BIZNESDA MARKETING FAOLIYATINI TASHKIL ETISH Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatida qaror qabul qilish va uni ishlab chiqishda kichik biznes va tadbirkorlikning samarali vositasi hamda asosi bo4ib marketing hisoblanadi hamda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini boshqarish tizimida, uni tashkil etishda, rejalashtirish va nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. «Ay-si-ay» konserni boshqaruvi raisi Djon harvi Djons kichik biznes va tadbirkorlikda marketingni o'rnini tavsiflab shunday deydi, ya’ni «Marketing kichik biznes va tadbirkorlikning tayanch omilidir. Bu nafaqat yoqilg'i, balki kema komandasidir»17.
Marketing elementlarining paydo XVII asrning o'rtalariga borib taqaladi. Bu davrgacha tovarlami natural ayirboshlashning turli shakllari paydo bo'ladi, keyinchalik marketing faoliyatining birinchi elementlari, ya’ni reklama, narx, sotish kabilarning rivojlanishi kuzatildi.
Marketing tushunchasi bozor sohasini har qanday faoliyati bilan bog liqdir, shu bois marketing so'zini tarjimasi va kelib chiqishi keltiriladi (ing. Market bozor, ing faol, faoliyat, harakat ma’nosini anglatadi).
Marketing nafaqat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur yo'nalishi, ammo ayrim firma, kompaniya, tarmoq va butun iqtisodiyot bo'yichaamaliyot faoliyati hamdir.
Talab bilan taklifning o'zaro ta’siri alohida shaxslar yoki guruhning xohish-ehtiyojlarini uzluksiz qondirish jarayoni hisoblanadi. Bu jarayon o'z navbatida shunday ijtirnoiy-i qtisodiy kategoriyalaming o'zaro ta’siriga asoslanadi, ya’ni ularga muhtojlik, ehtiyoj (xohish), talab, xarid qilish (ayirboshlash, bitim) va aniq tovar va xizmatlarning iste’moli (ishlatilishi) kiradi.
Tovar ehtiyoj yoki muhtojlikni qondira oladigan hamda bozorga e’tibomi tortish, sotib olish, ishlatish yoki iste’mol qilish maqsadida taklif etilganbarchanarsalardir.
Marketingning mohiyati iste’molchilar talabiga mos tovarni ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish hamda unga talab, ishlab chiqarish imkoniyatlarini mo'ljallashdan iborat. Bunda faol marketingdan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu xususda mamlakatimiz Prezidenti I. Karimov ta’kidlaganidek "...Keyingi vaqtda jahon bozorida narxi keskin tushib ketgan xomashyo resurslarini eksport qilish amaliyotida imkon qadar tezroq qutilish, tayyor raqobatbardosh rnahsulotlar eksportini faol oshirish va bu mahsulotlar yetkazib beriladigan mamlakatlar geografiyasini yanada kengaytirishimiz kerak. Bu borada yangi bozorlar, yangi transport yoMaklarini topish, bir so'z bilan aytganda, faol marketingga asoslangan tashqi iqtisodiy siyosat yuritish zarur".
Marketing falsafiy ma’noda fikrlash tarzini mujassamlashtiradi. Umuman, marketingga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin: marketing ehtiyoj va muhtojlikni ayriboshlash orqali qondirishga qaratilgan inson faoliyati turidir. Marketing vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri ishlab chiqarish hajmining ortib borishi, yangi tarmoqlarning vujudga kelishi, tovar turlarining ko'payishi va tadbirkorlar o'rtasida mahsulotni sotish muammosining vujudga kelishidir.