Davlat soliq qo'mitasining huquqlari va majburiyatlari Davlat soliq qo'mitasiga va uning bo'ysunuvidagi bo'linmalarga yuklangan vazifalarni samarali bajarish maqsadida quyidagi huquqlar berilgan:
a) mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, vazirliklar, idoralar, korxonalarda (xorijiy investitsiyalarga ega korxonalami ham qo'shgan holda) O'zbekiston Respublikasi fuqarolarida, fuqaroligi bo'lmagan va xorijiy fuqarolarda, shuningdek, maxsus rejimli korxonalarda, harbiy qismlarda soliqlar va boshqa budjet va budjetdan tashqari majburiy to'lovlari bilan bog'liq pul va buxgulterlik hujjatlarini, deklaratsiyalarni yuritishni tekshirish, tekshirish paytida yuzaga kelgan masalalar bo'yicha zarur ma'lumotlarni, izohlarni olish;
b) soliqqa tortish maqsadida korxonalar, muassasalar, tashkilotlardan, jumladan, banklardan, sug'urta va auditorlik tashkilotlaridan, fuqarolardan tekshirilayotgan faoliyat to'g'risida ma'lumotlar, hujjatlar va ularning nusxalarini olish;
v) korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, jamoat birlashmalaridan foyda yoki daromadni yashirib qolganligi haqida guvohlik beruvchi
hujjatlarni olib qo'yish, tadbirkorlik bilan shug'ullanish tartibini buzgan fuqarolardan esa litsenziyalar, patentlar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni olib qo'yish;
g) zarur hollarda kassalar, seyflar, boshqa hujjat saqlanadigan joylarni muhrlab qo'yish, xomashyolar, yarim fabrikat mahsulotlar, shuningdek, hujjatlarning namunalarini o!ib qo'yish, ularni qonunga muvofiq. tahlillar, tadqiqotlar, ekspertizalaro'tkazish uchun jo'natish;
d) mulkchilik shaklidan qat'i nazar, savdo va xizmat korxonalarning, savdo qoidalari, narxlar, tovarlarni berish, xizmat ko'rsatish tartibini tekshirish;
ye) o'z vakolatlarini amalga oshirish jarayonida korxonalarning, maxsus rejimdagi muassasalar va barbiy qismlarning, shuningdek, tadbirkorlik bilan shug'ullanayotgan fuqarolarning foyda yoki daromad olish uchun mo'ljallangan bar qanday omborxonalari, savdo va boshqa xonalarini, ularningjoylashgan joyidan qat'i nazar, ko'zdan kechirish;
j) barcha korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, jamoat birlashmalari jumladan, maxsus rejimda ish yurituvchi korxona va harbiy qismiar, shuningdek fuqarolar foydalanayotgan ekin maydonlari va boshqa tabiiy zaxiralari hajmini nazorat tarzida o'lchab ko'rish;
z) korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, jamoat birlashmalarining rahbarlaridan va fuqarolardan aniqlangan soliq va boshqa majburiy to'lovlar to'g'risidagi qonunbuzarliklar, hujjatlar buzilganligi holatlarini bartaraf etishni talab qilish;
i) korxonalarning banklardagi va boshqa moliya-kredit muassasalaridagi hisob va boshqa raqamlaridagi operatsiyalarini, basharti ular tekshirish o'tkazishga yoki Davlat soliq organlari xodimlarining daromad olishga mo'ljaliangan xonalarni ko'zdan kechirishga, soliq organlarining mansabdor shaxslariga buxgalterlik hisobi, balanslar, deklaratsiyalar va soliqlar hamda boshqa majburiy to'lovlar bilan bog'liq boshqa hujjatlari haqidagi ma'lumotlarni olishlariga to'sqinlik qilgan hollarida, to'xtatib qo'yish;
k) tegishli sudlarga korxonalar va fuqarolardan davlat hisobiga to'lanmagan soliqlar va majburiy to'lovlarni, shuningdek, ularning qonunda belgilanmagan hollarda tuzilgan bitimlaridan va boshqa noqonuniy mablag'laridan to'lovlarni undirib berish haqida da'volar berish;
1) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga soliq haqidagi qonunlarni takomillashtirish to'g'risida tegishli tartibda takliflar kiritish;
m) zarur hollarda, amaliy yordam berish maqsadida huquqni muhofaza qilish organlari, banklar va boshqa organlarning vakillarini, ilmiy-tadqiqot institutlarining xodimlarini takli f qilish;
n) davlat hokimiyat organlariga quyi turuvchi hokimiyat organlarining respublika soliq va bojxona qonunchiligiga mos tushmaydigan qarorlarini o'zgartirish haqida takliflar kiritish;
0) belgilangan tartibda korxonalar va fuqarolarga soliq qonunlarini buzganliklari uchun raoliyaviy vama'muriy jariraalarqo'llash;
p) soliq organlarining vakolatlariga kiritilgan huquqbuzarliklar bo'yicha zarur operativeidiruv tadbirlarini o'tkazish, jinoyat belgilari bo'lgan hollarda jinoyat qonunlari jinoyat-protsessual qonunlariga muvofiq ravishda jinoiy ish qo'zg'atish, surishtiruv o'tkazish;
r) soliq organlari maxsus bo'linmalarining xodimlariga qurol saqlash va olib yurishga, shuningdek belgilangan tartibda o'qotar qurol va individual maxsus himoya vositalaridan ibydalanish huquqi beriladi.
Davlat soliq qo'mitasi va uning joylardagi bo'linmalarining mansabdor shaxslari daviat va tijorat sirlarini saqlashga majburdirlar. Ular yozma ravishda soliq qonunlariga og'ishmay rioya qilishga so'z beradilar.
Davlat soliq qo'mitasining mansabdor shaxslari o'z vazifalarini bajarmagan yoki yetarlicha bajannagan hollarda javobgarlikka tortiladilar. Davlat soliq organlari tomonidan noqonuniy undirilgan soliqlar, boshqa majburiy to'lovlar qaytarilishi yoki kelgusi to'lovlar hisobiga o'tka/ijishi shart. Ularningnoqonuniy harakatlari natijasida yetkazilgan zarar O'zbckiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda, tegishli budjct sarmoyalari hisobidan to'lanadi- Noqonuniy soliq to'lovini undirgan mansabdor shaxslar intizomiy va moddiy javobgarlikka tortiladilar.
Davlat soliq organlarining xodimlari o'z xizmat faoliyaLlarini o'tayotgan paytlarida davlat xizmatchilari hisoblanadilar va ularga belgilangan barcha imtiyozlardan foydalanadilar.
Agar soliq organining xodimiga uning faoliyatiga to'sqinlik qiladigan darajada jismoniy shikast yetkazilgan bo'lsa, unga yigirma besh oyiik ish haqi barobarida bir martalik ish haqi to'lanadi. Bu respublika budjetidan, kcyinchalik aybdor shaxslardan undirib olish hisobiga amalga oshiriladi. Soiiq organining xodimiga o'rtacha og'irlikdagi tan jarohati yetkazilganda esa eltik oylik barobaridagi ish haqi to'lanadi. Bu respublika budjetidan, keyinchalik aybdor shaxslardan undirib olish hisobiga amalga oshiriladi.
Davlat soliq organ! xodimining yoki uning yaqin qarindoshlarining mulkjga uning xizmat faoliyati bilan bog'liq hollarda yetkazilgan zarar respublika budjeu hisobidan, keymchaiik aybdor shaxslardan undirib olish hisobiga qoplanadi.