Reja: Zafar Diyorning hayoti va ijodi



Yüklə 13,07 Kb.
səhifə1/2
tarix14.12.2023
ölçüsü13,07 Kb.
#180207
  1   2
Reja Zafar Diyorning hayoti va ijodi-fayllar.org


Reja: Zafar Diyorning hayoti va ijodi

Zafar Diyor hayoti va ijodi.


Reja:
1. Zafar Diyorning hayoti va ijodi.




2. Zafar Diyor ijodida ilgari urilgan g‘oyalar.
3. Zafar Diyorning she’riy asarlarida inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarning ifodalanishi.

ZAFAR DIYOR


(1912-1946)
Bolalarning jo`shqin kuychilaridan biri Zafar Diyor 1912-yilda Namangan viloyatining hozirgi Chust tumani, Samsoqtepa qishlog’ida kambag’al dehqon oilasida tug’ildi. 1916-yilda Zafarlar oilasi Toshkent shahriga ko`chib keladi. Zafarning otasi dalada, onasi esa bosmaxonada mehnat qiladilar. 1927-yilda Zafar to`liqsiz o`rta maktabni bitiradi va Samarqanddagi Narimonov nomli pedagogika texnikumiga o`qishga kiradi. Texnikumda ko`proq ilm-fan sirlaridan bahramand bo`lishga harakat qiladi. Uning dastlabki she’riy mashqlari shu bilim yurti devoriy ro`znomasi sahifalarida ko`rina boshlaydi. Yigirmanchi yillar oxiri va o`ttizinchi yillar boshlarida uning yoshlar gazeta va jurnallarida ilk she’rlari Chop etila boshlandi. Zafar Diyorning birinchi she’ri yosh shoirlarning “Qurilish kuylari” degan to`plamida bosilib chiqdi. Ko`p o`tmay, uning birinchi she’rlar to`plami ham “Qo`shiqlar” nomi bilan 1933- yilda nashr etildi.
Yosh shoir 1933-yilda bilim yurtini muvaffaqiyatli bitirgach, o`qituvchi bo`lib ishlay boshladi. Bu xol uning maktab va bolalar hayoti bilan yaqindan tanishishida, yosh avlod hayoti haqida yozadigan asarlarining hayotiy, puxta bo`lishida ijobiy rol’ o`ynaydi. Uning bunday ruhdagi she’r, hikoya va ocherklari 1928-yildan boshlab matbuot sahifalarida tez-tez bosilib turdi. 1934 -yilda Zafar Diyor Samarqanddan Toshkentga qaytadi va hozirgi “Tong yulduzi” gazetasida adabiy xodim, keyinroq ro`znomaning mas’ul kotibi bo`lib ishlaydi. Shu bilan birga u hozirgi Toshkent davlat pedagogika universitetining til va adabiyot fakul’tetiga kirib, o`qishni davom ettiradi. O`zbek hamda qardosh xalqlar yozuvchilarining asarlarini qunt bilan o`rganadi. Zafar Diyor kichkintoylar uchun she’rlar yozar ekan, izlanish, o`qish, o`rganish zarurligini dildan his etadi. “Bolalar uchun asar yozishni men o`zim uchun juda qiyin va mas’uliyatli vazifa deb bilaman. Bu mas’uliyatli vazifaning uddasidan chiqish uchun tinmay ijodiy izlanishdaman”. O`sha yillari gazetada Zafar Diyor bilan birga ishlagan yozuvchi Hakim Nazir o`z esdaliklarida shunday yozadi: “Men Zafarni o`ylasam uni nuqul shod-hurram bolalar qurshovida, quvnoq chehrasidan nur taralib, sertabassum lablaridan she’r durdonalari taralayotganday ko`raman. Chindanam u bolalarga juda yaqin edi. Maktablar va bolalar uylarida, kutubxona va bog’chalarda bot-bot bo`lar, yosh kitobxonlarga yangi-yangi she’rlarini bolalarcha muloyim, sodda, shirali ovoz bilan o`qib berar, ayrim she’rlarini yoddan juda o`xshatib deklamatsiya qilar, bolalarga ham she’r o`qitib eshitardi. Shunda u o`zining qaysi she’rlari bilan bolalar ko`rigidan yaxshi o`tganini, qaysi she’rini ko`proq sevib qolganlarini ko`rar, bolalarga yoqtirish uchun qanday she’rlar yozish lozimligini faxmlab olardi. “Biz bolalarga nuqul o`rgatibgina qolmay, ulardan o`rganib ham turishimiz kerak”, derdi. Zafar Diyor 1935-yilda dastlabki mashhur asarlaridan biri bo`lgan “Mashinist” dostonini yaratdi. Dostondagi Ashur obrazi baxtiyor yoshlarning fazilatlarini umumlashtirishga bag`ishlangan. O`tgan asrning boshlarida yoshlarni o`qitish, ilmli, kasb-hunarli qilib etishtirish muhim ishlardan biri bo`lib turgan bir paytda “Mashinist”ning maydonga kelishi bolalar adabiyotida muhim voqea bo`ladi.
Dostonning asosiy qahramoni Ashir g’irt yetim. Ko`cha-ko`ylarda sarson-sargardon bo`lib yurgan, o`g’irlik qilib tirikchilik o`tkazib yurgan bola dostonda yaxshi insonlarning ko`magi, yordami bilan katta bir kasb egasi – mashinist (poezd haydovchi) bo`lib kamol topishi kitobxon bolalarda katta taassurot qoldiradi. Davr, zamonning tuhfasi bois Ashir kasb-hunar egasi bo`lishdan tashqari, uning ongi va tushunchasi ham o`sadi. U Vatanga sadoqatli, har doim olg’a intiluvchi ilg’or yoshlardan biri bo`lib etishadi. Asar yoshlarning ilm-fanga, kasb-hunarga, ona-Vatanga muhabbat, sadoqat ruhida tarbiyalanishlarida muhim o`rin tutadi. Zafar Diyorning o`ttizinchi yillar ijodi vatanparvarlik, baynalmilallik va mehnatsevarlik tuyg`ularini aks ettiruvchi asarlarining ko`pligi bilan xarakterlidir. Bu xil asarlar yoshlar xarakterini shakllantirishda, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda katta rol o`ynab kelmoqda. Shoir ijodidagi muhim mavzulardan biri inson va tabiat munosabati mavzuidir. “Binafsha”, “Navbahor”, “Qushlar haqida qo`shiq”, “Kapalak” singari she’rlari shular jumlasiga kiradi.
Rang-barang gullarni, turli-tuman qushlarni sevgan shoir bolalar ruhiyatini chuqur tahlil etib, ularni ham ona tabiatni sevishga va parvarish qilishga ruhlantiradi, yoshlarni mehnatdan zavqlanishga o`rgatadi. Shoir bolalarda qushlarga muhabbat hissini uyg`ota oladigan quvnoq vazn, o`ynoqi misralar yaratadi. Shoir dovyurak uchuvchilarning tarixda birinchi bo`lib qutb yo`lini ochganligi bilan bolalarni tanishtirib, ularni chkalovlar kabi mard uchuvchi bo`lishga undaydi. Shoir endi bolalar fikrini boshqa narsaga – dunyoda aql-ongga, qudratga ega bo`lgan inson va uning ta’rifiga buradi. Zafar Diyor insonning quch-qudratini sodda, mazmunli, shirali, bolalar qalbiga tez etadigan iboralarda ifodalagan:
Shoir insonning aql-zakovati, kuch-qudrati haqida fikrlar ekan mubolag’aga zo`r beradi, insonni hatto, tabiatni ham o`ziga bo`ysundiruvchi kuch sifatida ta’rif etadi. Albatta, bu fikrlar turg’unlik davrining oqibatidir. Negaki, “Sirdaryoning jilovlanishi” bugungi kunda xalqimizga qimmatga tushmoqda. Dostonda shu tariqa xalqimizning azaliy orzusi – cho`l-biyobonlarni bog’-rog’larga aylantirish o`zining badiiy ifodasini topgan. Zafar Diyor dostonning g’oyaviy-badiiy mukammalligi uchun qattiq ijodiy mehnat qilgan. Asarning kompozitsion tuzilishi xalq ertaklariga yaqinligi bilan xarakterlidir. Shoir asarning sehrli, romantik, ya’ni g’oyat ta’sirchan, o`qimishli bo`lishini ta’minlash uchun sodda, ajoyib badiiy – tasviriy vositalardan ustalik bilan foydalangan. Keng o`tloq, sahro, cho`llarning suvga tashnaligi va uning orzusi haqidagi “Bitta to`yib suv ichsak”, “Suv ber, menga suv bergin”, “Ko`ksimdan so`ng gul tergin”; sahro va uning shamoli to`g`risidagi “Eng g’azabli, eng o`chli, xarsang toshday qotaman, misdek qizib yotaman”; davr kishilarining quch-qudratiga oid “Chinordek zo`r qomati, Go`ro`g’lidek savlati” kabi tasviriy vositalarga boy misralar fikrimizning dalilidir. Bu asar yosh kitobxonlarni mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashi bilan muhimdir.
Zafar Diyorning ko`pgina asarlari mehnat mavzuiga bag`ishlangan. Ana shunday asarlaridan biri “Kichkina bog’bon haqida doston”dir. Dostonda bolalar va yoshlar dov-daraxtlarni ekish, parvarish qilishga chaqirilib, mehnat zavqi va ahamiyati kuylanadi. Bu g’oya Shotursun obrazi orqali ifodalanadi. Kichik qahramon otasi bilan birgalashib mevali daraxtlarni parvarish qilishga, “Qo`lda kichik ketmon” bilan bog’larni yashnatishga mehr qo`yib, mehnatda o`zini ko`rsatadi. Zo`r g’ayrat va katta ishtiyoq bilan ishga kirishgan Shotursunning o`zi parvarish qilib yurgan bir tup olmasi barvaqt pishib, mo`l-ko`l hosil beradi. Bola bir yili yalqovlikka berilib, olmaga qaramay qo`yadi. Olmaning bunday ayanchli ahvoli Shotursunga qattiq ta’sir qiladi va u o`z xato-kamchiliklarini to`la anglaydi. Olmaning tilidan aytilgan, «Ish yoqmasga, yalqovga men ham endi dushmanman» deb, g’ayrat bilan ish olib boradi. Zafar Diyor o`quvchida Shotursunga nisbatan mehr uyg`otadi, undan o`rnak olishga chaqiradi. Zafar Diyor o`zining “Amudaryo bo`yida” she’rida o`lka chegarachilarining lirik obrazini mahorat bilan chizgan. She’rda bolalarni chegara soqchilarining hayoti, ularning mas’uliyatli va faxrli burchi bilan tanishtiradi. Zafar Diyor ko`p she’rlarida vatanparvarlik, vatanga muhabbat g’oyalarini ilgari suradi. Bolalarni vatanning munosib farzandlari bo`lib etishishga undaydi. Buning uchun ularga bilim manbai bo`lgan kitobni sevib, fan asoslarini chuqur egallashlari zarurligini uqtiradi.
Zafar Diyor bugungi o`zbek bolalar dramaturgiyasi taraqqiyotiga ham barakali hissa qo`shdi. U bolalar hayoti haqida “Baxtli yoshlik”, “Yosh vatanparvarlar”, “Omonat”, “Uch og’ayni” kabi qator dramalar yozdi. O`zbek bolalar nasrini rivojlantirishga ham Zafar Diyor o`z hissasini qo`shgan yozuvchilardan. Uning “Jo`natish”, “Cho`pon qizi”, “Nojo`yaliklar” kabi hikoyalari shular jumlasidandir. Zafar Diyor bolalar adabiyotining hamma janrlarida qalam tebratdi. U bolalarning talab-ehtiyojlari hamda orzu-tilaklarini, turmushini, ruhiyatini puxta bilganligi uchun bolalarning yoshiga, ong-tushunchasiga moslab, g’oyaviy-badiiy jihatdan pishiq asarlar yaratdi. Zafar Diyor turli yoshdagi bolalarning tilini yaxshi o`rganib, ular uchun sodda, ravon, shirali tilda, o`ynoqi vaznlarda ohandor, ta’sirchan she’rlar yozdi. Shoir o`zining qo`shiq va she’rlarida hamda boshqa asarlarida yosh kitobxonlarni ulug` yurtimizning behisob boyliklari bilan faxrlanishga, kelgusida yaxshi hayot bunyod etishlari uchun astoydil kurashuvchi, ongli, madaniyatli, vatanparvar kishilar bo`lib etishishlari uchun a’lo baholar bilan o`qishga chaqiradi. U yosh avlodni mehnatga muhabbat bilan qarashga, rostgo`y va intizomli bo`lishga undadi, ularda vatanparvarlik, do`stlik tuyg`ularini o`stirishga katta e’tibor berdi. Uning asarlari davr bolalari va yoshlari uchun zavq bag`ishladi, ularni o`qish-o`rganish va kamol topish uchun kurashga ruhlantirdi.
O`zbek bolalar adabiyotining rivojlanishiga she’r, qo`shiq, doston va ertaklari bilan juda katta hissa qo`shgan Zafar Diyorning asarlarini bolalar hamon sevib o`qiydilar va yuksak qadrlaydilar.



Yüklə 13,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin