3.6. Firma va kompaniyalar passivlarini joylashtirish va uning foydalikka ta’sirini tahlili Passivlar qatoriga firma, kompaniya kapitali va majburiyatlari kiritiladi. Kapital bu -
firma va kompaniyaning o’z mablag’lari qatoriga kiruvchi manbalari hisoblanadi. Uning
tarkibiga ustav kapitali, rezerv, qo’shilgan kapital, foydani taqsimlanmagan qismi, kelajakda
olinadigan foyda, daromadlar, zahiralar kiritiladi.
Majburiyatlar qatoriga firma, kompaniyaning joriy majburiyatlari, uzoq va qisqa
muddatli qarz kapitali kiritiladi.
Firma passivlari tuzilishini quyidagi jadval asosida tushunib olish mumkin.
3.6-jadval
Firma (kompaniya) passivlari va ularning tuzilishi Xususiy kapital
O’z
mablag’lar-
ining
manbayi
Maqsadli tushumlar,
zaxiralar, kelgusi
daraomadlar
Doimiy passivlar
Uzoq muddatli
majburiyatlar
Uzoq muddatli
majburiyatlar
Uzoq muddatli
majburiyatlar
Aylanma
mablag’larni
shakllantirish
manbayi
Passivlar
Majburiyatla
r
Joriy majburiyatlar
Kreditorlik
majburiyatlari
To’lov muddati
kelgan
majburiyatlar
Firma va kompaniyalar passivlarini joylashtirish uning foydalilik darajasiga sezilarli
darajada ta’sir etadi. Buni quyidagicha izoxlash mumkin. Masalan; firma va kompaniyaga
uzoq va qisqa muddatli majburiyatlarni jalb etilishi, ular yuzasidan to’lanadigan foizlar
hisobiga uning foydasiga sezilarli ravishda salbiy ta’sir etadi.
Xuddi shu holatni buxgalteriya balansining passiv tomoni, birinchi bo’lim moddalarida
ham ko’rish mumkin. Kelgusi davr daromadlari yoki kelgusi davr xarajatlari va to’lovlari
zahirasi holati ham uning faoliyat natijaviyligi ta’sir etuvchi birlik sifatida olinadi. Korxona
moliyaviy nobarqarorlik holatiga tushib qolgan hollarda ham uning faoliyat natijaviyligi
foyda bilan chiqish xollari kuzatiladi. Buni bevosita, aylanma mablag’larini manbalashda o’z
mablag’larining etishmovchiligi bilan izohlash mumkin.
Joriy majburiyatlar tarkibida kreditorlik majburiyatlarining ko’payib ketishi ham firma,
kompaniya faoliyat natijaviyligiga sezilarli ta’sir etadi. Negaki, uning xolati ishlab chiqarish
jarayoniga va uning boshqa tashkilotlar bilan bo’ladigan oldi-sotdi munosabatlariga ta’sir
etadi. Natijada firma, kompaniyaga ishonchsizlik tug’iladi.