Involta Ilmiy Jurnali
Vol. 1 No.6 (2022)
358
Yer yuzida uran kam joylardagina uchraydi va uning zahirasi juda
chegaralidir. Tabiatda uran 235 holda bo'lib, uning miqdori qazib olingan uran
tarkibi 1% ni, qolgani esa 238 ni tashkil qiladi. Agar uni «tez» reaktorga joylashtirib,
maxsus ishlov berilsa, undan xom ashyo sun'iy izotop-plutoniy olinadi. Natijada
olingan yoqilg'ining samaradorligi 50-60 barobar oshadi.
Qozog'istonning Mang'ishton (BN-350) va Sverdlov viloyatining Beloyarsk AES
ida («BN-600») reaktor tezlashgan neytronda ishlaydi. Ularni suv o'rniga issiqlik
olib yuruvchi sifatida eritilgan natriydan foydalaniladi. Uning qaynash holati 900
0
C
va shu haroratda natriy bug'ga aylanadi, reaktor ichida bosim oshadi. Bu holatda
reaktor o'zini-o'zi o'chiradi, bosim pasayadi, portlash bo'lmaydi.
Hozirgi vaqtda olinayotgan ummiy elektr energiyaning 70% ga yaqini neft
yoqish orqali va gaz, ko'mir, torf yoqish hisobida bo'ladi. Ularning tabiatdagi
zaxirasi 200-300 yilga arang etadi xolos. Shuning uchun termoyadro energiyasining
xillari kelajak enegiya manbai hisoblanadi. Chunki, bir kunda, 1000000000 Kvt
energiya olish uchun 750 tonna ko'mir yoki 400 tonna neft, 250 gr
U
92
235
yoki 34 gr
og'ir vodorod sarflash kerak. Ularning ichida og'ir vodorod-deyteriy juda keng
tarqalgan, manbai cheksiz modda.
Hozirgi kunda AES lardan davlatlar aro foydalanish diagramasini ko’rib
o′taylik.
[3]
Dostları ilə paylaş: