257
Amalda tashkilotda risklarni boshqarish freymvorklari sifatida NIST ERM,
COSO ERM va COBIT ERM kabilardan keng qo’llaniladi.
Risklarni boshqarishning axborot tizimlari (Risk Management Information
Systems, RMIS).
RMIS bu – boshqaruv axborot tizimi bo’lib, axborotni saqlashni
boshqarish, tahlil qilish va tashkilot tarmog’i uchun risk to’g’risida ma’lumot olish
imkoniyatini taqdim qiladi. Tashkilotlar risklarni boshqarish jarayonini
optimallashtirish uchun RMIS bilan risklarni boshqarish freymvorkini birlashtiradi.
RMIS tizimlari quyidagi afzalliklarga ega:
-
ma’lumot ortiqchaligi va xatoligini kamaytirish orqali ma’lumot ishonchligini
yaxshilaydi;
-
RMIS orqali xabarlar boshqaruvining yaxshilanishi natijasida tashkilotdagi
xarajatlarni kamaytiradi;
-
RMIS tashkilotning standartlariga muvofiq ravishda, ularga risklarni
boshqarish siyosatidan samarali foydalanishda yordam beradi.
RMIS turli omillar bo’yicha hisobotlarni hosil qiladi va ushbu hisobotlar
tashkilotda tarmoq risklari to’g’risida yaxlit tasavvurga ega bo’lishga hamda ularni
boshqarishga imkon beradi. Hosil qilingan RMIS hisoboti turlari unga yuborilgan
so’rov turiga bog’liq bo’ladi. RMIS quyidagi turdagi hisobotlarni hosil qiladi:
-
Standart hisobotlar:
yuborilgan umumiy so’rovlarga javob sifatida RMIS
standart hisobotlarni hosil qiladi. Ushbu hisobot guruhga ajratilgan
ma’lumotlardan tashkil topmaydi.
-
Maxsus hisobotlar:
bundan tashqari RMIS tizimi maxsus so’rovlarga nisbatan
maxsus javoblarni generasiya qiladi va ular turli guruhga tegishli
ma’lumotlardan tashkil topgan bo’ladi.
Amalda RMIS tizimining turli ko’rishdagi vositalaridan keng foydalaniladi.
Ularga misol sifatida, Aon Enterprise Risk Management, Stars RMIS, RiskEnvision,
RiskonnectRMIS, INFORM, Traveler’s e-CARMA vositalarini keltirish mumkin.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: