Respublikamiz iqtisodiyotidagi tub o’zgarishlarni albatta xukumatimiz tomonidan olib



Yüklə 375,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/72
tarix26.10.2023
ölçüsü375,69 Kb.
#161662
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   72
6-y-Moliyaviy-tahlil-2-Oquv-qollanma-M-Raximov-T2003 unlocked

 


66
 
4.3. Firma va kompaniyalar iqtisodiy nochorligini tahlili 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’z harakat maydonida va uning ta’sirida rivoj topadilar, 
qayta tashkil etiladilar va bonkrot bo’ladilar. Tashkil etilayotgan har bir firma, kompaniya 
qatorida albatta o’z faoliyatini to’xtatayotgani ham bo’ladi. Negaki bozor- bu avvola raqobat 
demakdir. U imkon qadar bozorga xos tarzda faoliyat va harakatdagi o’zgaruvchanlikni talab 
etadi. Raqobatga bardosh bera olmagan firma va kompaniyalar o’z o’rnini boshqa firma va 
kompaniyalarga bo’shatib beradilar. 
Korxona va firmalarni bonkrot deb e’lon qilish va ularni tugatish shartlari davlat 
nomidan ish ko’ruvchi organlar tomonidan qat’iy belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Bunday vakolatga O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi xuzuridagi Iqtisodiy nochor 
korxonalar ishlari Ko’mitasi ega. Ushbu Qo’mita tomonidan firma va kompaniyalar 
(korxonalar)ni iqtisodiy nochor deb e’lon qilishning tartiblari belgilab boriladi va nazorat 
qilinadi. 
Firma va kompaniyalar iqtisodiy nochorligini belgilashda quyidagi ko’rsatkichlarga 
tayaniladi; 
-firma va kompaniya to’lov layoqati, qoplov koeffitsentini o’rganish; 
-firma va kompaniyaning moliyaviy mustaqillik va qaramlik darajasini o’rganish; 
-uzoq muddatli va joriy aktivlarni manbalashning holatini o’rganish; 
-o’z va qarz mablag’lari orasidagi nisbatni o’rganish; 
-ishlab chiqarish quvvatlaridan haqiqiy foydalanish darajasini o’rganish; 
-asosiy va nomoddiy aktivlardan foydalanish darajasini o’rganish; 
-muddati o’tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari holatini o’rganish. 
Bu ko’rsatkichlarni o’rganish asosida firma va kompaniyalarning iqtisodiy nochorligini 
oydinlashtiruvchi savollarga javoblar topiladi, iqtisodiy nochorlik belgilarini bor yoki 
yo’qligi aniqlanadi. Iqtisodiy nochorlikni belgilashda har bitta ko’rsatkichning me’yoriy 
darajalariga nisbatan o’zgarishlarga tayaniladi.

Yüklə 375,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin