17
Moliyaviy hisob va hisobot ma’lumotlariga iqtisodiy jarayonlarni o’zida
ifoda etuvchi
umumlashgan ma’lumotlar kiradi. Ushbu axborotlar moliyaviy hisobot shakllarida aks etadi.
Demak, xulosa qilishimiz mumkinki, tashqi moliyaviy tahlil faqat e’lon qilinadigan
moliyaviy hisobot shakllaridagi axborotlar asosida o’tkaziladi. Tashqi moliyaviy tahlil
moliyaviy hisob va hisobot ma’lumotlari, tanlab olingan ma’lumotlar asosida tashkil etiladi.
Moliyaviy hisobot shakllariga;
1-shakl”Buxgalteriya balansi”
2-shakl “Moliyaviy natijalar to’g’risidagi” hisobot
3-shakl “Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi” hisobot
4-shakl “Pul oqimlari to’g’risidagi” hisobot
5-shakl “Xususiy kapital”to’g’risidagi hisobot
-ma’lumotnomalar (2-A, 2-B,..,) va moliyaviy hisobotga ilovalar.
Moliyaviy tahlilni axborotlar bazasiga qo’yiladigan talablarga quyidagilar kiradi.
Ya’ni; axborotlar ishonchligi, taqqoslanuvchanligi, betarafligi,
pulda baholanishi,
uzluksizligi, hisobga olinish, hisob-kitoblarda xato va kamchiliklarga yo’l qo’yilmasligi,
daromad va xarajatlar, aktivlar va passivlar to’g’ri baholanganligidir. Bu talablar moliyaviy
hisob va hisobotlashning konseptual asoslarida ham belgilanadi.
Ma’lumotlarni mantiqiy tekshirishda,
hisob-kitoblarni aniqligi, raqamlarni bo’yab
yozishlarga yo’l qo’yilmaganligi, turli hisobot shakllaridagi nazorat raqamlarining mosligiga
axamiyat berish lozim.