Respublikasi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə179/201
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#44619
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   201
2014-d-iii kasb etikasi muhammadiyev-lot

Ma’rifat darslari va ularni o‘tkazish shakllari. Ichki ishlar idoralarining xodimlariga mo‘ljallangan ma’rifat darslari Respublika ichki ishlar vazirining 1993 yil 24 iyundagi 242-son buyrug‘iga asosan o‘tkaziladi.

Ma’rifat darslarini tashkil qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad shaxsiy tarkibni eng zamonaviy bilimlar, fan va texnika yutuqlari, ijtimoiy-siyosiy hayotda yuz berayotgan o‘zgarishlar va dunyoda sodir bo‘layotgan yangiliklar bilan tanishtirish asosida ularning ma’naviy saviyasini



oshirishdan iborat. Ularda asosan quyidagi masalalar haqida atroflicha fikr yuritiladi:

  • davlatning ichki va tashqi siyosati;

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqlari, maqolalari, kitoblari hamda farmon, farmoyish va ko‘rsatmalarida bayon etilgan fikrlarning mazmuni, mohiyati va ahamiyati;

  • respublika hukumatining qarorlari, ichki ishlar vazirining buyruq- lari, xizmat nizomlari va ularning bajarilishiga oid masalalar;

  • mamlakatda jinoyatchilik, huquqbuzarlik, tartibbuzarliklarning ahvoli va ularning oldini olish muammolari;

  • mamlakat aholisining mehnatda erishayotgan yutuqlari, ishlab chiqarish sohasidagi ahvol, kishilarning turmush tarzida bo‘layotgan o‘zgarishlar, hayotga kirib kelayotgan yangicha urf-odatlar, yoshlarning hayotga munosabatlari;

  • dunyoda yuz berayotgan voqealar, tarixiy haqiqatni qaror toptirish muammolari;

  • adabiyot, san’at va fan-texnika sohalarida erishilgan yutuqlar yoki yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va h.k.

Ma’rifat darslarini asosan ma’ruza, munozara (seminar), davra suhbati, savol-javob kechasi, siyosiy axborot shakllarida maxsus ajratilgan vaqt – ma’rifat kunlarida malakali targ‘ibotchi-tashviqotchilar, axborot- chilar, rahbarlar va mutaxassislar o‘tkazadilar.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin