Respublikamizda o'zbek tilini davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish bo'yicha qilinayotgan ishlar



Yüklə 128,28 Kb.
səhifə3/14
tarix27.12.2023
ölçüsü128,28 Kb.
#198906
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Respublikamizda o\'zbek tilini davlat tili sifatidagi nufuzini os

Soha lug’atlari.Glossariy.


Ma’lum bir til yoki ikki va undan ortiq til so`zlarini yig`ib, sistemalashtirilgan holda lug`at tarzida chiqarish leksikografiya deyiladi. Leksikografiya lug`at va lug`atchilik to`g`risida bahs etadi. Leksikografiyaning ikki tarmog`i bor:

  1. Lug`atchilik

  2. Lug`at tuzish bilan bog`liq nazariy masalalarni o`rganuvchi tarmoq,

Lug`atlar o`z mohiyati e’tibori bilan ikki tipga bo`linadi

  1. Ensiklopedik, ya’ni qomus lug`atlari; 2. Lingvistik lug`atlar,

Bu lug`aglar o`zaro ikki jihatdan farq qiladi 1. Ob’yekti jihatidan

  1. So`zligi jihatidan.

Lingvistik lug`atlarning ob’yekti so`zdir. Bunday lug`atlar so`zlarning semantikasi, grammatik xususiyatlari, imlosi, talaffuzi, etimologiyasi va h.k. haqida ma’lumot beradi.Ensiklopedik lug`atlarning ob’yekti so`zlarda ifada topgan narsa, hodisa, tushuncha, shaxs kabilardir. Bunday lig`atlarda narsa, hodisa, tushuncha, shaxs haqida ma’lumotlar qayd etiladi.Lingvistik lug`atlarning so`zligida barcha mustakil va yordamchi so`zlar qayd etiladi.Ensiklopedik lug`atlar o`z xarakteriga ko`ra ikki xil: 1. Umumxarakterdagi ensiklopediya; Maxsus ensiklolediya. Umumxarakterdagi ensiklopediya ilmning barcha sohalari bo`yicha; mashhur shaxslar, olimlar, shoirlar haqida ancha keng ma’lumot beradi, Maxsus xarakterdagi ensiklopediyalarga meditsina ensiklopediyasi, adabiyotshunoslik ensiklopediyasi va h.k. kiradi.

  1. Filologik lug`atlarda malum bir tildagi so`zlar va iboralar ma’nosi izohlanadi yoki ikki, uch tildagi so`zlar tarjima qilib beriladi, til xususiyatiga ko`ra bunday lug`atlar uchga bo`linadi: Bir tilli lug`atlar.

  2. Ikki tilli tarjima lug`atlar.3.Ko`p tilli tarjima lug`atlari,

O`ZBEK LUG`ATLARINING TIPLARILug`atlar 3 nuqtai nazardan tasnif qilinadi.

  1. Hajm nuqtai-nazaridan.

  2. So`zlikning berilish usuli nuqtai nazaridan.

  3. Maqsad nuqtai nazaridan.

Lingvistik lug`atlar hajm nuqtai nazaridan ikki tipga bo`linadi: 1) Umumiy lug`atlar; 2) Maxsus lug`atlar.Bu tip lug`at so`zligi jihatidan farq qiladi. Umumiy lug`at so`zligi til leksikasini barcha turkumlar doirasida, barcha qatlamlar bo`yicha aks ettiradi. Maxsus lug`at so`zligidagi til leksikasi ma’lum maqsadga ko`ra chegaralab aks ettiriladi.Umumiy lug`atlar hajmiga ko`ra 3 tipga bo`linadi:katta lug`at; o`rtacha lug`at; 3) kichik lug`at.Terminlar, dialektal so`zlar, barcha so`z turkumidagi so`zlarni o`z iniga olgan mukammal lugatga katta hajmdagi lugat yoki akademik lug`at deyiladi. Bunday lug`atlar ko`proq izohli, tarixiy, imlo bo`yicha tuziladi. O`zbek gilida bunday lug`atlar hali yaratilmagan. U jahonda «Katta «Oksford lug`ati», «Xazina lug`at», «Trench lug`at» nomlari bilan tilga olinadi. Uni tuzish masalasi 1928 yilda R.Trench tomonidam ko`tarilgan. Bu lug`atning 1933-yilda 12 tomda qayta nashri chop etildi,Yana shunday lug`atlar qatoriga 17 tomdan iborat rus tilining akadem lug`atini ko`rsatish mumkin.O`RTACHA LUG`ATLAR tipiga normativ lug`atlar ham kiritiladi. O`rtacha tip lug`atlariga 1950-1955 yillarda nashr etilgan «Ruscha-o`zbekcha lug`at» 1959-yilda nashr qilingan «O`zbekcha-ruscha lug`at», «O`zbek tili izohli lug`ati» va barcha imlo, ters, tematik dialektologik lug`atlarni ko`rsatish mumkin.

Yüklə 128,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin