonadon xo‘jaliklari tasodifiy tanlov asosida tadqiq etiladi. Tekshirish jarayonida beriladigan savollar so‘rov qilinuvchilar tomonidan u yoki bu tarmoqda ishlab bergan soatlar hajmi bilan bog‘liqdir. Ushbu yondashuvning yutug‘i shundaki, daromadlari to‘g‘risida so‘ralmayotgan kishilarga o‘zlarining ish vaqtlari haqidagi axborotni yashirish yoki o‘zgartirib ko‘rsatishga ehtiyoj bo‘lmaydi. So‘ngra ushbu axborotlar umumlashtiriladi va ishlab berilgan o‘rtacha inson- kun o‘lchoviga o‘tkaziladi. Tarmoqda mahsulot ishlab chiqarish me’yorlarini belgilash uchun ham shunday tekshirishlar o‘tkaziladi.
Ushbu usulning quyidagi turlari mavjud: 1) amaldagi va rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan bandlik darajasi o‘rtasidagi farq asosida; 2) hafta davomida amalda ishlab berilgan ish vaqti va rasmiy qayd etilgan ish vaqti o‘rtasidagi farq asosida.
Monetar usul
Ushbu usul yashirin iqtisodiyotning muhim bir jihatiga asoslanadi: agar qonuniy iqtisodiyotda anchadan beri deyarli barcha hisob-kitoblar naqdsiz pul yordamida amalga oshirilsa, yashirin iqtisodiyotda bitim tuzishda naqd pullardan foydalaniladi.
Ushbu g‘oyadan konkret foydalanishning ko‘pgina variantlari mavjud. Bular – pul operatsiyalari hajmi tahlili, naqd pulga bo‘lgan talab tahlili, hamda ekonometrik usullar.
Pul massasi hajmini kuzatish orqali yashirin iqtisodiyotning hajmi va dinamikasiga baho berish mumkin. Har bir mamlakatda pul massasi markaziy bank tomonidan emissiyalanadi va uning hajmi ma’lumdir.
Ammo ushbu mezonni tanlash doimo ham to‘g‘ri emas, chunki foydalanilayotgan ko‘rsatkichlar ko‘pgina jarayonlarga bog‘liqdir (masalan, inflyatsiyaga). Bir tomondan pul massasini va taqdim etuvchi veksellari hajmini, ikkinchi tomondan yalpi ichki mahsulotning o‘sishi sur’atlarini taqqoslash ishonchliroqdir.
Monetar usulga asoslangan yashirin iqtisodiyotni baholashning yanada murakkabroq usullari mavjud. Bunda qo‘shimcha ravishda daromadlar, soliqlar, foiz stavkalari o‘zgarishi natijasida, hamda yashirin iqtisodiyotning faoliyati natijasida naqd pul mablag‘larining ulushi tebranib turadi deb taxmin qilish kerak. Hisobga olinmagan omillarni baholash yashirin iqtisodiyot miqyosini aniqlash imkonini beradi.
Norasmiy sektorda to‘lovlar nafaqat naqd pul bilan, balki boshqa usullar bilan ham amalga oshiriladi. Masalan, barter, ya’ni ayirboshlashda to‘lov vositasi sifatida taqdim etuvchining qimmatli qog‘ozlaridan foydalanish odatiy holdir.
Ikkala sektorda pul aylanishi tezligi bir xilligini aniqlash murakkabdir. U norasmiy sektorda samaraliroq bo‘lishi mumkin. Norasmiy sektorda tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchidan to‘g‘ri iste’molchiga kelib tushadi, va buning uchun kamroq pul va vaqt kerak bo‘ladi. Rasmiy sektorda esa tovarlar ko‘p sonli vositachilar qo‘lidan o‘tib boradi.
Ekspert usuli
Ekspert baholashlardan foydalanish murakkab va kam o‘rganilgan yashirin iqtisodiyotni o‘rganishning zarur shart-sharoiti hisoblanadi.
Ushbu usulning mazmuni quyidagicha. Ekspert birinchi navbatda biron-bir tarmoq bo‘yicha ma’lumotlarga qay darajada ishonish mumkinligini aniqlaydi. Oddiy manbalardan ma’lumotlar to‘plangandan so‘ng ularni avtomatik tarzda ma’lum darajagacha hisoblab chiqishadi. Ekspertlar tomonidan ekspert bahosi usuli ishlab chiqiladi.
Ushbu usulni qo‘llashni muammosi shuki, malakali ekspertni topish qiyin.
Texnologik koeffitsiyentlar usuli elektr quvvati ishlab chiqarish va iste’mol qilish, transportda yuk tashish va boshqa bilvosita yengil hisoblanadigan ko‘rsatkichlarni rasmiy ma’lumotlar bilan taqqoslash yordamida sanoat ishlab chiqarish dinamikasini taxminiy aniqlashni ifodalaydi. Bu usuldan foydalanish shart-sharoitlari bo‘lib yuqori darajada rivojlangan bozor munosabatlari, elektr quvvati va yuk tashishning adekvat narxlari hisoblanadi. Agar narxlar tartibga
solinadigan bo‘lib, elektr quvvatining real qiymatini aks ettirmasa yoki imtiyozlar mavjudligi sababli elektr quvvatini iste’mol qilish uchun uzoq vaqt pul to‘lanmasa, elektr quvvatini iste’mol qilish dinamikasi sanoat ishlab chiqarishi dinamikasidan katta farq qilishi mumkin.
Mayin modellashtirish (determinantlarni baholash) usuli yashirin iqtisodiyotni aniqlovchi omillar yig‘indisi bilan bog‘liq va uning hajmini o‘lchashga yo‘naltirilgandir.
Tarkibiy usul ishlab chiqarishning turli tarmoqlarida yashirin iqtisodiyotning hajmi to‘g‘risida ma’lumotni qo‘llay olishga asoslangandir.
Bir qator rivojlangan mamlakatlarda yashirin iqtisodiyotning ko‘lami to‘g‘risida yuqorida ko‘rib o‘tilgan usullar yordamida olingan ma’lumotlar bir-biriga zid bo‘lib, yalpi milliy mahsulot(YaMM)ga nisbatan 1 foizdan 33 foizgacha bo‘lgan oraliqda tebranib turadi.
Hisob-kitoblar ko‘satmoqdaki, bevosita (to‘g‘ri) usullar ishonchli, lekin eng pasaytirilgan natijalarni beradi. Ularning asosiy kamchiliklari quyidagilardan iborat: ma’lumotlarni yig‘ish murakkabligi va so‘rov natijasida olingan ma’lumotlarni ataylab buzib ko‘rsatish.
Jahon amaliyotida qo‘llaniladigan usullarning turli-tumanligi yashirin iqtisodiyot tarkibi hajmining miqdorini va natijalar to‘g‘riligi mezonini baholashning yagona uslubiyati yo‘qligidan dalolat beradi. Har bir mamlakatning o‘ziga xosligi, statistik materiallarda kamchiliklarning mavjudligi har bir muayyan hodisada ushbu hodisaga mos bo‘lgan usul yoki bir qancha usullar kombinatsiyasidan iborat bo‘lgan usullarni tanlashga asoslanadi. Har xil usullarni birgalikda qo‘llash yashirin iqtisodiyotni ob’ektiv baholashning yo‘nalishlaridan sanaladi.
Dostları ilə paylaş: |