Respublikamiz iqtisodiyotidagi tub o’zgarishlarni albatta xukumatimiz tomonidan olib


Lizing hisobiga olingan mablag’lar tahlili



Yüklə 375,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/72
tarix26.10.2023
ölçüsü375,69 Kb.
#161662
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   72
6-y-Moliyaviy-tahlil-2-Oquv-qollanma-M-Raximov-T2003 unlocked

 
2.7. Lizing hisobiga olingan mablag’lar tahlili
Lizing operatsiyalarini yo’lga qo’yilishi albatta, puxta ishlangan investitsion loyihalar 
asosida tashkil etiladi. Investitsion loyihalar esa o’z-o’zidan iqtisodiy va moliyaviy tahlil 
asosidagina aniq echimiga ega bo’ladi. 
Investitsion loyihalarning moliyaviy va iqtisodiy tahlilini bevosita shu asnoda 
o’tkazilishi ham bejiz emas.
Kompaniya va firmalar erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida turli kredit institutlari bilan 
shartnomaviy asosda qarz munosabatlarini yo’lga qo’yishni talab etadi. Ana shunday 
institutlardan biri bu lizing kompaniyalari hisoblanadi. Lizing kompaniyalarini imkoniyatli 
tomoni shundaki bunda, ulkan moliyaviy resurslar talab qilinadigan texnika va 
texnologiyalarni olib kelinishi, xo’jalik yuritish sub’ektlari yoki tadbirkorlarga qimmatga 
tushadi.
Birinchidan: kompaniya yoki firma uning moliyaviy imkoniyatiga ega emas. Ega 
bo’lingan hollarda ham uning birdaniga jalb qilinishi mablag’larning oqlanuvchanlik davrini 
oshirib yuboradi. Ana shunday hollarda kompaniya albatta lizing asosida mablag’larni 
joylashtirishdan manfaat ko’radi. 
Mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarishini yo’lga qo’yish va uning aylanmasi asosida 
ega bo’lingan mablag’lar hisobiga davriy to’lovlarni amalga oshirilishi, kelishilgan muddat 
tugashi bilan texnika va texnologiyalarni o’z egaligiga o’tishi, lizing to’lovlarini asosiy 
qismini ishlab chiqarish xarajatlariga olib borilishi va boshqa yutuqli jihatlar lizing 
operatsiyalarini ham imkoniyatligini xarakterlaydi. 
Albatta, narxlar o’zgaruvchanligi sharoitida investitsion loyihalarning uzoq 
davriylikdagi prognozining aniq echimini berish qiyin masala. Shu sababli, turli risklarni 
hisobga olish, inflyatsion jarayon, to’lovlarni amalga oshirish shakllariga ahamiyat berish 
talab etiladi. Xuddi shu holat Respublikamizda investitsion kompaniyalarning aktiv 
ishtirokchisi sifatida lizing kompaniyalarini ish faoliyatiga sezilarli ta’sir etmoqda. Lizing 
kompaniyalari lizing shartlarida aktivlarni joylashtirishda turli qiyinchiliklarga duch 
kelmoqdalar.
Tahlil etishda lizing asosida korxona tasarrufiga va foydalanishiga berilgan asosiy 
vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqa aktivlar yuzasidan to’lovlarni davriy amalga 
oshirilishi, ularning oqlanuvchanligi va samaradorligi, foydalilik darajasiga muhim ahamiyat 
beriladi. Afsuski, lizing operatsiyalari bo’yicha olingan mulk va uning samaradorligi tahlilini 
uslubiy asoslari olimlar tomonidan endigina tadqiq qilinmoqda. Bu bir jihatdan o’rinli ham. 
Negaki rejali iqtisodiyot, ko’char va ko’chmas mulkni joylashtirishni markazlashgan 
ta’minotini, tartibini va qoidalarini belgilab bergan edi. Erkin bozor munosabatlari sharoitida 
esa bu mexanizmni saqlanishi o’rinsizligi kompaniya va firmalar oldiga ulkan ma’suliyat 
qo’yadi. Ya’ni: mulk va uni joylashtirishni, egalik va tasarruf etishni yangi shakllarini 
hayotga joriy etish zaruriyatga aylanadi. 


39

Yüklə 375,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin