Reja: Yaponiya iqtisodiy indikatorlari



Yüklə 64,88 Kb.
səhifə8/9
tarix24.12.2023
ölçüsü64,88 Kb.
#191269
1   2   3   4   5   6   7   8   9
YAPONIYA

Tasviriy sanʼati
Yaponiya sanʼatining qadimiy yodgorliklari jomon madaniyati davri (mil.av. 8—1-ming yilliklar oʻrtalari)ga mansub. Mil.av. 1-asrda tayyorlangan bronza buyumlar, sopol idish namunalari saqlangan. 6-asrda buddizm tarqalishi munosabati bilan ibodatxonalar yaratildi va ular budda dinidagi mashhur personajlar tasvirlangan haykalchalar bilan bezatildi (Nara shahridagi Xoryudzi, Yakusidzi monastirlaridagi haykallar). Ilk oʻrta asrlarda rang-tasvir va haykaltaroshlikda portret janri shuningdek, teatr niqoblari sanʼati rivojlandi. Yaponiya rang-tasviri buddizm hamda Xitoy sanʼati taʼsirida taraqqiy etdi. 11—12-asrlarda oʻziga xos milliy xususiyatlarga ega boʻldi.
Bu davrda Fujivara Takayoshi, Fujivara Nobuzane va Toba Sojo kabi rassomlar mashhur boʻldilar. 12—13-asrlar rang-tasviridagi portretlar oddiyligi va ifodaliligi bilan ajralib turadi (Fujivara Takanobuning "Minamoto Yoritoma portreti"). 14—15-asrlarda budda sektasining dzen maktablarida tush rang-tasviri rivoj topdi [Josetsu, Shubun, Toy Oda (Sessyu taxallusi bilan mashhur) manzaralari]. 15-asrda dunyoviy professional rang-tasvir shakllandi. Kano maktabi (asoschisi Kano Masanobu) va Tosa maktabi (asoschisi Tosa Matsunobu) asarlarida xitoy mumtoz rang-tasviri oʻz aksini topdi. 15—17-asrlarda bezak yozuvi sanʼati yuqori darajaga erishdi (Sotatsu Tavaraya, Ogata Korin). Bu davrda choy tarqalishi munosabati bilan kulollik va chinni buyumlar tayyorlash avj oldi. 17-asr boshlarida yogʻochga rangli gravyura ishlash sanʼati — ukiyyoe yapon sanʼatining yetakchi turiga aylandi (Moronobu Hishikava, Harinobu Suzuki, Utamaro Kitagava, Hokusay Katsushika, Hiroshige Ando kabi ustalar). 17—19-asrlarda miniatyura haykaltaroshligining oʻziga xos turi hamda kiyimlar uchun tugmailgak bezaklar yasash rivojlandi. Yapon amaliy bezak sanʼati (kashtadoʻzlik, mato toʻqish, loklangan buyumlar tayyorlash. toʻr toʻqish) buyumlari katga mahorat bilan tayyorlandi. 19-asr oxirlaridan Yevropa sanʼati taʼsirida moyboʻyoq rang-tasvir — "yoga" rivojlana boshladi (Asai Chu, Kuroda Seyki va boshqalar). Bu sohalagi rassomlar ijodida impressionizm, fovizm taʼsiri yaqqol koʻzga tashlanadi (Umexara Ryudzaburo, Yasun Sotaro.). 20-asr 1-yarmida abstrakt sanʼat, ekspressionizm, syurrealizm taʼsiri seziladi. "Nihonga" rang-tasvir ustalari Tomioka Tessey, Yokoyama Taykon, Takuechi Seyho kabilar milliy anʼanalar ruhida asarlar yaratdilar. 1920—30 yillarda Okamoto Toki, Otsuki Genji, Yorimoto Shirin, Yanase Masamu, Suzuki Kenji kabi rassomlar samarali ijod qildilar. Ikkinchi jahon urushidan keyin rassomlar ijodidan ijtimoiy muammolar keng oʻrin oldi; koʻp asarlar Hiroshima va Nagasakidagi atom bombasidan halok boʻlganlar fojiasiga bagʻishlandi (Maruki Iri va Toshiko, Mita Genjiro, Sakurai Makoto, Fukuda Shinsey, Ono Tadashige, Ueno Makoto). Zamonaviy yapon tasviriy sanʼatida grafika demokratik va ommaviy sanʼat turi sifatida mashhur. Taniqli rassom N.Hirayama ijodida Buyuk ipak yoʻli manzaralari muhim oʻrin tutadi. Tasviriy sanʼatda turli oqim va yoʻnalishlarning koʻpligi koʻzga tashlanib turadi.

Yüklə 64,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin