Reja: Zamonaviy


Lazerli printerlarning asosiy xarakteristikasi



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə17/20
tarix19.05.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#117911
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Reja Zamonaviy

Lazerli printerlarning asosiy xarakteristikasi:
Chop qilish tezligi. Mexanik holda varaqni tortish va kompyuterdan kelayotgan ma’lumotlarni qayta ishlash tezliklari bilan aniqlanadi. O`rtacha chop qilish tezligi bir minutda 4 – 16 betgacha (hatto 40 betgacha).
Tasvirlash qobilyati. Zamonaviy kompyuterlarda 2400 dpi.gacha yetadi. Standart qiymati 300 dpi. Xotirasi. Lazerli printerning ishlashi juda katta hisoblashlar bilan bog`liqdir. Masalan, tasvirlash qobilyati 300 dpi bo`lganlarda, A4 formatli varaqda 9 mln. ga yaqin nuqta mavjud bo`ladi va ularning har birining koordinatalarini hisoblab chiqish kerak. Axborotni qayta ishlash tezligi printerdagi protsessorning taktik chastotasi va tezkor xotirasining hajmiga bog`liqdir. Rangsiz lazer printerlarning tezkor xotirasi 1 Mbaytni tashkil qiladi, ranglilarniki esa bundan kattaroq.
Qog`oz. Sifatli qog`ozlar ishlatilishi shart.
Tabiiyki, bunday xarakterlarga ega bo`lgan printerlarning narxi ham balandroqdir. Uning bir kamchiligi – unda ishlatiladigan toner va kartrijning tez – tez alamashtirib turilishidir. Bu printerlarning sifatli va uzoq ishlashi ularning barabaniga bog`liq. Qimmat bo`lmagan printerlarning barabanlari ishlash muddati 40 – 60 ming varaqa yetadi. Uning bir toneri taxminan 1500 – 2500 varaqqa yetadi.


Skanerlar


Skaner – matn, grafika, tasvirlarni kompyuterga kiritishni avtomatlashtirish uchun xizmat qiluvchi qurilma. Kompyuterga biror mavjud bo`lgan matnni yoki grafik tasvirlarni kiritib, ularni keyinchalik qayta ishlash kerak bo`lganda skanerdan foydalaniladi. Agar bunday axborotlarni standart kiritish qurilmalari yordamida kiritsak juda ko`p vaqt talab qilinadi. Skaner qilingan axborotlar maxsus dasturlar yordamida qayta ishlanadi va matnli yoki grafikli fayllar ko`rinishida saqlanadi.
Skanerlar rangli va rangsiz bo`ladi. U hozirda, asosan rangli ko`rinishda chiqarilayapti. Uning andazasi sifatida HP (Hewlett Packard) firmasi ishlab chiqaradigan HP Scanjet rusumli skanerlar qabul qilingan.
Uning asosiy xarakteristikasi ma’lumotlarni aniq, tiniq, lozim bo`lgan rangda (xususan, oq – qora rangli) ko`rinishda chiqarish qobilyatidir. Ushbu tasvirlash qobilyati gorizontal va vertikal chiziqlardagi nuqtalar (piksellar) soni orqali belgilanadi.
Odatda, bu xarakteristika misol uchun 300x600, 600x1200 ko`rinishda bo`ladi. Bu degani gorizantal chiziqlar bo`yicha piksellar soni 300 (600), vertikal bo`yicha piksellar soni 600 (1200) ekanligini bildiradi.
Nuqtalar soni qancha ko`p bo`lsa, ma’lumotlar aniqroq tasvirga ega bo`ladi. Shuni aytish lozimki, dastur vositalari yordamida skanerning tasvirlash qobilyati ancha kuchaytirilishi mumkin. Skanerlarni ishlatish jarayonida, ayniqsa, matnlar bilan ish ko`rilganda u yoki bu milliy til drayverlarni aniq aks ettiruvchi dasturlardan foydalanish zarur.
Skanerni kompyuterga ulash uchun turli usullardan foydalaniladi. Ba’zi skanerlar maxsus kontrollerga (kengaytiruvchi plata) ega bo`lib, ular u orqali ulanadi. Bunda plata kompyuterning asosiy platasining (sistema platasi) maxsus joyiga ulanadi va o`sha plata orqali ulanadi.
Ba’zi skanerlar parallel portga to`g`ridan – to`g`ri ulanadi. Hozirda, asosan, SCSI – 3 interfeysi orqali ulanadi. Bu andaza kompyuterga ko`plab tashqi qurilmalarni, shu jumladan,
skanerni ulash imkonini beradi. Turli kompyuterlar uchun dastur birligini ta’minlash maqsadida TWAIN qaydnoma ishlatiladi.
Skaner dastur boshqaruvida ishlaydi. Matnlarni yaxshi tanish uchun maxsus obrazlarni tanuvchi dastur vositalaridan foydalaniladi. Bunday dasturlar hatto qo`lyozmalarni ham tanish qobilyatiga ega. Shunday dasturlar Fine Reader va Cunei Form nomlari bilan ataladi.
Tasvirlar (rasm, grafik) bilan ishlash uchun Adobe PhotoShop dasturi ishlatiladi. Uning yordamida tasvirlar ustida turli tahrir qilish ishlari olob boriladi.



Modemlar
Simsiz modem Ichki modem



Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin