XVII-XVIII ( 17 – 18 ) asrlar va XIX (
19 ) asrning birinchi yarmida tarbiya, maktab
va pedagogik fikrlar
Reja:
1.XVII-XVIII asrlar va XIX asrning birinchi
yarmida Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklarida
ilm-fan va ta’lim-tarbiya.
2.Jaxon Otin Uvaysiy va uning ta’lim-tarbiyaga
qo‘shgan xissasi.
3.Qizlar maktabida ta’lim-tarbiya mazmuni,
metod va usullari.
4.Muxammad Qoshg‘ariy va uning «Odob as-
solihin» («Yaxshi kishilar odobi») asari, asarda
ilgari surilgan xulq-odob meyorlari.
1. XVII-XVIII asrlar va XIX asrining birinchi
yarmida Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklarida
ilm-fan va ta’lim-tarbiya.
Movarounnaxrda bir yuz ellik yil asrnit
birinchi yarmida xukumronlik qilgan
temuriylar sulolasi inkirozga yuz tutib, uning
xonxikxarida ilm-fan va o‘rniga
Shayboniylar xukumronligi o‘rnatildi. Lekin
Shayboniyxon xam (1451-1510) kuchli
markazlashgan davlat barpo kilishga qay
darajada xarakat qilgan bo‘lsa xam, uning
o‘limidan so‘ng o‘zaro urushlar avj olib ketib,
bu xududda uch xonlik, avvalo Buxoro va
Xorazm, XVIII asr oxiriga kelib, Qo‘qon xonligi
paydo bo‘ldi.
Xonliklar davrida boshqa davlatlar bilan
aloqalar o‘rnatildi. Jumladan, Hindiston Shox
Akbar, Sharqiy Ovrupodan Ivan Grozniylar
bilan do‘stona aloqa o‘rnatildi.
Buxoro xoni Abdullaxon 1001 ta rabot va
sardobalar qurdirdi, madrasa, masjidlar,
xonaqox va ko‘priklar, suv omborlar va
boshqa inshootlar qurildi- Bu davrda
«Abdullanoma» nomli tarixiy kitob yozildi.
Tibbiyot soxasida Sultonali Samarqandiyning
«Dastur al-iloj», Muqammad Yusuf
Mahxolning «Taxqiq al xumayyot», «Zubdat
ul-qaxxolin» asarlari, Shayboniyxonning
«Tavorixi guzidayi nusratnoma», Boburning
«Boburnoma», Vosifiyning «Badoye’ ul-vaqoye»,
fazliddin Ibn Ro‘zbekxonning «Mexmonnomayi
Buxoro» kabi asarlarida o‘sha davrning
ijtimoiy, siyosiy, tarixiy, adabiy, ma’rifiy xayoti
o‘z aksini topgan.
XVII-XVIII asrlarda me’morchilik soxasida
ham katta inshootlar qurildi. Masalan,
Buxoroda Imomqulixonning nufuzli
amaldoridan Nodir devonbegi masjid, xovuz,
madrasalardan iborat katta me’moriy
ansambl qurdirdi. Shuningdek, Samarqanddan
4 chaqirim Janubda Xo‘ja Axror qabri oldiga
madrasa va Nomozgox barpo etdi.
Bu davrda Muxammad Balxiyning 5000
baytdan iborat «Subxonqulixonnoma»,
Mirmuxammad amir Buxoriyning
«Ubaydullanoma», Muxammad Vali
Samarqandiyning 200 nafar adabiyot
arboblarining tarjimai xoliga oid ma’lumotlar
berilgan «Muzakkirul asxob» nomli asari,
shuningdek, Sayido Nasafi, So‘fi Olloyor,
Boboraxim Mashrablarning asarlari yuzaga
keldi. Bu davrda ijtimoiy xayotning barcha
jabxalarida; turmushda xam, oilada xam
xar bir kishi aloxida diniy talablarga rioya
etar edi. Madrasalarda deyarlik iloxiy
bilimlar berilishiga qaramay, madrasani
bitirganlardan mudarris, mufti, qozi, imomlar
bilan bir qatorda mashxur shoir, olimlar xam
yetishib chiqdi. Boboraxim Mashrab, Muxammad
Amin Kosoniy-Namangoniy, Fazliy Namangoniy,
Sayido Nasafiy, So‘fi Olloyor, Muxammad Mir
Olim Buxoriy, Abdulg‘oziy Baxodirxon ana
shunday ilm soxiblaridandir. Bu davrda
ko‘proq adabiyot tarix, me’morchilik, tasviriy
san’at rivojlandi. Lekin tabiiy fanlarga xam oid
ajratilgan «Xisoblash usullari xaqida risola»
nomli matematikaga doir muxim asar xam
yuzaga keldi.
Abdulg‘oziyning «Shajarai turk» asari xam
Sharq, xam Ovrupo olimlarning diqqatini o‘ziga
tortdi. Bundan tashqari qator tarixiy asarlar
xam maydonga keldi.
XVII asrda yashagan ma’rifatparvar olim So‘fi
Olloyorning «Sabot ul-ojizin» asari «So‘fi Olloyor»
nomi bilan mashxur bo‘lib, maktablarda savod
chiqarilishi bilan o‘kitilar edi. Unda islom dinining
asosiy qoidalari, aqidalari bayon etilgan.
Qo‘qonda xam ko‘plab ilmiy, ma’rifiy
maskanlar paydo bo‘lib, yirik adabiy muxit
yaratilgan. fazliy va Mushrif tomonidan
tuzilgan «Majmuat ush-shuaro» to‘plami
buning misolidir. Buxoro, Samarqand, Qo‘qon,
Xivada bino bo‘lgan Shayx Jalol madrasasi,
Samarqandda Registon maydoni, Sherdor va
Tillaqori, Devonbegi, Xivada Arabmuxammad
madrasalari ilm-ma’rifatning rivojlanishga
katta xissa qo‘shdi.
