Tarbiyalanuvchilarni xalqning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish;
Tarbiya texnologiyasini rivojlantirish uchun malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash tizimini o'rganish;
Tarbiya texnologiyasining samarali pedagogik-psixologik uslublarini izlash va joriy etish;
Tarbiyaning barcha masalalari bo'yicha malakali maslahat xizmati ko'rsatish imkoniyatlarini yaratish;
Tarbiyaviy jarayonni texnologiyalashtirishga, tarbiyaviy tadbirlarni o’tkazishga nisbatan ijodiy va mas'uliyatli yondashish zarurligini tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarga anglatish kabilar.
Kurs ishining predmeti: Tarbiya jarayoniga texnologik yondashuv va uni loyihalash tizimi.
Kurs ishining ob'yekti: Bo’lajak o'qituvchining tarbiya texnologiyalari asosida faoliyat olib borish jarayoni.
Kurs ishining Tadqiqot usullari: ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, o'quv-uslubiy hujjatlarni o'rganish, tarbiyaviy tadbir o’tkazish amaliyotini kuzatish, sintezlash, maqsadli suhbat, amaliy metodlar va boshqalar.