Renessans ta’lim universiteti boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 305-guruh talabasi Zamira Abduvaliyevaning Ona tili o’qitish savodxonligi va uni o’qitish metodikasi Fanidan



Yüklə 96,74 Kb.
səhifə1/7
tarix02.06.2023
ölçüsü96,74 Kb.
#122316
  1   2   3   4   5   6   7
Zamira


RENESSANS TA’LIM UNIVERSITETI
Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 305-guruh talabasi Zamira Abduvaliyevaning Ona tili o’qitish savodxonligi va uni o’qitish metodikasi
Fanidan

KURS ISHI

Mavzu: Savod o‘rgatish darvi yozuv darslarida nutq o‘stirish.


Ilmiy rahbar: Marupova N.
Toshkent 2023


MUNDARIJA


Kirish...............................................................................................................3


I BOB. Savod o’rgatish jarayoni haqida umumiy ma’lumot, uni tashkil etish.
1.1 Savod o’rgatishni to’g’ri tashkil etish bolalarning nutqiy tayyorgarkigini oshirish…..………..….……………………………….……………….....…5


1.2.Savod o'rgatish davrida o'quvchilarni o’qishga o’rgatish……....…….....14


II BOB O’qish darslarida o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish va yozuvga o’rgatish.
2.1Savod o’rgatish jarayonida yozuvga o’rgatish.................................….....21


2.2 O’qish darslarida nutq o’stirishga yaratilgan imkoniyatlar ………….…28


Xulosa ……………………………………………………………………..36


Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………….….37

KIRISH.


Mavzuning dolzarbligi.Har bir mamlakatning taraqqiyoti, istiqboli, farovonligi, ma’naviy yuksalishi, jahonning eng rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin olishi– bilimli, yuqori intellektual salohiyatli, qalbiga va ongiga ezgu fazilatlarni mujassamlagan yoshlarga bog‘liq hisoblanib, har jihatdan yetuk va barkamol, Vatan taqdiri uchun sidqi dildan xizmat qiladigan, fidoyi, iymonli avlodni voyaga yetkazish, o‘qitishni sifatli va mazmun jihatdan yuqori pog‘onalarga olib chiqish avvalo o‘qituvchi va tarbiyachi murabbiylar zimmasiga sharafli va ayni paytda mas’uliyatli vazifani yuklaydi.
O‘zbekiston Respublikasi huquqiy demokratik jamiyat qurish yo‘lidan borar ekan, o‘z fuqarolarining, ayniqsa, yangi jamiyat barpo etishga bel bog‘lagan, o‘sib kelayotgan yosh avlodning barkamol bo‘lib voyaga yetishiga alohida e’tibor qaratmoqda.
Barkamol shaxs tarbiyasini tashkil etish barcha davrlarda ham ijtimoiy jamiyatning muhim talabi va asosiy maqsadi bo‘lib kelgan.Tabiiyki hozirgi ta’lim islohotlari sharoitida ham barkamol avlod tarbiyasi haqida gapirar ekanlar: «Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tibori avvlambor farzandlarimizning unib, o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishga bog‘liqdir.»1 – deb alohida ta’kidlaganlar.
Hozirgi paytda yuz berayotgan globallashuv jarayoni va jamiyatni isloh etish sharoitida yangicha fikrlovchi shaxslarni tarbiyalash ta’lim tizimida ham jiddiy o‘zgarishlar kiritishni talab etadi. Dunyo davlatlari orasida O‘zbekiston Respublikasida birinchilardan bo‘lib umumbashariy tavsifga ega mazkur muammoni hal etishga doir konseptual-nazariy asoslar yaratildi va tizimli ravishda amaliyotga tatbiq etib borilmoqda. Mazkur ezgu maqsadni hayotda o‘z isbotini topishda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunining qoidalariga muvofiq, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi, jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir. Keyingi yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyat samaradorligini oshirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo‘naltirilgan qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Birgina 2015–2016-yillar davomida 459 ta maktabgacha ta’lim muassasalari mukammal ta’mirlandi va zamonaviy talablarga mos ravishda jihozlandi. Shu bilan birga, bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlari va o‘quv-tarbiyaviy rejalariga qo‘yilgan davlat talablarini takomillashtirish dolzarb masalaligicha qolmoqda. Aksariyat maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamon talablariga javob bermaydi. Bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish ko‘rsatkichi hamon pastligicha qolmoqda1. Mavjud muammolarni amaliy bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017–2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. Dastur asosida keng ko‘lamli kompleks tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan:bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun ilg‘or xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda zarur shart-sharoitlar yaratish;maktabgacha ta’lim muassasalari uchun pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv reja va dasturlarini zamonaviy pedagogik texnologiya va metodlarni inobatga olgan holda takomillashtirish;2200 ta maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiytexnika bazasini mustahkamlash, jumladan qishloq aholi punktlarida yangi maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, uskunalar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, multimedia resurslari bilan ta’minlash. Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun jami 2.2 trillion so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilmoqda.

Yüklə 96,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin