220
u holda xesh qiymatlar bir biriga mos kelmaydi va natijada uni virus tomonidan
zararlangan deb qarash mumkin.
Ushbu usulning afzalliklaridan biri shuki, agar fayl zararlangan bo’lsa, uni
aniqlash to’liq mumkin. Bundan tashqari, oldin noma’lum bo’lgan zararli dasturni
aniqlash mumkin (o’zgarish bu – ma’lum yoki nomalum zararli dastur orqali bo’lgan
o’zgarish).
Biroq, ushbu usul ko’plab kamchiliklarga ega. Tizimdagi fayllar odatda tez-
tez o’zgarib turadi va buning natijasida yolg’ondan zararlangan deb topilgan holatlar
soni ortadi. Agar virus tizimdagi tez-tez o’zgaruvchi fayl ichiga joylashtirilgan
bo’lsa, ushbu usulni osonlik bilan aylanib o’tish mumkin. Bu holda ushbu fayldagi
o’zgarishni log fayl orqali aniqlash ko’p vaqt talab qiladi va bu signaturaga
asoslangan usul kabi muammolarga olib keladi.
Anomaliyaga asoslangan aniqlash.
Anomaliyaga asoslangan usul noodatiy
yoki virusga o’xshash yoki potensial zararli harakatlari yoki xususiyatlarni topishni
maqsad qiladi. Ushbu g’oya IDS tizimlarida ham foydalaniladi.
Ushbu usulning fundamental muammosi bu - qaysi holatni normal va qaysi
holatni normal bo’lmagan deb topish hamda ushbu ikki holat orasidagi farqni
aniqlash hisoblanadi. Bundan tashqari, normal holatning o’zgarishi va tizim bu
holatga moslashish muammosi ham mavjud. Bu esa ushbu usulda juda ham ko’plab
noto’g’ri signallarni paydo bo’lishiga olib keladi.
Ushbu usulning afzalligi esa oldin noma’lum bo’lgan zararli dasturlarni
aniqlash imkonini beradi. Biroq, ushbu usulda yuqorida keltirilgan kabi ko’plab
muammolar mavjud va shuning uchun ham ushbu usul hozirda tadqiqot olib
borilayotgan dolzarb sohalardan biri hisoblanadi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: