RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2022 https://t.me/ResearchEdu_Journal
Multidisciplinary Scientific Journal June, 2022
232 davlatning iqtisodiyotga aralashish darajasi, iqtisodiy siyosatning mukammalligi,
davlat apparatining ish samaradorligi, banklar tizimining takomillashuv darajasi, pul
muomalasi va davlat budjetining barqarorligi, davlatning ichki va tashqi qarzlari
miqdori va boshqalar hal qiluvchi oʻrinda turadi. Investitsiya muhitiga kapitalni qabul
qiluvchi mamlakatning qonunlarida aks ettirilgan toʻg‘ridan-toʻg‘ri harajatlar va
xorijiy firmalarining faoliyatini chegaralovchi yoki taqiqlovchi omillardan tashqari,
toʻliq aniqlanmagan ba’zi bir qoidalar va muvofiqlashtirilmagan jarayonlarning
mavjudligi salbiy ta’sir etadi.
Mikroiqtisodiyot darajasida investitsiya muhiti bir tomondan investor firmasi va
ikkinchi tomondan xorijiy investitsiyani qabul qiluvchi xoʻjalik subyektlari, ya’ni
sotuvchilar, sotib oluvchilar, banklar hamda kasaba uyushma va boshqa jamoat
tashkilotlari oʻrtasidagi ikkiyoqlama munosabatlarni aks ettiradi. Bu darajada
investitsiya muhiti umumlashtirilgan baholar iqtisodiy, huquqiy va ma’daniy
jabhalarda yaqqol koʻrinadi. Makro va mikroiqtisodiyot darajalari birgalikda yagona
investitsiya muhitini tashkil etadi va potensial investorlar hamda kapitalni qabul
qiluvchi tomonlarning boʻlajak munosabatlarini belgilab beradi.
Odatda mamlakatda yaratilgan investitsiya muhiti ikki asosiy yoʻnalishda – “xatar
(tavakkalchilik)” va “imkoniyat (daromadlilik)” koʻrinishida tavsiflanib,
investitsiyalar kiritilishi va oʻzlashtirilishida kelib chiqishi mumkin boʻlgan xavf-
xatarlar va daromadlar olish uchun yaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy imkoniyat
va imtiyozlar tizimini oʻz ichiga oladi. Iqtisodiy adabiyotlarda uni tahlil qilishda asosiy
e’tibor ichki va tashqi xususiyatlarga qaratilishi va bu yoʻnalishda investitsiya
muhitining rivojlanish darajasi, uning jozibadorligi va investitsiya xatarini aniqlash
usullarining ahamiyati muhimligi e’tirof etiladi.
Investitsiya muhiti bu – investitsiya qabul qilayotgan davlatning mahalliy yoki
xorijiy investorlar uchun huquqiy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va eko-geografik jihatdan
yaratilgan maksimal darajadagi shart-sharoitlar va minimal darajadagi risklar
majmuidir. Bundan kelib chiqqan holda, investitsiya muhiti jozibadorligi – investorlar
sarmoyasini jalb qilishda mavjud imkoniyatlar va muhitda yaratilgan sharoitlarning
eng maqbullarini koʻrsatib bera olish darajasi. Qulay investitsiya muhitini
shakllantirish va rivojlantirish munosabatlari yuqorida ta’kidlanayotgan huquqiy,
siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va eko-geografik omillarning ta’sirida rivojlanar ekan,
ularni turli mezonlar boʻyicha tizimga solish va guruhlash mumkin.
Hech qaysi mamlakat rivojlangan davlatlarning amaliyoti va nazariyasini
oʻrganmasdan, jahon hamjamiyatidan ayri holda rivojlanmaydi. Shunday ekan, har bir
davlat ishlab chiqarishni namunali tashkil etish, iqtisodiyotda yuqori koʻrsatkichlarga
erishish, aholining ijtimoiy turmush darajasini oshirish uchun xorijiy hamkorlar bilan