Yoqilg‘ining yonish issiqligi 1 kg yoki 1 m3 yoqilg‘i to‘liq yonganda chiqadigan issiqlik miqdori yoqilg‘ining issiqlik ajratishi (yonish issiqligi) deyiladi (Qi, kJ/kg yoki Qi kJ/m3).
Yoqilg‘ining issiqlik ajratishi ikki xil: yuqori yonish issiqligi Qiyuva quyi yonish issiqligi Qik bo‘ladi. Yoqilg‘ining massa birligi to‘liq yonganda chiqqan issiqlik miqdori yoqilg‘ining yuqori yonish issiqligi deyiladi, bunda namlikning bug‘lanishiga sarflangan issiqlik hisobga olinmaydi. Yoqilgining birlik massasi yonganda uning tarkibidagi namlik hamda vodorodning kislorod bilan reaktsiyaga kirishish jarayonida hosil bo‘lgan namlik hisobga olingan xolatda ajralgan issiqlik miqdori quyi yonish issiqligi deyiladi. 1 kg suv bug‘ining atmosfera bosimida kondensatsiyalanish issiqligi taxminan 2500 kJ/kg ga teng. Ishchi yoqilg‘i tarkibidagi suv bug‘lari miqdori Wi/100 ga teng. 1 kg vodorod yonganda 9 kg suv bug‘i hosil bo‘ladi (H2+0,5O2=H2O).
Foydalaniladigan adabiyoti 1. Zoxidov R.A., Avеzov R.R., Vardiyashvili A.B., Alimova M.M. «Issiqlik tеxnikasining nazariy asoslari» o‘q. qo‘l., 1 qism, TDTU, 2005
2. Цветков Ф.Ф., Б.А.Григорев «Тепломассообмен», МЭИ, 2001
3. Zoxidov R.A., Alimova M.M., Mavjudova SX.S. Tеxnik tеrmodinamika va issiqlik uzatilishi fanidan masalalar to‘plami, TDTU, Toshkеnt, 2006
4. Кудинов В.А., Э.М.Карташов. Техническая термодинамика. -М.: Высшая школа. 2005