Bu davrda maktab va madrasalarda
grammatika, xandasa, mantiq, qiroat, tafsir,
shariat, xikmat, islom tarixi va aqidalarga oid
ilmiy-nazariy bilimlar, ish yuritish,
xuquqshunoslik, savdo-sotiq ishlariga
oid, meros va boylik taqsimoti kabi
dunyoviy xamda ilmiy bilimlar o‘rgatilar edi.
Shuningdek, barcha madrasalarda albatta fan
sifatida «Qur’on», «Tafsir», «Odob-os-solixin»,
«Maslik ul-Mutakkin», «Sabod ul-ojizin»,
«Kimyoi saodat», «Xadislar» o‘qitilar edi.
Uqish muddati 15-20 yilni tashkil etib, masjid
yonidagi maktabda esa bolalar 7 yil alifbo,
abjad, Qur’on, farzi ayn, Chor kitob, Xoja Xofiz,
«Maslik ul-Mutakkin», Mirzo Bedildan savod
o‘rgatilar edi. uzbek bolalari o‘qiydigan
maktablarda «Kitobi Fuzuliy», «Lison ut-tayr»,
«Devoni Alisher Navoiy», «Qissai devona
Mashrab», So‘fi Olloyorning «Sabot ul-ojizin»
kitobi o‘qitilgan.
2.Jahon Otin Uvaysiy va uning ta’lim-tarbiyaga
qo‘shgan hissasi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida ayollar ta’limi
xam rivojlana boshladi.
Cho‘iian hissasi. Uqimishli, ma’rifatli, ziyoli
ayollar tomonidan maktablar tashkil etiladi va
bu maktablar otinlar maktabi deb nomlandi.
o‘zbek diyorida otinlar maktabining yirik
namoyondalaridan biri — Jaxon otin Uvaysiy
edi. Jaxon otin Uvaysiy (1789-90 Marg‘ilon —
1850 y. Marg‘ilon)-XIX asr Qo‘qon madaniy
muxitning ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri
yetuk shoira va maktabdor
muallimalardandir. Jaxon otin Uvaysiyning
she’rlar va maktabdorlik xizmatlari xalq
ommasi orasida keng yoyilgan.
U Marg‘ilonning Childuxtaron maxallasida
she’riyatga ixlosmand Siddiq bobo (Qaynar
devona xam deb atashadi) va Chinni bibilar
oilasida dunyoga keladi. Otasi kosibchilik qilgan,
onasi esa savodli ayol bo‘lib, maktabdorlik
qilgan va maxalla axli qizlarini o‘qitgan.
Jaxon otin yasuda yoshligidan boshlab onasidan
savod o‘rgangan, kichikligidayoq akasi ikkalasi
Oxunjon xofizdan dutor, tanbur chalish, musiqa
ilmining amaliy tomonlarini xam egallaydi.
Otasidan esa arab, fors tillari va adabiyot
sirlarini o‘rganishga xarakat qiladi.
Otasi tez orada vafot etib, onasi bilan qolgan
Jaxon otin o‘zi mustakil ravishda Xofiz, Jomiy,
Navoiy, Fuzuliy, Bedil kabi sharq she’riyatining
buyuk namoyondalari ijodini o‘rganadi. Onasi
va akasi Oxunjon Jaxon otinni 17 yoshida
Marg‘ilonga Xojixon ismli kishiga uzatadilar.
Xojixon savodli, adabiyotga do‘st va ma’rifatli
inson edi. Jaxon otin undan ikki farzand
ko‘radi.
Jaxon otin Uvaysiy endi mustaqil ravishda
Marg‘ilon va uning atrofidagi qizlarni o‘qita
boshladi. Qizlarga xat-savod o‘rgatadi. Ilmiy
musiqadan dars beradi. Uvaysiy qizlarga she’r
yozishning uslublarini ham o‘rgatadi.
Muallimlik kasbiga Uvaysiy ixlos bilan
qaraydi. Ilmga tashna qizlarga sidqidil bilan
dars beradi. Bu xol uning g‘azallarida xam
o‘z ifodasini topgandir:
Uchradi kaydin menga, chun Oy ila Kun ikkisi,
Ko‘rdam ahvolini alar Farhodu Majun
ikkisi.Zexni gavvosimni soldim fazal bahrin
ka’riga, Chun sadaf batnida onlar duru
maknun ikkisi.
Shaxri dilda akl shoxsn lashkardur beshmor,
Yuz tuman lashkarga keltirdi shabixun ikkisi.
Keldikim ikki pari gul talab aylab kanot,
Ilm koni ichra Vaysiy, bo‘ldi mamnun ikkisi.
Shunisi diqqatga sazovorki, shoira o‘z
toliblari va shogirdlarining yutuqlaridan quvonib,
ularga muvashshaxlar xam bag‘ishlagan.
Masalan: Jahon gulzorida xoki kudumingdan
yetar ziynat, o‘iromingdan topar jon gulshanu
oroyshu nazhot.Bu Jaxon bibi ismi shogirdiga
yozilgan muvashshax bo‘lib, Jaxonbibi, Hayot,
Baqo, Dilorom ismli qizlar
vaysiydan ilmo‘rganganlar. Ular ham
Jaxon otin yordamida fors-tojik, turkiytillarda
yuksak saviyadagi she’rlar yozishga
qodir shoiralarbo‘lganlar. 3. Kizlar
maktabida ta’lim-tarbiya mazmuni, metod va
usullari.
Dostları ilə paylaş: |