Dehqon xo‘jaligi tarmog‘ini rivojlantirishni ekonometrik modellashtirish
Hozirgi bozor munosabatlari sharoitida Respublikamizdagi faoliyat yuritayotgan dehqon xo‘jaligi korxona va tashkilotlari xalqaro standartlarga mos keladigan takliflar berishi talab etiladi. Ular iste’molchilarga o‘z vaqtidagi, qulay va xavfsiz dehqon xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berishlari lozim.
Bunday sharoitda dehqon xo‘jaligi tarmog‘ini rivojlantirishni ekonometrik modellashtirish o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi;
Chunki bozor sharoitida: birinchidan, tavakkalchilik va noaniqlik elementlari mavjud;
Ikkinchidan, resurslar chegaralangan; uchinchidan, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida raqobat mavjud; to‘rtinchidan, iqtisodiy ko`rsatkichlarning istiqboldagi holatini oldindan ko‘ra bilish va boshqalar.
Dehqon xo‘jaligi tarmog‘i turli xil va bir-biridan aniq bir belgilari bilan farqlanadi.
Dehqon xo‘jaligi tarmog‘i murakkab jarayonli tarmoq bo‘lganligi uchun hayotiyligi ularning modellashtiriladigan ob’ektga qanchalik mos kelishiga bog‘liq.
Bitta modelda ob’ektning hamma tomonini aks ettirish qiyin bo‘lganligidan unda ob’ektning muhim harakteri va belgilarini aks ettiriladi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, ortiqcha soddalashtirilgan model qo‘yilgan talablarga yaxshi javob bera olmaydi. O‘ta murakkab model esa masalani yechish jarayonida qiyinchiliklar tug‘diradi.
Mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida joylarda dehqon xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun, har bir mintaqaning iqlimi, iste’mol madaniyati, bozor iqtisodiyoti sharoitlarini hisobga olgan holda, ekonometrik modellashtirishdan foydalanishni keng yo‘lga qo‘yish uchun qator muammolarni hal qilish talab etiladi.
Chunonchi: hududlar o‘rtasida dehqon xo‘jaligi tarmog‘idagi tafovutlarni bartaraf qilishni; joylarda dehqon xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi sub’ektlarni ustuvor tarzda rivojlantirishning modellashtirishni; joylarda dehqon xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi sub’ektlar o‘rtasidagi raqobat muhitini yaxshilashni; joylarda zamonaviy ilg‘or texnologiyalarni joriy etib, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqaruvchi mukammal texnologik jarayonlarni ustuvor rivojlantirishni; joylarda ishlab chiqarish fondlari va ishchi kuchlarini dehqon xo‘jaligi sohasiga yanada to‘laroq jalb qilishni, ya’ni jamiyatning chegaralangan resurslaridan to‘g‘ri foydalanishda boshqarishni modellashtirishni; dehqon xo‘jaligi tarmog‘ini rivojlantirib, ishlab chiqarish salohiyatini oshirish maqsadida zamonaviy texnologiyalarni kiritish, tadbirkorlik va biznesni rivojlantirib, o‘z-o‘zini ta’minlashga va ijtimoiy tenglikka erishish kerak.
Dehqon xo‘jaligi tarmog‘iga ta’sir etuvchi barcha omillarni quyidagi guruhlarga ajratish maqsadga muvofiq: material texnik omillar: ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, elektrlashtirish, avtomatlashtirish darajasi va sifati, qo‘llaniladigan texnologiyalarning darajasi, fanning rivojlanishi va boshqalar; tabiiy tarixiy omillar: kimyolash, melioratsiya, irrigatsiya va boshqa vositalar yordamida tuproq–iqlim sharoitlarini yaxshilash, chorvachilik va qishloq xo‘jaligi sohalarida seleksiya, genetika va boshqa omillar; tashkiliy xo‘jalik omillari: ishlab chiqarishni tashkil etishning ixtisoslashuvi, konsentratsiyasi, ilg‘or tajribaning qo‘llanilishi, boshqaruv tizimi va uslublarining xarakteri, darajasi va boshqalar; iqtisodiy omillar: ishlab chiqarishni rejalashtirish va istiqbolni belgilash, iqtisodiy tahlil, hisob va nazorat, mehnatni normallashtirish, ishlarni tariflashtirish va boshqalar; ijtimoiy omillar: inson qobiliyatlarini aniqlanishi va rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan omillar – jismoniy, psixologik, intellektual, mehnatga va uning natijalariga ijobiy munosabatlarning rivojlanishi va salbiy omillarning chetlashtirilishi bilan bog‘liqligi.
Oxirgi uchta omillar guruhi u yoki bu darajada ishlab chiqarish rivojlanishining mazkur bosqichi uchun xarakterli bo‘lgan ishlab chiqarish munosabatlari yig‘indisi bilan bog‘langan. Shu sababli ular ma’lum bir darajada ijtimoiy xarakterga ega, demak, ularning mazmuni haqida so‘z yuritish mumkin, ya’ni uchinchi va to‘rtinchi guruh omillarining tashkiliy - xo‘jalik va iqtisodiy mohiyati ustunligi hamda haqiqatdan o‘zida ijtimoiy, ijtimoiy - iqtisodiy, ijtimoiy - psixologik omillarni mujassamlashtirgan beshinchi guruh omillari ijtimoiy mazmuni ustunligi haqidadir.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda dehqon xo‘jaligi samaradorligining o‘sishiga ta’sir etuvchi omillarni quyidagicha guruhlash mumkin:
ijtimoiy demografik: aholining joylashuvi,
jinsi, yoshi, oilaviy axvoli bo‘yicha shakllangan tizimni qamrab oladi; ijtimoiy - kasbiy: ishlab chiqarishni sanoatlashtirish, kadrlarni tayyorlash va kasbga yo‘naltirish tizimini, ya’ni ta’lim, mutaxassislik razryad, staj, malakani oshirish bilan bog‘liqdir; ijtimoiy - maishiy: bunda turmush darajasi va uy - joy sharoitlarining yaxshilanishi, madaniy - maishiy xizmat, transport bilan bog‘liq muammolarning yechilishi, umumiy ovqatlanish va tibbiy xizmatning tashkil qilinishi, maktabgacha muassasalarning mavjudligi, insonlarning dam olishi va bo‘sh vaqtning unumli tashkil qilinishi bilan bog‘liq;
ijtimoiy - psixologik: korxonada, guruhda mehnat jamoasining ijtimoiy - psixologik holatini, ish bilan qoniqganligi, o‘zaro yordam va do‘stona munosabatlarning rivojlanishini, sog‘lom ma’naviy holatning tashkil qilinishini o‘zida aks ettiradi; ijtimoiy - ishlab chiqarishga oid: mehnatni tashkil qilishni boshqarishda, raqobatda ishtirok etishni, mehnatga haq to‘lash tizimini, bajarilayotgan ishga qarab haq to‘lashni, mehnat intizomini qamrab oladi;
ijtimoiy - iqtisodiy: bunga ish haqi darajasi, jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad kiradi.
Dehqon xo‘jaligi tarmog‘ini rivojlantirishga ta’sir etuvchi ijtimoiy omillarni bunday guruhlash rivojlanishning o‘sishida boshqarishdan to‘liq foydalanish imkonini beradi.
Aholiga dehqon xo‘jaligi tarmog‘i tarkibini baholash va uning klassifikatsiyasini belgilash uchun iqtisodiyotning takror ishlab chiqarish jarayoni tizimida dehqon xo‘jaligi tarmog‘i bajaradigan vazifalarni va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini xarakterlovchi belgi va mezonlarini ishlab chiqish kerak.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish uzoq vaqt mobaynida inson iqtsodiy faoliyatining, ijtimoiy jamoa hayotining bir qismi bo‘lib kelgan. Aynan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari iqtisodiy jamoa instituti sifatida insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar, foydali faoliyat mavjudligi - insoniyat jamiyati va turmushining zaruriy sharti hisoblanadi. Ta’kidlash lozimki, aynan dehqon xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishning rivojlanish darajasini nafaqat uning ishlab chiqarish kuchlari darajasida, balki iqtisodiy va madaniy holatini inobatga olgan holda oshadi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Demak, bundan ko‘rinib turibdiki, jamiyatdagi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi bilan dehqon xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish, xo‘jalik jihatlari kuchayadi, eng asosiysi, aholi tomonidan dehqon xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan talab ortib bormoqda.
Strategik rejalashtirish masalalari o‘rganilayotgan ob’ekt yoki iqtisodiy jarayonni anglab yetish bilan cheklanib qolmay, balki o‘rganish jarayonida to‘plangan bilimni bozor iqtisodiyoti amaliyotida qo‘llash, qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun unga ijobiy ta’sir o‘tkazish tajribasini egallashni ham ko‘zda tutadi. Dehqon xo‘jaligi tarmog‘ini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda tizimli yondashish usulini qo‘llash, unda amalga oshayotgan ehtimolli jarayonlar qonuniyatlarining miqdor va sifat jihatlarini o‘rganish va baholash esa murakkab bozor iqtisodiyotining tuzilish mexanizmlarini o‘rganish va ularni istiqbolli baholash imkoniyatini yaratadi.
Dostları ilə paylaş: |