Replikatsiya
Replikatsiya DNK —
nuklein kislotalarning
oʻz-oʻzidan hosil boʻlish jarayoni, R. tufayli genetik
axborotning aniq koʻchirilishi va naslga utishi taʼminlanadi. R. mexanizmining asosida DNK
molekulasining
DNK
matritsasi (qolipi)da yoki
RNK
molekulasining
RNK matritsasida
fermentativ reaksiyalar yordamida sintezlanishi yotadi. Bu reaksiyalarni amalga oshiradigan
fermentlar orasida 1 sek.da 1000 tagacha nukleotidni sintezlaydigan (bakteriyalarda) DNK
polimeraza fermenti muhim oʻrinni egallaydi. DNK molekulasi yarim konservativ xususiyatga
ega, yangi hosil boʻlayotgan 2 ta DNK molekulasidagi zanjirlarning biri "eski", boshqasi "yangi"
boʻladi. R. birligi replik o n hisoblanadi. Termin F. Jakov va S. Brenner tomonidan taklif
qilingan.
Prokariotlar
genomi
, odatda, bitta,
eukariotlar
genomi juda koʻp replikonlardan
tashkil topgan. Tirik organizmlarda
in vivo
sharoitida boradigan R. oʻta aniq jarayon
hisoblanadi. Nuqgali mutatsiyalarni vujudga keltiradigan xatoliklar juda kam boʻlib, avlodga
nisbatan har bir nukleotid uchun 10’ dan yuqori boʻlmaydi. Eukariotlarda R. birmuncha sekin
(sekundiga 100
nukleotid
), ammo bir vaqgning oʻzida bir DNK molekulasining bir necha
nuktasida amalga oshadi. R.ni xromosomalar sonining 2 baravar ortishi ham deyiladi. Bu
jarayon asosida DNK R.si yotadi.2ta bir hil qosh spiralli malekulani hosil bolishiga olib
keladigan DNK malekulasidan aniq nusxa kochirish jarayoni replikatsiya deb ataladi