Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Korxona (firma) xarajatlari va foydasi



Yüklə 112,03 Kb.
səhifə13/44
tarix24.05.2022
ölçüsü112,03 Kb.
#59256
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   44
Iqtisodiyot nazariyasi ishchi dastur sirtqi

11

Korxona (firma) xarajatlari va foydasi

Ishlab chiqarish xarajatlarini tadqiq etishdagi yondashuvlar. Ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari. Korxona ishlab chiqarish xarajatlari. Ishlab chiqarish xarajatlarining mazmuni, tarkibi va turlari. Bevosita ishlab chiqarish xarajatlari va muomala xarajatlari. Ichki va tashqi xarajatlar. Doimiy va o’zgaruvchi xarajatlar. O’rtacha va umumiy xarajatlar. So’nggi qo’shilgan xarajatlar tushunchasi. Xarajatlarni minimallashtirish qoidasi.
Qisqa va uzoq muddatli davrda ishlab chiqarish xarajatlari. Natijalar o’zgarishiga unumdorlik pasayib borishi qonunining ta’siri. Ishlab chiqarish miqyosining ijobiy samarasi. Tannarx.
Korxona (firma) ning pul tushumlari va foydasi. Xarajatlar va daromadlar egri chizig’i. Zarar ko’rmaslik nuqtasi. Umumiy foyda. Foyda miqdoriga ta’sir ko’rsatuvchi omillar. Mahsulot qiymati tarkibi. Yalpi foydaning taqsimlanishi. Iqtisodiy foyda va buxgalteriya foydasining farqlanishi. Me’yordagi foyda. Sof foyda. Foyda normasi va massasi hamda ularni hisoblash. Foyda normasiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar.
Korxonalarning bankrot bo’lishi (sinishi) va sanatsiya qilinishi. Korxonalar foydasini maksimallashtirish sharti va uni ko’paytirish yo’llari. Foyda miqdorini ko’paytirishda moddiy resurslarni tejashning ahamiyati.
Iqtisodiyotni rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo’ljallangan harakatlar strategiyasi va uning ustuvor yo’nalishlarida belgilangan mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda mahsulotlari samaradorligini oshirish bo’yicha belgilangan asosiy vazifalar.

1

12

Ish haqi va mehnat munosabatlari

Yaratilgan mahsulot va daromadlarning taqsimlanish tamoyillari. “Ishlab chiqarishning uch omili”, qo’shilgan omil unumdorligi va boshqa nazariyalar. Mazkur nazariyalarning kamchiliklari. Yaratilgan mahsulotni taqsimlashning asosiy yo’nalishlari.
Ish haqi to’g’risida turlicha nazariyalar. Ish haqining iqtisodiy mazmuni. Nominal va real ish haqi. Real ish haqining darajasi va o’zgarishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar. Ish haqining tabaqalanishi. Ish haqini tashkil qilish shakllari va tizimlari. Tarif tizimi. Minimal ish haqi.
Mehnat munosabatlari. Mehnat shartnomalari. Kasaba uyushmalarining tadbirkorlar va davlat bilan o’zaro munosabatlari. Kasaba uyushmalarining ish haqi darajasini oshirish yo’llari. Ishchi kuchi talabi va taklifini o’zgartirish. Jamoa shartnomalari va ijtimoiy sug’urta tizimi. Ochiq va yopiq turdagi kasaba uyushmalarining ish haqi darajasiga ta’siri. Mehnat munosabatlarini tartibga solishda davlatning roli.
Davlatning ish haqi siyosati. Respublikada mehnatni rag’batlantirish, ish haqini ko’paytirish va aholi daromadlari o’sishini ta’minlashga qaratilgan siyosatni amalga oshirilishi. “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat dasturidan kelib chiqadigan asosiy vazifalar. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishda belgilangan ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini izchil oshirish.

1


Yüklə 112,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin