Reja: Zahiriddin Muhammad Boburning farzand tarbiyasi haqidagi qarashlari



Yüklə 78,5 Kb.
tarix18.05.2023
ölçüsü78,5 Kb.
#116219
1MI-22IM Sattorova Moxidil. pedagogika mustaqil ta\'lim


Mavzu: Zahiriddin Muhammad Boburning pedagogik g'oyalari
Reja:
1. Zahiriddin Muhammad Boburning farzand tarbiyasi haqidagi qarashlari
2. Zahiriddin Muhammad Boburning pedagogik fikrlari
3. Zahriddin Muhammad Bobur merosidan axloqiy tarbiya jarayonida foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari
1. Zahiriddin Muhammad Boburning farzand tarbiyasi haqidagi qarashlari
Zahiriddin Muhammad Bobur O‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she'riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim bo‘lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nom qoldirgan.
Tarix sahifalarini varaqlar ekanmiz, o‘zbek xalqining jahon madaniyati xazinasiga qo‘shgan buyuk hissasi, ma'naviyati uzoq o‘tmishdan dunyoga ma'lum va mashhur bo‘lib kelgani ko‘zga yaqqol tashlanadi.
Allohning inoyati, ajdodlarimizning aql-zakovati, mehnati va intilishlari tufayli bu zahmatkash xalq orasidan Amir Temur, Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab va Nodirabegim kabi necha o‘nlab allomayu daholar, olimu fozillar, shoiru rassomlar, podshohu sarkardalar yetishib chiqdilar.
Millat nomini ulug‘lagan allomalar xaqida gap borganda, o‘zining iqtidori, aql-zakovati, murakkab taqdiri hamda ochiq ruhiy olami bilan shoir Zahiriddin Muhammad Bobur kishi e'tiborini o‘ziga ko‘proq tortadi.
U davlat arbobi, shoir, sarkarda, olim, tarixchi, adabiyotshunos, tilshunos va ayni paytda xushxulq inson sifatida ko‘plab ajoyib fazilatlarga ega bo‘lgan.
Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yilning 14 fevralida Andijonda, Farg‘ona ulusining hokimi Umar Shayx Mirzo oilasida dunyoga keldi. Bu davrda Markaziy Osiyo va Xurosonda turli hokimlar, aka-ukalar, tog‘a-jiyanlar, amakivachchalar o‘rtasida hokimiyat — ulug‘ bobolari Amir Temur tuzgan yirik davlatga egalik qilish uchun kurash nihoyat keskinlashgan edi.
Adabiyot, nafis san'at, tabiat go‘zalligiga yoshligidan mehr qo‘ygan Zahiriddin, barcha Temuriy shahzodalar kabi bu ilmlarning asosini otasi saroyida, yetuk ustozlar rahbarligida egalladi.
Bugungi kunda Boburiylardan qolgan o‘lmas meros hozirgacha ardoqlanib kelinmoqda. Boburiylar davrida Hindiston siyosiy, iqtisodiy, madaniy rivojlanibgina qolmay, ular tomonidan ilm-fanga katta e'tibor berildi. Boburiylar davrida Hindiston G‘arb va Sharq o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘tadi, shu bilan birga Boburiylar ichki siyosati har tomonlama shakllangan bo‘lib turli dinga mansub aholini bir joyga jamlay oldi va bu saltanat uch asr umr ko‘rdi.
Qisqa bir vaqt ichida Bobur Hindistonda siyosiy muhitni barqarorlashtirish, Hindiston yerlarini birlashtirish, shaharlarni obodonlashtirish, savdo-sotiq masalalarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bog‘-rog‘lar yaratish ishlariga homiylik qildi.
Hindistonni obodonlashtirish, unda hozirgacha mashhur bo‘lgan me'moriy yodgorliklar, bog‘lar, kutubxonalar, karvonsaroylar qurdirish, ayniqsa, uning o‘g‘illari va avlodlari davrida keng miqyosga yoyildi.
Hindiston san'ati va me'morchiligiga Markaziy Osiyo uslubining kirib kelishi sezila boshladi. Bobur va uning hukmdor avlodlari huzurida o‘sha davrning ilg‘or va zehni o‘tkir olimlari, shoirlari, musiqashunoslari va davlat arboblarini mujassam etgan mukammal bir ma'naviy-ruhiy muhit vujudga keldi.
Keyinchalik bu muhit yangi davrda O‘zbekiston bilan Hindiston va Pokiston xalqlari o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada rivojlanishiga muhim zamin yaratdi.
Boburiylar davlatidagi madaniy muhitning Hindiston uchun ahamiyati haqida Javaharla'l Neru shunday yozgan edi: «Bobur Hindistonga kelgandan keyin katga siljishlar yuz berdi va yangi rag‘batlantirishlar hayotga, san'atga, arxitekturaga toza havo baxsh etdi, madaniyatning boshqa sohalari esa bir-birlariga tutashib ketdi».
Bobur Hindistonda katta hajmdagi davlat ishlari bilan bir qatorda o‘zining adabiy-badiiy faoliyatini ham davom ettirdi va ko‘plab buyuk asarlarni yaratdi. Boburning butun jahon ommasiga mashhur bo‘lgan shoh asari «Boburnoma»dir. Ma'lumki, unda Bobur yashagan davr oralig‘ida Movarounnahr, Xuroson, Eron va Hindiston xalqlari tarixi yoritilgan.
Shu bilan birga Bobur lirikasida she'riyatning asosiy mazmuni bo‘lgan insoniy fazilatlar, yor vasli, uning go‘zalligi, unga cheksiz muhabbat, hijron azobi, ayrilig‘ alamlari va visol quvonchlari nihoyat go‘zal va mohirona ifoda etilgan.
Bobur o‘z lirik she'rlarida har doim odamlarni yaxshilikka, adolat, insonparvarlikka, yuksak insoniy tuyg‘ularni qadrlashga chaqirdi.
Bobur O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng o‘z yurtida haqiqiy qadr-qimmat topdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga ko‘ra 1993 yilda Bobur tavalludining 510 yilligi tantanali nishonlandi. Andijon shahrida Bobur nomida universitet, teatr, kutubxona, milliy bog‘ («Bog‘i Bobur») bor. Bobur milliy bog‘i majmuasida «Bobur va jahon madaniyati» muzeyi, shoirning ramziy qabr-maqbarasi bunyod etilgan. Shahar markazida va Bobur bog‘idagi yodgorlik majmuida shoirga haykal o‘rnatildi. Andijondagi markaziy ko‘chalardan biriga, shuningdek Toshkentdagi istirohat bog‘i va ko‘chaga, Andijon viloyati, Xonobod shahridagi istirohat bog‘iga Bobur nomi berildi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Bobur nomidagi medali ta'sis etildi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Bobur va boburiylar xalqimizning buyuk farzandlaridir. Ular o‘zlarining serqirra faoliyati va ijod durdonalari bilan jahon madaniyati tarixiga munosib hissa qo‘shdilar.
2. Zahiriddin Muhammad Boburning pedagogik fikrlari
Zahiriddin Muhammad Bobur Andijonda, Farg’ona hukmdori Umar SHayx oilasida tavallud topdi. Uning bolalik yillari Andijon va uning atrofida o’tdi. Bobur tug’ilgan davrda Temur asos solgan katta davlatning temuriyzodalar tomonidan bo’lib olinishi boshlangan, toj-taxt uchun kurash avj olgan edi. 1494-yili otasi Umarshayxning vafotidan so’ng Bobur Farg’ona hukmdori deb ehlon qilindi. Davlat ishlarini boshqarishda unga onasi Qutlug’ Nigor xonimning ko’magi juda katta bo’ldi. Keyingi yillari Bobur Movarounnahrda katta davlat tuzishga harakat qildi, lekin temuriyzodalarning bir-biriga bosh qo’shmasliklari, tarqoqligi tufayli Bobur Muhammad SHayboniyxondan yengilib Kobulga, keyinchalik Badaxshonga ketishga majbur bo’ldi. 1505 — 1515-yillari Bobur yana temuriylar davlatini tiklash maqsadida Movarounnahrga qaytishga harakat qilib ko’rdi, lekin bu yurishlar ham befoyda ketdi. SHundan keyin Bobur Afg’onistonda hokimiyatini mustahkamlagach, Hindistonga yo’l oldi. 1525-yili Dehlining shimolida Panipatda Dehli sultoni Ibrohim Lo’di qo’shinini yengib, boburiylar davlatiga asos soldi.
Bobur ilm-fanning, sanoatning, umuman, hayotning hamma sohalari bilan yaqindan qiziqqan. G’ayrat va tashabbus, sinchkovlik va istehdod Boburni rivojlangan feodal davrining ulug’ namoyandalaridan biriga aylantirdi. U har bir sohani aniq bilishga intilgan, undagi nuqsonlarni ko’ra olgan va masalaning mohiyatini tezda tushunib yetgan.
Jahon sharqshunoslari tomonidan ulug’ olim sifatida ehtirof etilgan Bobur fanning ko’pgina sohalari bo’yicha qimmatli ishlarni amalga oshirgan. Yaqin hamda O’rta SHarq xalqlari madaniyati tarixi uchun katta xizmat qilgan.
Buyuk istehdod sohibi boigan Bobur «Boburnoma»da turli toifa tabaqa, urug’ nasab, kasbu kor, har xil mansab, lavozimlarga ega boigan tarixiy shaxslar, mashhur kishilar, ularning shajarasi, hayot yo’li, yashash tarzi, sarguzashtlarining aniq va to’liq tavsifini beradi. «Boburnoma» o’sha davr tarbiyasini o’rganish uchun ham o’ziga xos ahamiyatga egadir.
Zahiriddin Muhammad Bobur shafqatli va ibratli ota sifatida o’z farzandlarini hamisha totuvlik va inoqlikka da’vat qilar, bu tuyg’uni ularning qon-qoniga singdirmoqqa urinardi. Bu intilishni uning Xumoyun va boshqa o’g’illariga yozgan ibrat to’la maktublarida ko’rish mumkin. Unda Bobur o’g’illarini totuv yashab, bamaslahat ish ko’rishga chaqiradi.
Bobur lirikasining asosiy qismini g’azallar tashkil etadi. Bizgacha ulug" shoirning 119 g’azali yetib kelgan. Bobur g’azallarida talim-tarbiya, odob-axloq masalalariga ham e’tibor berilgan.
Fan va ma’rifatni yuqori darajada qadrlagan Bobur adabiyot, sanoat va ilm ahli bilan doimo yaqin aloqada, ijodiy munosabatda bo’ldi, ularga homiylik qildi, ilmiy-adabiy suhbatlar, mushoaralar uyushtirdi. U o’z davrida ilmga berilgan odamlar kamligidan tashvishlanib, astoydil qiziqish, intilish hamda mashaqqatli mehnat bilangina ilm olish mumkinligini va shunday qilish zarurligini quyidagicha ta’kidlaydi:
Kim yor anga ilm tolibi ilm kerak, O’rgangali ilm tolibi ilm kerak. Men tolibi ilmu tolibi ilme yo’q, Men bormen ilm tolibi, ilm kerak. Yozuv ham yarim ilm, deb hisoblagan Bobur chiroyli va to’g’ri yozdshga, fikrni aniq ifodalashga alohida ahamiyat bergan. Buni uning o’g’li Xumoyunga yo’llagan ushbu maktubi misolida ham yaqqol ko’rish mumkin:
«Bu xatlaringni bitibsen va o’qumaysen ne uchunkim, agar o’qur xayo’l qilsang edi, o’quy olmas eding. O’quy olmagandan so’ng, albatta, tag’yir berur eding. Xatingni xud tashvish bila o’qusa bo’ladir, vale asru mug’laqtur. Nasri muammo hech kishi ko’rgan emas. Imlong yomon emas. Agarchi xeyli rost emas, iltifotni «ot» bila bitibsen. Xatingni xud har tavr qilib o’qusa bo’ladur, vale bu muglak alfozingdin maqsud tamom mafhum bo’lmaydur. G’olibo, xat bitirda johillig’ing ham ushbu jihattindur. Takalluf qilay deysen, ul jihattin mutlaq bo’ladur. Bundin nari betakalluf va ravshan va pok alfoz bilan biti; ham senga tashvish ozroq bo’lur va ham o’qug’uvchiga».
Bobur ana shu maktubida o’z o’g’lini adolatli, haqgo’y, insofli bolishga, kamtarlik va kamsuqumlikka undaydi.
Bir sherida:
Davlatqa yetib mehnat elin unutma,
Bu besh kun uchun o’zungni aseru tutma, —
deb yozgan Boburning o’zi ham doimo ana shu qoidaga amal qilardi.
Ulkan so’z boyligiga ega bolgan va o’zbek adabiy tilining rivojida salmoqli o’rin tutgan «Boburnoma»da keltirilgan va asarning filologik qimmatini oshirgan ajoyib rivoyatlar, ta’sirchan sheriy parchalar, jozibador iboralar, ayniqsa, «Har kimdin yaxshi qoida qolg’on bolsa, aning birla amal qilmoq kerak», «Yomon ot bila tirilgandin yaxshi ot bila olgan yaxshiroq» kabi juda ko’p uchraydigan hikmatli so’z darajasiga ko’tarilgan jumlalarning hammasi kishini bilimdonlikka, ezgulikka, xushfehllik va shirinsuxanUkka chaqiruvchi xitobdek eshitiladi.
Bobur kishining hayotdagi eng asosiy burchi hamma joyda ham o’zini tuta olishdan va yaxshi xulq-atvorli bolishdan iborat ekanini ta’kidlab:
Xulqingni rost etgil, har sorig’aki borsang,
«Ahsanta» der bori el, gar yaxshi ot chiqarsang, —
desa; boshqalarga doimo yaxshilik qilish eng olijanob fazilat ekanini ta’kidlab:
Bori elga yaxshilig’qilg’ilki, mundin yaxshi yo’q,
Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig’,
— kabi misralar orqali ifodalaydi.
O’z ijodida ezgulikni, inoqlikni, vafodorlikni ardoqlagan shoir o’zidan avvalgi kasbdoshlariga ergashib yovuzlikni, zulmni, qabibixlikni qoralaydi. Xalqimizning «Ekkaningni—o’rasan» degan naqliga amal qilib:
Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidir,
Harkimkijafo qilsa, jafo topqusidur.
Yaxshi kishi ko’rmagay yomonlig’ hargiz,
Har kimki yomon boisa, jazo topqusidur, —
deb yozadiki, Bobur sherlarida bunday hayotiy, jozibali misralar ko’plab topiladi.
Bobur fikricha, yoshlar shaxsini hayotning o’zi shakllantiradi, lekin bunda mehnat va mehnatda toblanish muhimdir. Mehnat qilgan va mashaqqat chekkan kishilardangina chinakam insoniy fazilatlar tarkib topadi.
3. Zahriddin Muhammad Bobur merosidan axloqiy tarbiya jarayonida foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari
Bobur ota tomonidan Аmir Temurning, ona tomonidan Chingizxonning avlodidir. Uning tomirida Markaziy Osiyodagi ikki buyuk fotihning qoni oqqan.
Zahriddin Muhammad Bobur 1483 yilda otasi Mirzo Umar Shayx hukmronlik qilgan Ôargʼonada tugʼilgan. 11 yoshida otadan yetim qolgan. U “Boburnoma” kitobining ilk satrlarida shunday yozgan: “... sarvari koinotning shafoati bilan va chahoriyori bosa-folarning himmati bilan seshanba kuni ramazon oyining boshida tarix sekkiz yuz toʼqson toʼqquzda, yaʼni 1494 yil iyunida Ôargʼona viloyatida oʼn ikki yoshda podshoh boʼldim”.
Bobur yoshlik chogʼlaridanoq juda koʼp mushkullik va qiyinchi-liklarni boshidan kechirishga majbur boʼlgan. Oʼzining bobo meros mulki hisoblanmish Samarqandni ikki marta zabt etgan va ikki martasida ham qoʼldan bergan. Nihoyat, u yigirma bir yoshida ota yurtini tark etib, Xindikush osha Qobulni ishgʼol qilgan. 1511 yilda Bobur Samarqandni qaytarib olishga yana bir bor uringan. Bu gal gʼalaba nashʼasini surgan boʼlsa ham, kelgusi yil-dayoq Samarqandni qoʼlidan chiqargan. Shu tariqa Bobur Samarqand-ni uch karra zabt etib, uch karra boy bergan.
Bobur Xindistonda yirik davlat tuzgan va oʼzi podshoh boʼlib, Jamna Yamuna daryosi boʼyidagi Аgra shahrida poytaxt qurgan.
Bobur 1530 yil kuzida qattiq xastalanib, podsholikni katta oʼgʼli Xumoyunga topshirgan va 26 dekabrda oʼz qarorgohida vafot etgan.
Bobur ajoyib sarkardaligi bilan birga maʼrifatparvar shoh va nozik didli shoir ham boʼlgan. U oʼz asarlarida goʼzallikni kuylagan, insonlarni yaxshilik qilishga, hunar, ilm-fanni oʼrganishga daʼvat etgan.
Bobur asarlarining mavzuchi rang-barang boʼlib, ularda insonning maʼnaviy qiyofasi, ilm-fanning foydasi, muhabbat, yaxshilik va yomonlik tasvirlangan. U yaratgan “Xatti Bobruiy” asari arab yozuvini osonlashtirishga qaratilgan. Bobur arab harf-larining osti va ustiga qoʼyiladigan diakritik belgilar zol-zabar oʼrniga harflar kiritishni taklif qilgan. Buyuk adib xalqni osonroq savodli qilish yoʼlini izlab yaratgan mazkur alifbo amalga oshmadi. Chunki uni islomga shak kelitrish bilan barobar deb hisoblandi.
Bobur Xindistonda madaniyat va maʼrifat oʼrnatdi. U juda erta hayotdan koʼz yumgan boʼlsa-da oʼzining ishlari bilan “Bobur-noma” deb atalgan asari bilan tarixda unutilmas nom qozondi.
“Boburnoma” asosan Xindistonda Boburiylar saltanatini barpo etgan shoh Boburning tarjimai holi boʼlib, unda muallif oddiy va jonli til bilan oʼzining yooʼl qoʼygan xatolarini, qozon-gan gʼalabalarini, yuksak orzu-umidlarini, tushkunlik holatlarini hikoya qilgan. Аsar Аvliyo Аvgustino va Russoning kashfiyotlari, Gibbon va Nüyutonning yodnomalari qatoridan oʼrin olgan. Mazkur kitob umri davomida koʼpdan-koʼp yuksalishlar va tanazzullarni boshidan kechirgan insonning ibratli tarixidirki, uning yuksalishlari qanchalik sarbaland boʼlsa, tanazzullari shunchalik tubsizdir.
Farzanddagi baxt-saodat keltiruvchi bosh fazilat iymonidir, deb bunday yozgan edi:
Bobur, avvalig’a farz qil ta’rif
Kim, bor insonga avval ul taklif.
Budir – iymon men aytayin, eshiting,
Harna der – men, ani ko’ngulga biting...

Bobur qirq yetti yilu oʼn oy umr koʼrgan boʼlsa, “Boburnoma” uning hayotidan atigi oʼn sakkiz yilini qamragan. Kitob Bobur-ning oʼz qoʼli bilan turkiy tilda yozilgan. Unda Bobur ijodiyotida taʼlim-tarbiya, odob-axloq masalalari keng oʼrin olgan. Bir asarida:


Xulqingni rost qilgʼil har sorigʼaki borsang,
Аxsanta der bari el gar yaxshi ot chiqarsang,-
deb yozgan Boburning oʼzi umr boʼyi ana shu gapiga rioya qilgan. Koʼp gʼazallarida axloqning barcha normalariga rioya qilish kerakligini va shundagina kishi el hurmatiga, katta baxtga sazovor boʼlishini uqtirgan. Insonlarga hurmatni, mehr-oqibat va boshqa ezgu fazi-latlarni doimo ulugʼlagan. Quyidagi ruboiy Boburning kamtarli-gidan, fikr-mulohazaliligidan dalolat beradi:
Ey, yel, borib ahbobqa nomimni degil,
Xar kim meni bilsa, bu kalomimni degil.
Mendin demagil, gar unutilgan boʼlsam,
Xar kimki meni soʼrsa, salomimni degil.

Bobur sheʼrlarida haqiqiy, barkamol inson timsoli madh etiladi, ulugʼlanadi. Eng avvalo, insonning qadr-qimmatini yuqori tutish, amal va davlatga erishib gʼururlanmaslik, kamtarin-lik kabi xislatlar targʼib etiladi. Bobur taʼlim-tarbiya haqida gʼoyalarini oʼzining “Boburnoma”, “Mubayyan”, “Risolai volidiya” kabi asarlarida bayon etgan.


Bobur inson kamolotining birinchi ostonasi oila ekanligi-ni uqtirib, u jarayon nihoyatda qiyin va murakkabligini his etgan edi. Bolalarning axloq-odob qoidalarini oʼrganishi koʼp jihatdan atrofdagi shaxslarga bogʼliqligini yaxshi bilgan Bobur oʼz farzand-larini tarbiyalashda tadbirkor, bilimdon odamlar bilan maslahat-lashib, tajribali fozil va tarbiya koʼrgan kishilar bilan kengashib ish tutgan. U oʼzining “Eʼtiqodiyya” asarida bolalarni yoshlikdan boshlab eʼtiqodli, imonli qilib tarbiyalash masalala-riga eʼtibor bergan. Ôarzanddagi baxt-saodat keltiruvchi bosh fazilat iymonidir, deb bunday yozgan edi:
Bobur, avvaligʼa farz qil taʼrif
Kim, bor insonga avval ul taklif.
Shudir – iymon men aytayin, eshiting,
Xarna der – men, ani koʼngulga biting...
U farzand tarbiyasida qoʼllanishi lozim boʼlgan usullar deb:
1. Ota-onani farmoni farzand uchun vojibligi.
2.Barcha insonlarga yaqinligini oʼrgatish.
3.Xar bir paytda oʼzingizni ibrat aylab koʼrsatish.
Mustaqillik, qatʼiylik va uddaburonlik uchun bolaga doimiy talablarni qoʼyish va uning ijrosini kuzatish. Uning bu ish uslubini oʼgʼli Xumoyunga qilgan nasihatidan koʼrsa boʼladi. U oʼgʼli Xumoyunga doimo aql-zakovat va bilimga tayanib harakat qilish kerakligini taʼkidlagan: “... Yana ulugʼ ish ustiga borasen, ish koʼrgan, ray va tadbirliq beklar bila kengashib, alarning soʼzi bila amal qilgaysen. Аgar meni rizomni tilarsen, xilvatnishi-liqni va el bila kam ixtilotliqni bartaraf qilgʼil. Kunda ikki navbat iningni va beklarni ixtiyorigʼa qoʼymay qoshinga chorlab, maslahat boʼlsa kengashib, bu davlat xalqlarining ittifoqi bilan har soʼz unga qaror bergaysen”.
Bobur farzandi Xumoyunning kamchiliklarini koʼrgan zahoti ularni tuzatish uchun ogohlantirgan. Unga yozgan maktubida: “Xatingni xud tashvish birla oʼqusa boʼladur, vale asru mugʼlaqtur. Nasri muammo hech kishi koʼrgan emas... Shundin nari betakalluf va ravshan va pok alfoz bila biti, ham senga tashvish ozroq boʼlur va ham oʼqugʼonga”, - deb taʼkidlagan.
Bobur sheʼrlarida inson kamoloti uchun ilmning naqadar zarurligi qayta-qayta uqtirilgan:
Kim yor anga ilm tolibi ilm kerak,
Oʼrgangali ilm tolibi ilm kerak.
Men tolibu ilmu tolibi ilm yoʼq,
Men bor men ilm tolib ilm kerak.
Bobur ilm toliblari “hamisha yuksak fazilatlarga ega boʼlishi lozim” deb hisoblagan, ularning kamtar, sofdil, xalqni hurmatlaydigan fazilatlarga ega boʼlishini istagan:
Shori elga yaxshilik qilgilki, mundin yaxshi yoʼq,
Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshiliq.
Shoburning taʼlim-tarbiyaviy qarashlaridagi bosh masala vatanga cheksiz muhabbatdir. Uning shu mavzudiga sheʼrlari kitob-xonni ona-Vatanni sevishga, unga fidoyi, sodiq boʼlishga, oʼz xalqiga xizmat qilishga chorlaydi, oʼquvchining qalbida yuksak insonparvarlik tuygʼularini uygʼotadi:
Tole yoʼq jonimgʼa baloligʼ boʼldi,
Xar ishniki qildim xatoligʼ boʼldi.
Oʼz yerni qoʼyub hind sori yuzlandim.
¡rab, netayin, ne yuzi qaroligʼ boʼldi.
Koʼpdin berikim yoru diyorim yoʼqtur,
Bir lahzau bir nafas qarorim yoʼqtur.
Keldim bu sari oʼz ixtiyorim birla
Lek borurimda ixtiyorim yoʼqdur.
Bobur taʼlim-tarbiyaga doir gʼoyalarini oʼz boshidan kechirgan, koʼrgan va bilgan voqealardan xulosalaydi. U oʼz zamonasidagi badxulq, bemehr uqubatsiz insonlarga qarata shunday yozgan edi:
Qolmadi hurmat ahli olamda,
Olamu olam ahlidin bu ilik.
Bobur ikki podshohligidin,
Yaxshiroq bu zaminda bir beklik.

Bobur hamma vaqt ijobiy insoniy fazilatlarni yuksak qoʼyadi. Lekin shu insonlarga xalaqit beruvchi salbiy sifatlarni u oʼzining masnaviy va ruboiylarida tanqid qiladi:

Davlatqa yetib mehnat elin unutma,
Shu besh kun uchun oʼzingni asru tutma...
Beqayd menu xarobi sim ermasen...
Xam mol yigʼishtirur laim ermasmen.
Bobur ruboiylarida nafs xohishlariga berilmaslikka unday-di. Chunki nafs insonni yomon yoʼllarga olib kiradi. Oʼz nafsini tiya olishi, aqlga asoslanib rejali ish olib borish zarurligini taʼkidlaydi:
Nafsing kasbidur havoyu havas,
Ruh oldidadir bular yaramas.
Nafs dushman durur, yaqin bilgil,
Doʼstim bu soʼzni chin bilgil.

Bobur yosh avlodni toʼgʼrilik, mehribonlik, vafodorlik, ezgu-lik hamda yaxshi kishi yaxshilik koʼradi, yomon kishi yomonlik koʼradi qoidasiga asoslanib shunday yozgan edi:


Xar kimki vafo qilsa, vafo topqusidir,
Xar kimki jafo qilsa, jafo topqusidir.
Yaxshi kishi koʼrmagay yomonligʼ hargiz,
Xar kimki yomon boʼlsa, jazo topqusidir.

Bobur tabiatdagi moʼʼjiza va goʼzallikning shaydosi edi. Bobur oʼz vatanini chuqur bilganligi sababli handasa ilmiga juda katta yangiliklar kiritdi. U yonlab hayvonlarni oʼrganib foyda-ziyonni, inson parvarishiga muhtojligini alohida uqtirdi hamda ularni tavsiflab berdi. Quruqlikdagi hayvonlar, suv va suv yoqalarida yashaydigan qushlar, suv hayvonlari, hatto daraxtlar, mevalar va gullarni tabiatshunoslarga xos ilmiy asoslab bergan.

Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Bobur va boburiylar xalqimizning buyuk farzandlaridir. Ular o‘zlarining serqirra faoliyati va ijod durdonalari bilan jahon madaniyati tarixiga munosib hissa qo‘shdilar.
Zahiriddin Muhammad Bobur oʻrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoir, olim boʻlish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan boʻlsa, serjilo oʻzbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Uning nafis gʻazal va ruboiylari turkiy sheʼriyatining eng nodir durdonalari boʻlib, “Mubayyin” (“Bayon etilgan”), “Xatti Boburiy”, “Harb ishi”, Aruz haqidagi risolalasi esa islom qonunshunosligi, sheʼriyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa boʻlib qoʻshildi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Vohidov R., Eshonqulov H. O'zbek mumtoz adabiyoti tarixi. -Toshkent: Yangi asr, 2006.


2. Valixo’jaev B., Tohirov Q. O`zbek adabiyoti tarixi. XVI asr. – Sam.: SamDU nashri, 2002.
3. Abdug’afurov A. Bobur she’riyati. Bobur. Devon. –T.: Fan, 1994, 3-14 –betlar.
4. Adizova I. O’zbek mumtoz adabiyoti tarixi. (XVI-XIXasr I yarmi) -Toshkent, Fan, 2006. -240 b.
5. Zahiriddin Muhammad Bobur. Devon. -T.: Fan, 1994.
Yüklə 78,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin