Respublikamiz iqtisodiyotidagi tub o’zgarishlarni albatta xukumatimiz tomonidan olib



Yüklə 375,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/72
tarix26.10.2023
ölçüsü375,69 Kb.
#161662
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   72
6-y-Moliyaviy-tahlil-2-Oquv-qollanma-M-Raximov-T2003 unlocked

 
 
 


77
5.2. Firma va kompaniyalar ish faolligini asosiy va aylanma kapital 
bilan bog’liq bo’lgan ko’rsatkichlari tahlili 
Firma va kompaniyalar faoliyatida asosiy vositalarning rolini quyidagicha izoxlash 
mumkin; 
Birinchidan; asosiy vositalar ishchi kapitalini xarakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. 
Ikkinchidan; ular korxona ish unumini o’stirishni muhim omili
Uchinchidan; iqtisodiy salohiyatini o’stirishning muhim dastagi; 
To’rtinchidan; holati, harakati va samaradorligi bo’yicha moliyaviy barqarorlikni 
ta’minlashning muhim omilidir. 
Asosiy vositalarni bir yildan ortiq xizmat faoliyatida bo’lishi ularni qiymatini yillar 
bo’yicha oqlanuvchanligini xarakterlaydi. Ularning ish faolligini qat’iy belgilangan 
normativlari mavjud deyish xam mumkin. Masalan; engil transport vositalari va kompyuter 
jihozlari bo’yicha yillik 20 foiz amortizatsiya normalari belgilangan. Demak, mazkur asosiy 
vositalarni ishlab chiqarish jarayonida 5 yil davomida harakat qilishi zarur. Ya’ni, ularning 
bitta tsiklik aylanishi 5 yilga teng deb olinadi. Lekin eskirish hisoblashning turli usullarining 
mavjudligi (tezlashtirilgan, 2 karra oshirilgan, qoldiq, komulyativ va h.k.) ularning 
aylanuvchanligiga ta’sir etuvchi birliklar hisoblanadi.
Asosiy vositalarning aylanuvchanligini topishda ularning o’rtacha yillik qiymatini shu 
davrdagi mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan olingan tushumga nisbatlash asosida 
topiladi. Ya’ni; 
Ka=Mahsulot sotishdan tushum/Asosiy vositalarning o’rtacha yillik qiymati. 
Bunda; asosiy vositalarning o’rtacha yillik qiymati o’rtacha xronologik formula 
bo’yicha hisob-kitob qilinadi. 
Asosiy vositalarning yillik o’rtacha qiymati quyidagi bog’lanishda topiladi; 
 A=(1/2Aya+Af+Am+,..+1/2Ad)/13-1 
Bunda; 
Aya- 1 yanvar holatiga asosiy vositalar qiymati
Af- 1 fevral holatiga asosiy vositalar qiymati; 
,…
Ad- 1 dekabr holatiga asosiy vositalar qiymati. 
Asosiy vositalarning aylanuvchanligiga ta’sir etuvchi omillar sifatida; mahsulot (ish, 
xizmat) larni sotishdan tushum summasining o’zgarishi; asosiy vositalarning yillik o’rtacha 
qiymatlarining o’zgarishini kiritish mumkin. 
Asosiy vositalarning aylanish koeffitsenti orqali ularni bitta aylanishiga ketgan vaqtni 
xam aniqlash mumkin. Bu quyidagi bog’lanishda ifoda etiladi; 
Kd=365/Ka 
Lekin bu ko’rsatkichni aniqlash iqtisodiy jihatdan mazmunga ega emas deb qaraladi. 
Negaki asosiy vositalarning aylanish davri har qanday holatda ham bir yildan oshiq muddatga 
rejalashtiriladi. Agar shu shart bo’lmaganida edi ular ham moddiy oborot mablag’lari 
qatoriga kiritilgan bo’lar edi. 


78
Asosiy vositalarning aylanuvchanligi ularning tarkibi bo’yicha xam o’rganilishi 
mumkin. Masalan; faoliyat yo’nalishlari bo’yicha band qilingan asosiy vositalar bo’yicha; 
aktiv yoki passiv asosiy vositalar bo’yicha; asosiy vositalarning turi bo’yicha va hakoza. 
Aylanma kapital yoki joriy aktivlarni aylanishi ham umumiylik va alohidalikda 
o’rganiladi. Umumiylikda jami joriy aktivlari summasiga nisbatan, birlik ko’rsatkichlari 
bo’yicha tayyor mahsulotlar, zahiralar, pul mablag’lari, qimmatli qog’ozlar bo’yicha, 
debitorlik majburiyatlari bo’yicha aniqlanadi. 

Yüklə 375,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin