Davlat bojxona idoralari va faoliyatining asosiy yo’nalishlari.
Bojxona organlari va ular faoliyatining asoslari.
Bojxona organlari mansabdor shaxslarining unvonlari.
1. Davlat bojxona idoralari va faoliyatining asosiy yo’nalishlari. O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi (DBQ) davlat boshqamv organi hisoblanadi va o'z vakolatlari doirasida yagona boj siyosati o'tkazilishini, DBQ organlari tizimining samarali faoliyat ko'rsatishini ta'minlaydi. U o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunchiligi va xalqaro bitimlariga, Prezident farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga amal qiladi.
DBQning qonunchilikka muvofiq qabul qilgan qarorlari barcha jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar tomonidan, ularning mulkchilik shaklidan qat'i nazar, bajarilishi majburiydir.
O'zbekiston Respublikasi 1997 yil 30 iyulda tasdiqlangan Davlat bojxona qo'mitasi to'g'risidagi nizomga ko'ra, DBQ organlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- respublikaning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va belgilangan vakolatlar doirasida uning iqtisodiy xavfsizligin ta'minlash;
-respublika boj siyosati ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida qatnashish;
- boj qonunlariga rioya etilishini nazorat qilisb;
- respublikaning tashqi iqtisodiy aloqalari rivojlanishiga ko'maklashish;
- xorijiy davlatlarning bojxona organlari, bojxona ishi masalalari bilan shug'ullanuvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, xalqaro bojxona va savdo tashkilotlarida qatnashish;
-O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiquvchi bojxona ishiga oid majburiyatlarining bajarilishini ta'minlash;
- boj poshlinalari, soliqlar va boshqa boj to'lovlarini undirish; -respublikaning boshqa davlatlar bilan savdo-iqtisodiy, valyuta-moliyaviy munosabatlarini boj-tarif tartibga solish vositalarini ishlab chiqish va samarali qo'llash;
-O'zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali o'tadigan tovarlar va transport vositalari ustidan bojxona tekshiruvini ta'minlash;
-respublikaning bojxona chegarasi orqali tovar oboroti o'tishini jadallashtirishga ko'maklashuvchi shart-sharoitlar yaratish;
- kontrabandaga, bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish, respublikaning bojxona chegarasi orqali giyohvandlik moddalari, psixotrop va portlovchi moddalar, qurol-yarog', valuta boyliklari, milliy boylik hisoblangan badiiy, madaniy-tarixiy va arxeologik meros buyumlari, intellektual mulk obyektlari g'ayriqonuniy olib o'tilishining oldini olish;
-bojxona statistikasi va maxsus bojxona hisoboti tizimini yuritish, O'zbekiston Respublikasi hukumatini, manfaatdor vazirliklar va idoralarni bojxona ishiga tegishli masalalar bo'yicha axborot bilan ta'minlash;
-bojxona ishi sohasidagi faoliyat to'g'risidagi axborotni to'plash va uni ishlashning avtomatlashtirilgan tizimini ishlab chiqish va joriy etish;
- tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasini yuritish; -kadrlar to'g'ri tanlanishi va joy-joyiga qo'yilishini, DBQ organlari
shaxsiy tarkibi xizmat tayyorgarligi va intizomi yuqori darajada bo'lishini ta'rainlash, davlat organiari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun bojxona rasmiylashtirishi bo'yicha mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
- bojxona brokerlari, bojxona tashuvchilari faoliyati, bojxona va erkin omborlar, bojsiz savdo do'konlari ishi, tovarlarga bojxona hududida va bojxona nazorati ostida qayta ishlov berilishi ustidan nazoratni ta'minlash;
-bojxona ishi sohasida ihniy-tadqiqot ishlarini va maslahatlar berishni tashkil etish;
-bojxona organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish, bojxona atrofi infrastrukturasi rivojlanishiga ko'maklashish;
-O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi va tuzilgan xalqaro shartnomalar va bitimlar bilan belgilanadigan boshqa vazifalar.
DBQ organlari yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradilar:
- yagona bojxona siyosati amalga oshirilishining huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy mexanizmlarini ishlab chiqadi, ularning amalda qo'llanilishini ta'minlaydi, bojxona ishi sohasida qonun hujjatlari va normativ hujjatlar loyihalari tayyorlanishida qatnashadi;
- O 'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari ishlab chiqilishida qatnashadi, belgilangan tartibda va o'z vakolatlari doirasida bojxona masalalari bo'yicha xalqaro bitimlar va shartnomalar tiizadi;
- respublikaning bojxona hududida davlat xavfsizligini, jamoat tartibi, inson hayoti va salomatligi himoya qilinishi, hayvonlar va o'simliklar muhofaza qilinishi, atrof-muhit muhofazasi bo'yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishiga ko'maklashadi;
-belgilangan tartibda bojxona nazorati amalga oshirilishini ta'minlaydi va uning shakllarini takomillashtiradi;
- bojxona qonunchiligiga va o'z vakolatlari doirasida soliq qonunchiligiga rioya etilishi ustidan nazoratni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlami ishlab chiqadi va qabul qiladi;
-bojxona tartibga solish vositalari qo'llanilishini ta'minlaydi, bojxona-tarif mexanizmi ham shu jumlaga kiradi, tashqi iqtisodiy faoliyatni tarifli tartibga solish usullari, kvotalash normalari, litsenziyalash va deklaratsiya taqdim etish, ularni ishlab chiqish va amalga oshirilishida belgilangan tartibda qatnashadi;
-boj poshlinalari, soh'qlar va boshqa to'Iovlar davlat budjetiga o'z vaqtida va to'liq o'tkazilishini ta'minlaydi;
- o'z vakolatlari doirasida valuta nazoratini amalga oshiradi;
- bojxona statistikasi metodologiyasini takomillashtiradi, bojxona ishi sohasida statistika ma'lumotlari to'planishi, ularga ishlov berilishi va tahlij qilinishini tashkil etadi, respublikaning tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish, tashqi savdo va to'lov balansini mustahkamlash bo'yicha prognoz hisob-kitoblarni amalga oshiradi va takliflarni ishlab chiqadi;
-bojxona faoliyati to'g'risida axborot to'planishi va ishlab chiqilishi hamda avtomatlashtihlgan tizim joriy etilishini yuritadi, shuningdek, bojxona statistika ma'lumotlarini tegishli idoralar va manfaatdor organlarga taqdim etadi;
- kontrabandaning, bojxona qonunchiligining, o'z vakolatlari doirasida soliq qonunchiligi buzilishining oldini olish va ularga barham berish chora-tadbirlarini mustaqil ravishda yoki huquqni muhofaza qilish organlari bilan o'zaro hamkorHkda ishlab chiqadi va qo'llaydi, shuningdek, xalqaro terrorizmga va O'zbekiston aeroportlarida xalqaro fuqaro aviatsiyasi faoliyatiga g'ayriqonuniy aralashishga qarshi kurashishga ko'maklashish bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qo'llaydi;
-bojxona organlari vakolatiga tegishli bo'lgan ishlar bo'yicha surishtiruv va qonunchilikka muvofiq bojxona qoidalari bozilishi to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqadi;
-yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan bojxona qoidalari buzilganligi uchun ta'sir ko'rsatish choralarini belgilangan tartibda qo'llaydi;
- giyohvandlik vositalari, psixotrop va portlovchi moddalar, qurol-yarog' respublikaning bojxona chegarasi orqali g'ayriqonuniy olib o'tilishining oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va qo'llaydi;
-respublikaning va xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan birgalikda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar nazorat ostida yetkazib berilishini amalga oshiradi;
-miiliy xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari bilan o'zaro hamkorlikda qonunchilikda belgilangan tartibda tezkor qidiruv faoliyatini amalga oshiradi
-aybdorlarni javobgarlikka tortish to'g'risidagi masala bojxona organlari vakolatlari doirasidan tashqaiiga chiqqanda qonun buzilishlari faktlari bo'yicha materiallarni tergov, sud organlari va boshqa organlarga topshiradi;
- bojxona organlarining mansabdor shaxslar tomonidan qonuniylikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, bojxona organlari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari va qarorlari ustidan tushgan shikoyatlar va e'tirozlarni belgilangan tartibda ko'rib chiqadi;
-bojxona organlariga yuklangan vazifalar va funksiyalar amalga oshirilishini ta'minlovchi ilmiy-texnik xizmatlar, laboratoriyalar, o'quv markazlari, boshqa korxonalar va tashkilotlarni tashkil etadi;
- bojxona organlaii xodimlarini, shuningdek, davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun bojxona rasmiylashtirishi bo'yicha mutaxassislarni tayyorlaydi, qayta tayyorlaydi va ularning malakasini oshiradi;
-bojxona omborlari va erkin omborlar, bojsiz savdo do'konlari, bojxona brokerlari va bojxona tashuvchilari, tovarlarga bojxona hududidan tashqarida, bojxona hududida yoki bojxona nazorati ostida ishlov berishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, shuningdek, qonunchilikda belgilangan tartibda faoliyatning sanab o'tilgan turlarini amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnomalar beradi;
-xalqaro bojxona va savdo tashkiloflarida qatnashadi, xorijiy davlatlarning bojxona organlari, bojxona ishi masalalari bilan shug'uUanuvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi, qonunchilikda belgilangan tartibda xorijiy mamlakatlarning bojxona xizmatlari bilan axborotni o'zaro ayirboshlaydi;
-bojxona organlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi, tashqi savdo yuklarini bojxona rasmiylashtirishi uchun mo'ljallangan punktlar tarmog'ini va bojxona infrastrukturasining boshqa obyektlarini kengaytirish ham shu jumlaga kiradi;
-DBQning moddiy yordarn, ijtimoiy himoya qilish, bojxona organlarini rivojlantirish va ko'zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg'armasiga tushadigan mablag'lar hisobiga respublikada bojxona ishini rivojlantirish chora-tadbirlarini mablag' bilan ta'mmlaydi.
Davlat bojxona qo'mitasiga qonunchilik bilan boshqa funksiyalar ham yuklatilishi mumkin.
Davlat bojxona qo'mitasi organlarining mansabdor shaxslari yuklatilgan vazifalarni samarali bajarish maqsadida qonunchilikda belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega bo'ladi:
-bojxona punktlarida tovarlar va transport vositalarini ko'zdan kechirish uchun tovarlar olib kirayotgan va chiqayotgan barcha transport vositalarini to'xtatish;
- tovarlarni noqonuniy olib kirish va olib chiqish ularga boj poshlinalari belgilash maqsadida yuridik va jismoniy shaxslardan ko'zdan kechirish va qayta ko'rib chiqish uchun tovarlar va transport vositalarini, shuningdek, zarur hujjatlarni taqdim etishni talab qilish;
- bojxona rasmiylashtirishida texnik nazorat vositalarini qo'llash; -bojxona organlarining faoliyatini tartibga soluvchi normativ
hujjattarga muvofiq, yuk tashuvchi bilan birgalikda, komissiya aktini tuzgan holda, plombalarni ochish, bagajniklar, yuk bo'limlari, transport vositalari kuzovlari, konteynerlar va boshqa transport tarasining tamba qurilmalavini ochish;
- respublikadan tovarlar noqonuniy olib ketilayotganligi aniqlangan hollarda tegishli tashkilotlarga axborot va taqdimnoma berish;
-yetarlicha asoslar bo'lgan hollarda fuqarolarning o'zini qonunda belgilangan tartibda ko'zdan kechirish;
-boj poshlinasi belgilash, shuningdek, bojxona rasmiylashtirishining boshqa maqsadlarida tovarlar va boshqa buyumlardan probalar va nusxalar olish;
-tovarlar deklaratsiyasini tuzishda qonunda belgilangan tartibda shaxsdan uning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishni talab qilish;
-korxonalar va tashkilotlarning bojxona nazorati o'tkazilishi lozim bo'lgan tovarlar saqlanayotgan hududlariga va binolariga kirish;
-kontrabanda va bojxona qoidalari buzilganligi aniqlangan hollarda bayonnomalar va boshqa zarur hujjatlarni tuzish;
- belgilangan tartibda bojxona qoidalari buzilishining bevosita obyekti bo'lgan buyumlarni olib qo'yish;
-noqonuniy tovarlar va transport vositalarini qonunda belgilangan tartibda ushlab turish;
- qonunda belgilangan tartibda bojxona qoidalarini buzgan korxonalar va fuqarolarga ma'muriy jazo qo'llash;
-bojxona tekshiruvi o'tkazishda bojxona qoidalarini buzish, kontrabanda va boshqa huquqbuzarliklarni aniqlashning texnik va maxsus vositalarini qo'llash;
-xizmat vazifasini bajarish paytida shaxsiy o'qotar qurolini hamda maxsus himoya vositalarni saqlash va olib yurish, zarurat tug'ilganda esa, ularni qonunda belgilangan tartibda qo'llash.
Davlat bojxona qo'mitasiga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan tayinlanadigan, keyinchalik O'zbekiston Respublikasi Oh'y
Majlisi palatalarida tasdiqlanadigan rais boshchilik qiladi. U birinchi o’rinbosari va o'rinbosarlariga ega.
Davlat bojxona qo'mitasi raisi DBQ organlari tizimiga umumiy rahbarlikni ta'minlaydi, o'z vakolatlaii doirasida buyruqlar, yo'riqnomalar va normativ hujjatlar chiqaradi, ularning bajarilishini tekshirishni tashkil etadi, bojxona organlarining o'rnak ko'rsatgan xodimlarini va bojxona ishiga ko'maklashgan fuqarolarni mukofotlash va O'zbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini berish, ko'krak nishonlari, faxriy yorliqlar va rag'batlantirishning boshqa turiari bilan mukofotlash to'g'risida takliflar kiritadi, qonunchilik tomonidan o'z vakoiatiga kiritilgan boshqa masalalar bo'yicha qarorlar qabul qiladi.
Bojxona organlarining faoliyatini takomillashtirish, kadrlarni joy-joyiga qo'yish, ularni ijtimoiy himoya qilish, moddiy-texnik ta'minlash, tavsiyalar ishlab chiqarish, boshqaruv qarorlari va tavsiyalari ishlab chiqish maqsadida DBQda hay'at faoliyat ko'rsatadi.
Qo'mitaning qarorlari Davlat bojxona qo'mitasi raisining buyruqlari bilan hayotga tatbiq etiladi.
Davlat bojxona qo'mitasi organlarining xodimlariga ular xizmatni o'tayotgan paytlarida ichki ishlar organlarining xodimlariga belgilangan ijtimoiy himoya, shaxsiy va mulkiy huquqlami himoya qilish kabi imtiyozlar ham joriy qilinadi.
Davlat bojxona qo'mitasi organlarining mansabdor shaxslari tijorat va davlat sirlarini saqlashlari shart. Ular bojxona qonunlariga qat'iy amal qilishga yozma ravishda va'da beradilar. O'z vazifalarini bajarmaganlari yoki kerakli darajada bajarmaganlari uchun amaldagi qonunlarga ko'ra javobgarlikka tortiladilar.
Noqonuniy undirilgan bojxona soliqlari, poshiinalari.yig'imlari va boshqa majburiy to'lovlari qaytarib berilish yoki kelgusidagi to'lovlar hisobiga yozilishi shart. Mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlari natijasida yetkazilgan zarar esa tegishli budjet mablag'lari hisobidan qonunda belgilangan tartibda qoplanishi kerak. Noqonuniy bojxona to'lovi undirishga yo'l qo'ygan mansabdor shaxslar esa intizomiy javobgarlikka tortlladilar.