Bu oqim asosiy magnit oqimiga qarama-qarshi yo‘nalgani uchun uni, shuningdek, elektr yurituvchi kuch E1 ni ham kuchsizlantirmoqchi bo‘ladi. U holda transformator elektrik muvozanat holatining buzilishiga yo‘l qo‘yiladi. Ammo birlamchi chulg‘amning magnitlovchi kuchi 1 w1shunday o‘zgaradiki, natijasida transformatorning muvozanat holati saqlanib, o‘zakdagi asosiy magnit oqimi Ф miqdor jihatidan o‘zgarishsiz qoladi. Bu holda magnitlovchi kuchlar muvozanati quyidagicha ifodalanadi:
1 w1 + 2 w2 = 0 w1yoki 1 w1= 0 w1 - 2 w2 (4.9)
Demak, birlamchi tokning magnitlovchi kuchi ikkilamchi tokning magnitsizlash ta’sirini kompensatsiyalaydi. Agar (4.9) ifodaning ikkala tomonini wг ga bo‘lsak, magnitlovchi kuchlar tenglamasidan toklar tenglamasiga o‘tish mumkin:
( 4.10)
Bu yerda kattalik ikkilamchi tokning magnitsizlash ta’sirini muvozanatlovchi birlamchi tokning tashkil etuvchisi hisoblanadi. Shuning uchun bu kattalik ikkilamchi tok deyiladi. U holda birlamchi tok
1= 0 - 2 (4.11)
Ya’ni salt ishlash toki bilan keltirilgan ikkilamchi tokning geometrik yig‘indisiga teng. Yuklama toki I2 noldan boshlab, tok I1 esa salt ishlash toki I1 dan boshlab ortadi. Salt ishlash toki nominal tokning I0 = (2,5‚10%) • I1nom ulushini tashkil etadi. Taxminiy hisoblashlarda 1 ≈ deyish mumkin.
Yuklama toki I2 ning o‘zgarishi bilan tok I1 ning tashqi ta’sirsiz o‘z-o‘zidan o‘zgarishi transformatorning o‘z-o‘zidan rostlanishi deyiladi. U holda ikkilamchi zanjirning yuklama rejimidagi elektr muvozanati tenglamasi Kirxgofning ikkinchi qonuniga binoan
Ū2=2-Ū R2-2S,
Bu yerda: Ū2— ikilamchi chulg‘am uchlaridagi kuchlanish; I2xR2 = ŪR2ikkilamchi chulg‘amdagi kuchlanishning aktiv pasayishi; E2s - tarqalgan magnit oqimi Ф2S tufayli induksiyalangan EYuK.
F2S ikkilamchi chulg‘amdagi kuchlanishning induktiv pasayuvi ŪL1=2·XL2bilan kompensatsiya qilinadi, u holda
yoki Ū2=2+Ū R2+ŪL2 (4.12)
Ū 2 = 2 + 2R2 + 2XL2 (4.8), (4.11) va (4.12) tenglamalar yordamida transformatorning yuklama rejimidagi vektor diagrammasini qo‘shib quramiz.