Rahbarlikningasosiyaxloqiyqoidalari. Rahbarlikning asosiy axloqiy qoidalariga quyidagilar kiradi:
qo‘l ostidagilarga ish o‘rgatish va ulardan ham o‘rganish;
odamlarni o‘zining yaxshi xislatlari, ishdagi shaxsiy namunasi bilan ortidan ergashtira bilish, ya’ni «men qilganday bajar» degan qoidani shior qilib ish ko‘rish;
talab qilish, ammo ta’qib etmaslik;
qo‘l ostidagilarning tarjimai holini, xulqidagi yaxshi va yomon tomonlarini, turmush sharoitini, oilaviy ahvolini, do‘st va dushmanlarini yaxshi bilish;
muomalada kamtar, sodda, vazmin, dilkash bo‘lish, ortiqcha rasmiyatchilik, to‘rachilikka yo‘l qo‘ymaslik;
o‘ziga bino qo‘yish va maqtanishdan saqlanish, xalqimizning
«kamtarga kamol, manmanga zavol» degan o‘gitini yodda tutish;
sobitqadam bo‘lish, ammo qaysar bo‘lmaslik, qaysarlik – ahmoqlik belgisi ekanligini teran anglash;
zaruratsiz tanqid qilmaslik, tanqidning maqsad emas, vosita ekanligini unutmaslik;
xatosini tushunib, uni tuzatgan odamni tanqid qilmaslik, ayniqsa kamchiligini yuziga solmaslik;
qo‘l ostidagilarning qilayotgan ishlariga zaruratsiz aralashmaslik;
«boshliq xafa bo‘lmaydi, u tahlil qiladi» degan o‘gitga amal qilish;
hamma vaqt qo‘l ostidagilariga ularning yaxshi ishlari uchun tashakkur aytish;
begona odamlar oldida qo‘l ostidagilarini tanqid qilmaslik, ularga tanbeh bermaslik;
o‘zini faqat ishdagina boshliq, xizmatdan tashqarida jamoaning teng huquqli a’zosi deb his qilish;
birinchi bo‘lib salomlashishga harakat qilish;
tushayotgan ma’lumotlarni obdon tekshirmasdan turib xulosa chiqarmaslik, mish-mishlar hamda g‘iybatlarning ishga va rahbar obro‘siga katta zarar yetkazishini unutmaslik;
xushomad qilayotgan odamga nisbatan hushyor bo‘lish;
qo‘l ostidagilarning ham odam ekanligini, ularning ham oilasi, yoru do‘stlari borligini unutmaslik;
ishonish, ammo tekshirib ko‘rish prinsipiga amal qilish va h.k. Katta va kichik xodimlar o‘rtasidagi munosabat qoidalari.
Katta va kichik xodimlar o‘zaro munosabatda quyidagi qoidalargarioyaetishlarikerak:
o‘zaro muloqotda kamtar, muloyim, bosiq, samimiy bo‘lish hamda o‘z munosabatlarini o‘zaro hurmat, ishonch va hamkorlik asosida tashkil qilish;
ish joylarida tinch va ishchanlik muhitini yaratish, telefonda aniq, ravshan va qisqa so‘zlashish, davlat va xizmat sirini oshkor qilmaslik;
«siz»lab hamda unvonidan oldin «o‘rtoq» – «o‘rtoq leytenat»,
«o‘rtoq general-mayor» – deya murojaat qilish;
maxsus unvonlarni buzib aytmaslik, taqiqlangan so‘zlar, laqab va nomlarni ishlatmaslik, qo‘pollik va beodoblik qilmaslik;
safdan tashqarida hamda bir-birlariga murojaat qilish va topshiriqlar berish chog‘ida qadni rost tutish, topshiriq olganda «xo‘p bo‘ladi» deb, uni bajarishga kirishish;
boshliqning, kattaning xonasiga kirganda ruxsat so‘rash va harbiychasiga salomlashib, o‘zini tanishtirish, bunda tashrif sababini tushuntirish, boshliq o‘tirishga ijozat bersa, o‘tirish;
qo‘lni kiyim-kechak cho‘ntaklariga tikib yurmaslik, boshliqning (kattaning) huzurida ruxsatsiz o‘tirmaslik, shuningdek maxsus ajratilgan joylardan boshqa joylarda chekmaslik;
jamoat transportida bo‘sh joy bo‘lmagan taqdirda kattalarga joy berish, yo‘lda bemalol o‘tib ketish mumkin bo‘lmasa, boshliqlarga (kattalarga) salom berib, yo‘l bo‘shatish.
Boshliqlar (kattalar) bilan suhbatlashish chog‘ida quyidagiqoidalargarioyaetishzarur: