Respublikasi ichki


Nazorat uchun cavollar va topshiriqlar



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə57/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

Nazorat uchun cavollar va topshiriqlar:


  1. Majburiyatga oid huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchi taraflar kimlar?

  2. Regress, alternativ, muqobil, ulushli va solidar majburiyatlarni tasniflang.

  3. Majburiyatlarning bajarilishi prinsiplarini sanab o‘ting.

  4. Majburiyatlarning bekor bo‘lish asoslarini tasniflang: bajarilishi bilan; voz kechish haqini berish bilan; hisobga o‘tkazish bilan; talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechilganida hisobga o‘tkazish orqali; qarz- dan voz kechish orqali; majburiyatlarni bajarish mumkin bo‘lmaganligi tufayli; davlat organlari hujjati asosida; fuqaro vafot etishi bilan; yuridik shaxs tugatilishi bilan.

  5. Ijtimoiy hayotda fuqaroviy-huquqiy majburiyatlarning bajarilishi- ni ta’minlash usullarini va ushbu usullarni qo‘llashga taalluqli hujjatlarni tuzish va rasmiylashtirish tartibini tasniflang.

  6. Majburiyatlarni bajarilishini ta’minlashning quyidagi usullariga tavsif bering: neustoyka; garov; qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish; kafolat; kafillik; zakalat.

  7. Majburiyatlarni buzganlik uchun subsidiar javobgarlikning alohi- da belgilarini tasniflang.

  8. Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik asoslarining xusu- siyatlarini aytib bering.




        1. bob. SHARTNOMA TO‘G‘RISIDA UMUMIY QOIDALAR




    1. «Shartnoma» tushunchasi va ahamiyati


Bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida jamiyatda mavjud ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlarni qonuniy tartibga solish bilan birga, shartnomaviy tartibga solish ham ushbu munosabatlar taraflarining xatti-harakatlarini ma’lum bir tizimga solib turuvchi asosiy vositalardan biri hisoblanadi.
Aytish mumkinki, «qonun ham, shartnoma ham tartibga soluvchi vazifani bajaradi. Biroq bunda qonun normasi bilan shartnoma shartlari o‘rtasida ikkita muhim farq mavjud:

  1. shartnoma taraflarning erk izhori bo‘lsa, huquq normasi – uni qabul qilgan organning erk-irodasi hisoblanadi;

  2. har ikkalasining amal qilish doirasi ham turlichadir: shartnoma faqat uning taraflari huquq va majburiyatlarini belgilaydi va shartnomada ishtirok etmaydigan shaxslarga aslo ta’sir ko‘rsata olmaydi, normativ hujjat esa, odat- da, barcha uchun yoki muayyan guruh subyektlari uchun taalluqli bo‘ladi»1. Darhaqiqat, har qanday huquqiy munosabatlarni tartibga solishda normativ hujjatlar muhim o‘rin egallaydi. Lekin fuqarolik-huquqiy muno- sabatlarda dispozitivlikning ustuvorligi shartnomaviy-huquqiy tartibga solishning o‘rni oshishiga sabab bo‘ladi. Bu esa, o‘z o‘rnida, munosabat ishtirokchilarining tengligi, tashabbuskorligi, erkinligi, mustaqilligi va o‘zaro aloqalarni kelishuv asosida tartibga solishi uchun asosdir. Kelishuv

esa fuqarolik huquqi nazariyasida shartnoma sifatida namoyon bo‘ladi.
Shartnoma deb, ikki yoki undan ortiq shaxslarning fuqarolik huquq- lari va burchlarini belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan o‘zaro kelishuvlariga aytiladi.
«Shartnoma» tushunchasida asosiy belgi, asosiy shart – taraflarning muayyan natijaga erishishga qaratilgan o‘zaro kelishuvlaridir. Taraflar- ning har qaysisi tomonidan shartnoma bo‘yicha olinadigan huquq va burchlar har xil bo‘lsa ham, ular oqibatda yagona huquqiy natija beradi, masalan, biron-bir narsaga nisbatan egalik huquqi o‘tkaziladi yoki biron- bir ashyodan foydalanish huquqi olinadi2.



1 Брагинский М., Витрянский М. Договорное право. – М., 1997. – С.9.
2 Зокиров И., Оқюлов О., Баратов М. Фуқаролик ҳуқуқи: саволлар ва жавоблар. – Т., 2003. – Б. 187-188.

Yüklə 5,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin